O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
23.09.2020

Vijdon erkinligi huquqi

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin ma’naviy hayotdagi yangilanish jarayoni, tub islohotlar samarasi o‘laroq — dinga bolgan munosabat ham asliga qaytdi. Sobiq sovet tizimining ateistik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi. Davlatchiligimiz demokratik rivojlanish yolini tanladi.

Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan, eng avvalo, dinning davlatdan ajratilish tamoyili uning asosini tashkil etishiga aniqlik kiritildi. Bu haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”.

Mazkur moddada muhim qoidalar mustahkamlangan. Avvalo, diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qati nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib boradi. Qolaversa, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir.

Shu bilan birga, diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilgani dinning jamiyatdan xoli ekanini anglatmasligini ham takidlash zarur. Bu fuqarolik jamiyatida din oz mavqeiga ega bolishini bildiradi. Aytish joizki, manaviy barkamol avlodni tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va xalqimizning haqiqiy manaviy surati hamda siyratini belgilovchi fazilatlarni ozida mujassamlashtirgan mehr-oqibat, hamjihatlik, ozaro yordam, keksalarga hurmat, sharqona odob-axloq, sharmu hayo kabi eng oliy insoniy tuygularning tub mohiyatini anglash va koz qorachigidek ezozlashda aynan diniy tashkilotlarning orni katta.

Din va dunyoviy davlat munosabatini belgilab beruvchi boshqa bir tamoyilning mazmuni din sohasida kechayotgan ozgarishlarni xolis va ilmiy organishda namoyon boladi. Davlatning dinga bolgan munosabatini ifodalovchi yana bir muhim tamoyil shuki, davlat dinni xalq manaviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi.

Shu nuqtai nazardan, bugun mamlakatimizda yangi tahrirdagi Ozbekiston Respublikasi Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar togrisidagi Qonun loyihasi qabul qilinishining ahamiyati quyidagilarda namoyon boladi.

Birinchidan, vijdon erkinligi masalasi insonning hayotiy huquqi ekanidan kelib chiqib, demokratik taraqqiyot yolini tanlagan har bir mamlakat oz hayotining bosh mezoni sifatida vijdon erkinligi tamoyili ustuvorligini kafolatlaydi. Mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining tamal toshi vijdon erkinligi tushunchasi bilan chambarchas bogliqdir. Fuqaroviy erkinliklar ichida insonning ichki manaviy dunyosiga va uning ruhiyatiga bevosita aloqador bolgan vijdon erkinligi umumetirof etilgan inson huquqlarining eng asosiylaridan biri hisoblanadi.

Ikkinchidan, fuqarolik jamiyatida kishilar ortasidagi munosabatlar yuksak madaniy saviya va teran manaviy zaminga asoslangan boladi. Muayyan insonning qadr-qimmati, odamlar orasidagi mehr-oqibat, samimiylik, axloqiy poklik, insofu adolat va insonparvarlik kabi eng ezgu umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik jamiyatining muhim shartidir. Shuning uchun ham, Ozbekistonda kechayotgan davlat va jamiyat qurilishi jarayonida tom manodagi vijdon erkinligini taminlashga alohida urgu berilmoqda.

Davlatimizning vijdon erkinligiga munosabati Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga etiqod qilish yoki hech qaysi dinga etiqod qilmaslik huquqiga ega..., degan qoida bilan mustahkamlab qoyilgan. Demak, Vijdon erkinligi degan tushunchaning mazmun-mohiyati xohlagan dinga etiqod qilish huquqidan tashqari, hech qanday dinga etiqod qilmaslik ixtiyorini ham beradi. Har bir fuqaro haqli bolgan bunday huquqning buzilmasligi uchun mazkur modda diniy qarashlarni majburan singdirishga yol qoyilmaydi degan muhim qoida bilan ham toldirilgan. Shu nuqtai nazardan, ushbu meyorlarni puxta tahlil etish ham muhimdir.

Uchinchidan, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq belgilab qoyilgan davlat va jamiyat qurilishining bosh maqsadlaridan biri inson farovonligi taminlangan, ijtimoiy adolat va qonuniylik ustuvorlik qiladigan, barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bolgan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, etiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun oldida tengligiga asoslangan jamiyatni barpo etishdir. Bu, eng avvalo, yuksak manaviyat va hurfikrlilikka asoslangan, vijdon erkinligi amalda barqaror bolgan jamiyatni barpo etish demakdir. Bunday jamiyatni qurish esa, birinchi navbatda, keng manodagi vijdon erkinligi, jumladan, diniy etiqod erkinligini taminlashni taqozo etadi. Konstitutsiyamizda ushbu hayotiy masalaga umumetirof etilgan demokratik tamoyillardan kelib chiqib yondashilgan.

Tortinchidan, tom manoda vijdon erkinligi huquqini kafolatlash va amalda taminlash uchun Ozbekistonda tolaqonli huquqiy tizim yaratilishi ota muhim masala hisoblanadi. Negaki, yuqorida ham takidlanganidek, Vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday dinga etiqod qilish yoki etiqod qilmasligi kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. Shu manoda, huquqiy kategoriya sifatida vijdon erkinligi, bir tomondan, etiqod erkinligini, ikkinchi tomondan esa, hech bir dinga etiqod qilmaslik huquqini ifoda etadi.

Axloqiy nuqtai nazardan, vijdon erkinligi bu muayyan insonning fikrlash tarzi va shaxsiy, manaviy etiqodiga mos xatti-harakat qilish huquqidir.

Shu orinda alohida takidlash lozimki, har qanday demokratik rivojlanish yolini tanlagan davlat vijdon erkinligini huquqiy kafolatlash va amalda taminlash tadbirlarini royobga chiqarish bilan bir qatorda, qonun ustuvorligi masalalarini ham oliy darajada ruyobga chiqarishga intiladi. Qonun ustuvorligi eng oliy mezon bolgan fuqarolik jamiyatining har bir azosi ushbu qonuniy talabga togri munosabatda bolib, uni hayotga tatbiq etishga hissa qoshishi lozim. Chunki eng muhim konstitutsiyaviy huquqlardan biri bolgan vijdon erkinligi huquqining amalda royobga chiqishi fuqarolik jamiyatining manaviy-madaniy rivojlanganlik darajasi korsatkichi sifatida muhim ahamiyatga ega.

Xulosa sifatida aytish lozimki, bugungi kunda yangi tahrirdagi Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar togrisidagi qonun loyihasining qabul qilinishi, unda kozda tutilgan asosiy yangilik va ozgarishlar mohiyatini yuqoridagi omillar nuqtai nazaridan tushunish, tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

Nigora YUSUPOVA,

Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, yuridik fanlar doktori.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: