O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
19.11.2019

Baxtsiz hodisani siyosiylashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ozbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati tomonidan «Jamiyat» gazetasi muxbiri Davlatnazar Rozmetovni yol-transport hodisasi oqibatida vafot etgani yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan har xil mazmundagi xabarlarga oydinlik kiritish hamda asl holatni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha Vakili (Ombudsman) Ulugbek Muhammadiyev, Xorazm viloyat IIB boshligi orinbosari, Tergov boshqarmasi boshligi Ahmadjon Polatov, IIV Axborot xizmati boshligi Shohrux Giyosovlar ishtirok etdi.

Ahmadjon Polatovning holat yuzasidan bayonot berishicha, joriy yilning 6 noyabr kuni Urganch shahrida yashovchi 1979 yilda tugilgan U.Safarov soat taxminan 23:30da ozining boshqaruvida bolgan GAZ 330200 rusumli avtomashinada Urganch tumani Qoromon qishlogi hududidan otgan Urganch-Xiva avtomobil yolining 5 kilometrida ehtiyotsizlik natijasida, yolning ong tomonidan chap tomoniga kesib otmoqchi bolgan piyoda, 1971 yilda tugilgan Rozmetov Davlatnazarni avtomashinaning old chap tomoni bilan urib yuborib, yol transport hodisasini sodir qilgan. Natijada piyoda D.Rozmetov YTH natijasida olgan tan jarohati tufayli hodisa sodir bolgan joyda vafot etgan.

Matbuot anjumanida Xorazm viloyati IIB vakillari tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyish etildi va unda marhumning YTHdan avvalgi harakatlari, kafe, mehmonxona, yoqilgi quyish shoxobchalari, yollardagi nazorat kameralariga tushgan suratlari namoyish etilib, vaziyatga batafsil izoh berib otildi.

Shuningdek, matbuot anjumanida marhum bilan uning vafot etgan kuni oxirgi marotaba qorishgan dosti Umidbek Davletov, marhum vafoti haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali birinchi bolib xabar bergan jiyani Furqat Rozmetov ham sozga chiqdi.

Ahmadjon Polatov osha kungi voqealar xronologiyasiga quyidagicha ta’rif berdi:

— Mazkur holat boyicha Jinoyat Kodeksining 266-moddasi boyicha jinoyat ishi qozgatilgan. Sizga tushunarli bolishi uchun jinoyat ishi materiallaridan slayd tayyorlaganmiz. Hodisa sodir bolgunga qadar D.Rozmetov YTH yuz bergan joyga qanday borib qolganini xronologik tarzda tikladik.

6 noyabr kuni soat 17:23da marhum D.Rozmetov ozining tanishi, advokat Umid Davletov bilan birga ovqatlanish maqsadida Urganch shahrida joylashgan Yagona kafesiga kirib kelishgan. Bu holat kafedagi kuzatuv kameralari tomonidan qayd etilgan.

Soat 21:52da Rozmetovning dosti Gayrat Bobojonov ham ushbu davraga kelib qoshilgan. Soat 22:11da uchalasi kafedan chiqib, Xorazm palace mehmonxonasiga kelishadi va xizmat safari bilan Urganchga kelgan Umid Davletovning tunashi uchun joy gaplashishadi.

Joy masalasi hal qilinganidan keyin bu shaxslar soat 22:18da mehmonxonadan chiqishadi. Marhum Davlatnazar Rozmetov Qoshkopirga – uyiga qaytishi kerak boladi, sheriklari uni yonalishsiz Nexia-2 rusumli taksiga otqazib, ozlari mehmonxonaga qaytishadi. Qoshkopirga ketishda Urganch tumani hududida Mashal nomli dokon bor, uni Xorazmda barcha biladi, taksi shu joygacha gaplashilgan. Tergov jarayonida aniqlandiki, bu yerda Qoshkopirga ketadigan taksilar shoxobchasi bor. Marhum shu yerda Qoshkopirga ketish uchun Nexia rusumli boshqa bir taksini gaplashib, unga otiradi.

Tergovning siri bor, shu sababli faqat ochiq ayta olishim mumkin bolgan holatlarnigina gapirib beryapman. Urganch-Xiva yolida ketaverishda yol boyida avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi bor. Soat 22:45da Davlatnazar Rozmetov taksida shu yerga kirib kelganini tasdiqlovchi videotasvirlar bor. Gazzapravkaga kirishda yolovchilarning xavfsizligini taminlash uchun ular avtomobildan tushiriladi, shu tartibga kora marhum ham mashinadan tushib turadi. Gazzapravkadan chiqqan Qoshkopir yonalishi boylab yolda davom etishadi. Bizda bu holatning videosi bor, tergovda tasdiqlangan.

Yolning taxminan 5-kilometrida taksi haydovchisi va Davlatnazar Rozmetov ortasida dahanaki tortishuv yuzaga keladi hamda D.Rozmetov jahl ustida shu yerdagi bekatda mashinadan tushib qoladi. Aynan shu yerda mashinadan tushib qolgan joyda YTH sodir bolmoqda. GAZ 330200 rusumli avtomashina chap tomoni bilan D.Rozmetovni urib yuborgach, u yolning qarama-qarshi tomoniga uchib ketgan. Yol-transport hodisasi chizmasida bu holat korsatilgan. Chizmada hodisa joyi, avtomobilning tormoz izi, marhum bilan toqnashuv sodir bolgan joy va u YTH natijasiga qayerga borib tushgani aks etgan. Yana shuni qoshimcha qilib aytish mumkinki, hodisa roy berganidan kop otmay tezkor tergov guruhi tomonidan darhol tormoz izlari olingan, barcha dalillar, chizmalar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, tadbirda osha voqea sodir bolgan kunda marhum bilan birga bolgan dosti, advokat Umid Davletov ham bolgan voqea haqida gapirdi:

Menga Davlatnazar aka haqida gapirish qiyin. U inson kim uchundir oddiy jurnalist, kim uchundir oddiy odam, lekin men uchun qadrdon dost edi.

Haqiqatan ham, 2019 yilning 6 noyabr kuni himoyamdagi Nafosat Olloshukurova ishi boyicha Urganch shahriga bordim. Urganch aeroportidan chiqishim bilan Davlatnazar akaga qongiroq qilib, u kishi bilan uchrashmoqchiligimni aytdim. Shu kuni Davlatnazar aka bilan uchrashdik. Uchrashganimizda u nihoyatda xursandligini, unga nisbatan tuhmat qilib yozilgan arizalar boyicha toliq tekshiruvlar otkazilib, Xorazm viloyati IIB tomonidan unga nisbatan qozgatilgan barcha mamuriy ishlar tugatilgani, hozirgi kunda uning jurnalistik faoliyatiga hech qanday tosqinlik yoqligini, aksincha, viloyat IIB rahbariyati tomonidan uning xavfsizligini taminlash boyicha ijobiy ishlar qilinganini faxrlanib aytib berdi.

6 noyabr kuni Davlatnazar aka bilan kun boyi birga yurdik. Tushlikniyam, kechki ovqatniyam birga qildik. Kechki ovqatdan keyin men mehmonxonada qoldim, u kishi uyiga ketdi. Men u kishidan mehmonxonada tunab qolishini iltimos qildim, lekin u kishi oilamning oldiga boraman, deb unamadi. Ertalab qaytib kelishini aytdi. Keyin biz Gayrat aka bilan mehmonxonaning qarama-qarshi tomonidan u kishini taksiga otqazib yubordik. Bu haqda yuqorida batafsil malumot berildi. Dostimni oxirgi marta korganim shu boldi.

Davlatnazar Rozmetovning jiyani Farhod Rozmetov amakisining olimi baxtsiz hodisa bolgani haqida gapirdi:

Amakimning jurnalistik faoliyatini qiziqib kuzatib borardim. YTH sodir bolgani haqida xabar yetib kelganida hayron bolib dovdirab qoldik.

Zudlik bilan hodisa joyiga yetib bordik. Borganimizda YTH sodir bolgan kochaning qorongiligi yaqqol korinib turgandi. YTH amakim yolning belgilanmagan qismidan kesib otayotganda roy bergani korinib turgandi. Hodisadan song u kishini tez tibbiy yordam kelib olib ketgan, bizga amakim vafot etganini aytishgandan keyin 7 noyabrga otar kechasi soat 2-3larda feysbukda bu haqda post qoldirdim. Bundan maqsad u kishini asosan feysbuk orqali yaxshi tanishardi. Amakimning har bir viloyatda oziga yarasha dostlari, tanish-bilishlari bor edi. Ular amakimni songgi yolga jonatishga kech qolmasin degandim. Maraka bilan bolib, ijtimoiy tarmoqlarga kirolmadim. Ammo kechroq kirganimda amakimning olimi turlicha talqin qilingan postlarni korib, juda xafa boldim. Musibat haqida, marhumning dostlari, yor-u birodarlarini janozaga taklif qilib qoldirgan xabarim turlicha talqin qilinayotgani uchun feysbuk foydalanuvchilaridan voqeani siyosiylashtirmaslik, bilib-bilmasdan turli izohlar qoldirmaslikni sorab yana bir post qoldirdim.

Davlatnazar akam qanday jurnalist bolgan, qanday faoliyat yuritgan, bunga har kim, har xil baho beradi. Uning oziga yarasha auditoriyasi bolgan, oziga yarasha kuzatuvchilari bolgan, oziga yarasha mushtariylari bolgan.

Davlatnazar akam faoliyati tufayli kopgina viloyatlarda, tuman-shaharlarda bolgan vaqtida aholining ijtimoiy muammolariga kop etibor qaratgan. Otasiz yoki onasiz voyaga yetayotgan bolalarga yoki uy-joysiz oilalarga yo bolmasam ijtimoiy muammosi bolgan oilalarga koproq yordam berishga harakat qilib jurnalistik faoliyatini olib borgan.

Lekin shu orinda menga ogir bolsa ham u kishining oilaviy ahvoli haqida ikki ogiz gapirib otmasam bolmaydi. Bugungi kunda amakimning ortida uch farzandi qoldi. Ayoli ishsiz. Oilamiz bilan birgalikda u kishining farzandlarini yolgizlatib qoymaymiz. Biroq har bir oilaning oziga yarasha tashvishlari bor. Mavridi kelganda ommaviy axborot vositalariga, bu yerda yigilgan jurnalist va blogerlarga iltimos bilan murojaat qilmoqchiman. Amakimning oilaviy sharoiti bilan tanishsangiz, u mol-dunyo, davlatga qiziqmagan. Ozini jurnalistikaga bagishlagan. Jurnalistlardan bugungi matbuot anjumanidagi malumotlardan kelib chiqib, jarayonni xolis yoritishadi, ijtimoiy tarmoqlarda bolib turgan notogri fikrlarga oz munosabatlarini bildirishadi, deb oylayman. Chunki jarayon feysbuk yoki boshqa joylarda yozilganidek bolmagan. Bugungi anjumanda berilgan malumotlarga asoslangan holda togri axborot berilishi va marhumning xotirasini hurmat qilishlarini sorab qolardim.

Fursatdan foydalanib, Davlatnazar Rozmetovning oila azolari va yaqinlariga yana bir bor chuqur hamdarligimizni bildiramiz, taziyamizni izhor qilamiz, dedi Komil Allamjonov. Mazkur baxtsiz hodisani garazli maqsadlari yolida siyosiylashtirishga urinayotganlardan hech bolmasa marhumning ruhi haqqi bu ishlarni toxtatishni iltimos qilardik...

Jurnalist sifatida ushbu anjumanda ishtirok etganim bois, bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga hukumatimiz tomonidan alohida etibor qaratilib kelinayotganligi, Davlatnazar Rozmetovning oilasiga, yani uch nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, ayoli hech joyda ishlamasligini inobatga olgan holda ularga ham moliyaviy yordam zarurligi togrisida fikr bildirdim.

Komil Allamjonov marhumning oilasiga albatta moddiy yordam korsatilishini aytdi.

Shuningdek, matbuot anjumanida bloger Nafosat Olloshukurova bilan bogliq voqealar tafsilotlari boyicha ham malumot taqdim etildi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha Vakili (Ombudsman) Ulugbek Muhammadiyev Nafosat Olloshukurova bilan bogliq voqealarga quyidagicha izoh berdi:

Internetda bloger Nafosat Olloshukurova bilan bogliq voqealar haqida xabar tarqalgach, biz ham borib, uning sharoitlari bilan tanishdik. Qonunchilikka muvofiq joriy yildan boshlab Ombudsman huzurida tuzilgan ekspert guruhi mamlakatda mavjud yopiq muassasalarni ekspertlar guruhi bilan borib moneliksiz kirib, tanishish imkoniyatiga ega boldi. Shu bois biz bunday guruhni shakllantirdik va 21 oktabr kuni monitoring guruhi sud qaroriga kora, Xorazm viloyatining psixonevrologik dispanseriga davolash uchun joylashtirilgan fuqaro Nafosat Olloshukurova bilan uchrashdi. Monitoring guruhida faqat Ombudsman xodimlari emas, Ozbekiston xotin-qizlar qomitasi vakili, Ezgulik inson huquqlari tashkilotining rahbari, Najot huquqni himoya qiluvchi tashkiloti rahbari va sogliqni saqlash tizimida psixateriya sohasidagi ekspertlar ham taklif etildi.

Nafosat Olloshukurova U. Muhammadiyev bilan bolgan suhbat davomida tibbiyot muassasasi xodimlari bilan samimiy munosabatda ekanligini va unga nisbatan biror-bir ruhiy, jismoniy tazyiq otkazish hollari roy bermaganligini qayd etdi.

Anjumanda Nafosat Olloshukurovaning ruhiy holati, sogligi haqida Oliy sud Axborot xizmati rahbari Aziz Obidov ham malumot berdi.

Bundan tashqari, tadbirda Nafosat Olloshukurovaning voyaga yetmagan farzandlari davlat himoyasiga olinib, imtiyozli tarzda maktabgacha talim muassasasiga joylashtirilgani aytib otildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: