O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
18.02.2020

XORLANGAN QIZ

G‘allaorol va Baxmal tuman IIB katta tergovchilari A.Isroilov va R.Usanovlarning jinoyat ishini qozgatishni rad etish togrisidagi qaroridan keyin u oz joniga qasd qildi, lekin tirik qoldi...

Tahririyatimizga Jizzax viloyati, Gallaorol tumani, Xonimqorgon qishloq fuqarolar yigini hududining Gallakor qishlogida yashovchi 28 yoshli Xolida Sulaymonova va uning ishonchli vakili Toraboy Joraboyev shikoyat xati bilan murojaat qildi. Unda keltirilishicha, jinsiy zoravonlik qurboni bolgan Xolida Sulaymonovaning arizasi boyicha Gallaorol va Baxmal tuman IIB katta tergovchilari A.Isroilov va R.Usanovlar tomonidan jinoyat ishini qozgatishni rad etish togrisida asossiz qaror qabul qilingan...

Xolida Sulaymonova oiladagi yetishmovchiliklar, otasining kasalmandligi sababli Toshkent-Termiz yonalishidagi Katta ozbek traktining Gallaorol tumanidan otadigan hududida, Gallakor qishlogi roparasida joylashgan gaz quyish shaxobchasi oldidagi milliy shirinliklar savdo dokonchasida sotuvchi bolib ishlagan. 2018 yilning 15 sentabrida taxminan soat 16:00 larda gaz quyish shaxobchasiga qizil rangli "Jiguli"da bir yigitcha keladi. Gaz quyib olgach, savdo dokoniga kirib, X.Sulaymonovadan mashinasini yuvish uchun chelak soraydi. Ozini Abdulla deb tanishtirgan yigit mashinani yuvib bolganidan keyin ochqolganini aytib, qizdan non va kolbasa sotib oladi hamda shu yerda ovqatlanadi. Vaqt soat 18:00 ga yaqinlashib qolgani uchun qiz dokonini yopadi, yigit uni mashinaga otirishga, uyiga tashlab qoyishga taklif etadi. Konglida hech qanday shubha bolmagan qiz mashinaga otiradi, ozidan ancha yosh boladan yomonlik kelishini xayoliga keltirmaydi. Lekin yigitcha qizning qarshiligiga qaramay, kimsasiz daraxtzor tomonga yol soladi va "mashina loyga botib qoldi" degan bahona bilan uni toxtatib, hali turmushga chiqmagan, ozidan 11 yosh katta bolgan Xolidaning nomusiga tegadi...

Xolida jon holatda qarshilik korsatadi. "Men yiglab, qiz bolaman, meni sharmanda qilma, deb yolvordim” (X.Sulaymonovaning arizasidan). Lekin ozini jilovlolmagan yigitchaning koziga hech narsa korinmaydi, bu gaplarga parvo qilmaydi. Qanday yol bilan bolsa maqsadiga yetishga harakat qiladi. "Uning gavdasi ogir bolgani uchun kuchim yetmadi, lekin baqirdim. U meni ogzi-jagimga urdi. Men behush bolib qoldim, keyin nima bolganini eslayolmay qoldim" (X.Sulaymonovaning arizasidan).

Quturib, pishqirgan yigit oziga kelgach, nima bolganini anglab, qorqib ketadi. Xolida Sulaymonovani avrab, ozining Abduvohid Mahmudov ekanini, 2001 yilda tugilganini, Lalmikor sanoat kasb-hunar kollejining oxirgi kursida oqishini, bolgan voqeani hech kimga aytmaslikni tayinlaydi. Otasi Gobdin qishloq fuqarolar yigini raisi bolib ishlashini, bu masalani 15 kun ichida ozi hal qilishini aytib, qizga telefon raqamlarini beradi. Shu bilan birga, uni yalangoch holda telefonidan suratga olganini, agar gapiga konmasa yoki birovga aytib qoysa, internetga qoyib yuborish bilan tahdid qilib, yolga tushirib ketadi. Uyiga borgach, mashinasi orindiqlaridagi giloflarni yechib, yoqib yuboradi va orniga yangisini qoyadi.

Xolida uyiga bir ahvolda kirib keladi, onasi Zarkumush Sulaymonovaga bolgan voqeani aytib beradi. Bu ruhiy zarbadan onasi insult bolib qoladi. Bu gapni kasalmand otasi va akasiga bildirishmaydi. Bu orada akasi Bolbek yol-transport hodisasiga uchrab, kasalxonaga tushadi. Oradan 15 kun otadi, bu ortada qizning telefoniga 26 marta Abduvohiddan uni tinchlantiruvchi SMSlar keladi. Shundan keyin Abduvohid Mahmudov qizning qongiroqlariga javob bermay qoyadi.

Xolida Sulaymonova 2018 yilning 3 oktabrida Gallaorol tuman Ichki ishlar bolimiga Abduvohid Mahmudov degan shaxs nomusiga tekkanligi haqida ariza bilan murojaat qiladi. Xolida Sulaymonovaga Jizzax viloyat sud-tibbiy ekspertizasidan otish uchun yollanma beriladi. Ekspertizada haqiqatan ham qizning bokiraligi buzilgani, lekin oradan ancha vaqt otgani uchun bu ish kim tomonidan qilinganini aniqlashning imkoni bolmagani haqida rasmiy xulosa beriladi. Tuman IIB tergov guruhi katta tergovchisi A.Isroilov ishni paysalga solaverganidan keyin Xolida Sulaymonova prokuraturaga ariza bilan murojaat qiladi. Shundan song tuman IIB jinoyat qidiruv bolimi xodimi Zohid Meliboyev jabrlanuvchi ishtirokida Abduvohid Mahmudovni soroq qiladi. Surishtiruv davomida A.Mahmudov oz aybini tola tan oladi va dastlabki tushuntirish xatini yozib beradi.

Osha paytda A.Mahmudov 18 yoshga tolmagani uchun tuman IIB voyaga yetmaganlar bilan ishlash bolimi xodimi Gulruh Boltayeva kabinetda otirgan jabrlanuvchini tanimasdan, uning amakisi, onasining yonida gap orgatib, "Qizning nomusiga zorlab teginganingni boyningga olma, men majburlaganim yoq, deb turib ol, bolmasa on yilga qamalib ketasan. Tergovchi bilan ozim gaplashaman", deydi. Buni eshitgan Zohid Meliboyev Gulruh Boltayevani urishib beradi va Xolidaga tasalli berib: "Uning gapiga parvo qilma, Abduvohid aybiga iqror bolib turibdi, hammasini yozdirib oldim", deydi. Lekin 2018 yilning 31 oktabrida tuman IIB tergov guruhi katta tergovchisi A.Isroilov Ozbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishini qozgatishni rad qilish boyicha qaror chiqaradi...

Endi Xolida Sulaymonovaning ishonchli vakili, 81 yoshli Toraboy Joraboyev haqida ikki ogiz soz. U asli shu yerning odami, taqdir taqozosi bilan Toshkentda oqib, bir qator oliy oquv yurtlarida talabalarga saboq bergan. 1989 yilda pensiyaga chiqqanidan keyin mahalla fuqarolar yigini raisi bolib ishlagan. Bolalari uyli-joyli, oziga tinch. Keksalik gashtini kindik qoni tokilgan joyda otkazish uchun Gallaorolga qaytib kelgan. Lekin 81 yoshli otaxon hali ham gayratli – sport bilan muntazam shugullanadi, adolatsizikka uchraganlarga qolidan kelgancha yuridik yordam, xolis yol-yoriq korsatadi, maslahat beradi. Shuning uchun Gallaorolda uni hamma taniydi.

Xolida Sulaymonova ham oilasi nochorligi va advokatga tolaydigan mablagi bolmagani uchun Toraboy buvaning huzuriga komak sorab boradi. T.Joraboyev qizga rahmi kelganidan unga ishonchli vakil bolishga rozilik bildiradi. Uning murojaatiga asosan tuman prokurori orinbosari Sh.Sherqulov 2018 yilning 19 noyabrida IIB katta tergovchisi A.Isroilovning jinoyat ishini qozgatishni rad qilish boyicha 2018 yil 31 oktabrdagi qarorini bekor qilib, qoshimcha tekshiruv otkazishga yuboradi.

E’tibor bering, oradan 11 kun otib, A.Isroilov hech qanday tekshiruv otkazmasdan, yani, 2018 yilning 30 noyabr sanasi bilan yana jinoyat ishini qozgatishni rad qilish haqida qaror chiqaradi. T.Joraboyevning talabi bilan Jizzax viloyat prokurorining birinchi orinbosari B.Saipov tomonidan 2018 yilning 19 dekabrida bu qaror ham bekor qilinadi. Eng qizigi, bu gal ham tergovga qadar surishtiruv otkazish yana A.Isroilovga yuklatiladi. Natijada avvalgi qaror matni uchinchi marta yangilanib, ish yopiladi...

Xolida Sulaymonova 2019 yilning 2 fevralida Abduvohid Mahmudovni izlab Gubdin qishlogiga boradi. Abduvohid kochada uni uchratib, har xil sozlar bilan haqoratlaydi, bu ham yetmaganday, ojiza qizga qol kotaradi. Xolida Sulaymonova bu haqda yana Gallaorol tuman IIBga ariza bilan murojaat qiladi. Oz navbatida tuman IIB tomonidan 2019 yil 12 fevral sanasi bilan A.Mahmudovga nisbatan jinoyat ishi qozgatishni rad etish va mamuriy huquqbuzarlik togrisida ish qozgatish haqida qaror chiqariladi.

2019 yilning 11 martida Gallaorol tuman mamuriy sudi sudyasi Z.Nurmatov tomonidan otkazilgan sud majlisida A.Mahmudov janjal paytida jabrlanuvchi Xolida Sulaymonovani shani va qadr-qimmatini kamsitadigan har xil sozlar bilan haqoratlagani hamda uni urib, tan jarohati yetkazgani ishda toplangan dalillar bilan toliq isbotini topgan. Lekin sud-tibbiy ekspertizasining 2019 yil 6 fevraldagi xulosasiga asosan "Sogligining buzilishiga olib kelmagan yengil tan jarohati" yetkazgani uchun huquqbuzarga eng kam ish haqining ikki baravar miqdorida jarima jazosi tayinlangan...

Bunday bedodliklarga chidolmagan Xolida Sulaymonova oz joniga qasd qiladi sirka ichadi. Bundan vaqtida xabar topgan akasi va yangasi uni zudlik bilan shifoxonaga olib borib, oshqozonini yuvdirishadi va hayotini saqlab qolishadi.

Ushoqdekkina ojiza qizga nisbatan qilinayotgan adolatsizliklarni korib turgan Toraboy Joraboyev Marjonbuloq shaharcha fuqarolar yigini raisiga uning hududida bolgan Gobdin qishloq fuqarolar yigini raisi, Xolida Sulaymonovaning nomusiga tekkan bolaning otasi A.Tilavovning egallab turgan vazifasiga loyiq-noloyiqligini korib chiqish togrisida murojaat qiladi. 2019 yilning 10 martida ana shu masala boyicha bolib otgan yigilishda sozga chiqqanlar tomonidan qiz bolaning nomusiga tegish va zorlash kabi sharmandali holatni hech qanday bahona bilan oqlab bolmasligi, endi A.Mahmudov nomusini toptagan qizni oz nikohiga olishi lozimligi haqida fikrlar bildiriladi. Oz navbatida, A.Tilavov ogli ota uyatli ish qilganini, farzandi ham, ozi ham bundan qattiq pushaymon ekanini tan oladi.

Shundan keyin 2019 yil 28 martda Gobdin qishloq fuqarolar yiginida otkazilgan yigilish qaroriga binoan A.Tilavov egallab turgan vazifasiga noloyiq deb topiladi va ishdan ozod etiladi. 2019 yil 4 martda Xonimqorgon qishloq fuqarolar yiginida otkazilgan yigilishda sozga chiqqanlar Xolida Sulaymonovaning oilasini obro-etiborli xonadon sifatida yaxshi bilishlarini, qizning nomusiga tajovuz qilinishi bu oilaga juda qattiq tasir qilgani, ota-onasi shuning dardida kasal bolib, yotib qolgani haqida hamdardlik bilan oz fikrlarini bildirgan. Yigilish qaroriga kora, bu jinoyat ishi boyicha yuqori vakolatli organlarga murojaat qilish tavsiya etilgan.

El-ulus, jamoatchilik organlari vakillari korib-bilib turgan, qizning nomusiga tekkan bolaning otasi farzandining qilmishidan pushaymon bolib, tan olgan xolis haqiqatni nahotki ichki ishlar idoralari masul xodimlar kormayotgan bolsa, deydi jabrlanuvchining ishonchli vakili Toraboy Joraboyev. Aniq-tiniq ayon bolib turgan jinoyat ishi huquq-tartibot idoralari tomonidan ikki yildan buyon xasposhlab kelinayotganidan keyin xalqning ularga ishonchi qoladimi? Men viloyat prokuroriga bu ishni boshqa viloyatda korib chiqish boyicha murojaat qilgan edim. Ana shunda xolislik taminlangan bolar edi. Lekin murojaatim inobatga olinmadi, ish Baxmal tumani IIBga yuborildi.

Natijada Baxmal tuman IIB tergov guruhi katta tergovchisi R.Usanov tomonidan 2019 yilning 30 iyunida xuddi ilgarigiday, Gallaorol tuman IIB tergovchisi A.Isroilov tomonidan qabul qilingan qarorga egizakdek oxshash, "Fuqaro Mahmudov Abduvohid Abirqul oglining harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud bolmaganligi sababli, ...jinoyat ishi qozgatishdan rad etilsin" degan qaror chiqarildi...

Sabab nima, asos nima?

Balki, qizning ozi yengiltaklik qilgandir?

Xulosani shunga olib borishmoqda shekilli?

Agar qizning ozi yengiltaklik qilganida bunchalik iztirob bilan yordam sorab yugurib yurarmidi? Ikkinchidan, bola ham, otasi ham bu holatni tan olayaptiku!

Jinoyat kodeksining 118-moddasida nomusga tegishga zorlik ishlatib, qorqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib jinsiy aloqa qilish deb tarif berilgan va bunga uch yildan yigirma yilgacha jinoiy jazo belgilangan. Ushbu jinoyat ishi boyicha taklif etilgan, Xolida Sulaymonovani tanigan, bilgan kishilarning korsatmasiga, sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga kora, u ilgari jinsiy hayot kechirmagan, oiladagi iqtisodiy nochorlik va qashshoqlik tufayli tirikchilikdan boshqa narsani oylamagan. Oz-ozidan ayon bolib turibdiki, bu ish quyidagi sabablarga kora ham qayta korib chiqilishi kerak:

Voqea sodir bolganidan keyin oradan 17-18 kun otib, jabrlanuvchiga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanishiga oydinlik kiritilmagan.

A.Mahmudovning jabrlanuvchi bilan jinsiy yaqinlikda bolgan kuni aniqlanmagan, voqea sodir bolgan avtomashinadagi buyumlar joyiga borib kozdan kechirilmagan. A.Mahmudovning nima uchun mashinaning eski giloflarini yoqib yuborgani sabablari organilmagan va tegishli ekspertiza tayinlanmagan.

Zorlab nomusga tegish holatida yetkazilgan tan jarohati va boshqa belgilar jabrlanuvchi tanasida qancha muddat saqlanishi haqida mutaxassis xulosalari olinmagan.

Tuman IIB jinoyat qidiruv bolimi xodimi Zohid Meliboyevning jabrlanuvchi ishtirokida A.Mahmudovdan olgan dastlabki tushuntirish xati ishga qoshilmagan.

Jabrlanuvchi tomonidan taqdim etilgan, gumonlanuvchidan uning telefoniga kelgan 26 ta SMS muloqot yozuvi tergov-surishtiruv ishiga qoshilmagan. Aslida bu malumotlar mazmunan organilib, ularga huquqiy baho berilishi kerak edi.

Osha paytda A.Mahmudov voyaga yetmagan kollej oquvchisi bolgani uchun tuman IIB voyaga yetmaganlar bilan ishlash bolimi xodimi G.Boltayevaning unga yozdirgan tushuntirish xati tergov ishiga qoshilmagan va hokazo...

Mazkur savollarga nafaqat jabrlanuvchi Xolida Sulaymonova va uning yaqinlari balki keng jamoatchilik ham javob olishni istaydi.

Nurulloh DOSTON,

"Ozbekiston ovozi" muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: