O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
29.10.2019

ONA TILIMIZ QADRIYATLARIMIZ TIMSOLI

Uni avaylash, to‘gri qollash, boyitish har birimizning burchimizdir

Hayotxon ORTIQBOYEVA, Ozbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi, OzXDP faoli:

— Onaning sehrli allasidek yoqimli, huzurbaxsh, hayotbaxsh qoshiq yoq. Har bir xalqning oz ona tilida aytilgan alla uning jismiga, ruhiga jon bagishlaydi, ruhiyatiga, shuuriga, ma’naviyatiga nur, qalbiga mehr va gurur olib kiradi, uni ulgaytiradi, kamolga yetkazadi, inson sifatida shakllantiradi. Allaning mohiyatidagi ezgulik ohang bilan murgak yuraklarga sizib kiradi, shu bois onamiz allasining munis ohangi songgi nafasimizgacha dilimizda jaranglayveradi.

Dunyodagi eng qadimiy va boy tillardan biri bolgan ozbek tili milliy ozligimiz va mustaqil davlatchiligimizning timsoli, bebaho manaviy boyligimiz va buyuk qadriyatimizga aylangan. Shu tilda yaratilgan buyuk tariximiz, jahonni hayratga solgan mumtoz adabiyotimizning bebaho durdonalari, yorqin va jozibador sanatimiz, ming yillik maqomlarimiz, millatimizning barhayot qahramonlarini kuylagan dostonlarimiz asrlar osha olamni hayratga solib yashab kelmoqda. Ajdodlarimiz shu tilda ulkan ilmiy kashfiyotlarni yozib bizga meros qoldirgan.

Turkiy til bizga gazal mulkining sultoni Alisher Navoiydan meros, Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma»sini yaratgan til, dunyoning yarmini birlashtirib, markazlashgan buyuk davlat barpo etgan Sohibqiron Amir Temur ulug Qonunlar bitgan til, tib ilmining bilimdoni Abu Ali ibn Sino Tib qonunlarini yozgan til, Mirzo Ulugbek Ziji Koragoniy asarini yaratgan tildir. Ozbek tilining bor qudrati, salobati, jozibasi va barhayotligining ildizlari ham buyuk tariximiz, jahonni hayratga solgan adabiyotimiz bilan chambarchas bogliqdir.

Oktabr oyining 21 sanasi mamlakatimiz, jamiyatimiz hayotida eng munavvar, eng xayrli, eng quvonchli kun sifatida muhrlandi. Bundan buyon bu qutlug sana mamlakatimizda va xalqaro miqyosda Ozbek tili bayrami kuni sifatida har yili katta tantana va shodiyonalar bilan nishonlanadi. Davlatimiz rahbarining Ozbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmoni xalqimizning, millatimizning konglidagi eng ezgu niyatlariga, orzulariga hamohang tarixiy hujjat sifatida dunyoga keldi, har birimizning qalbimizni cheksiz gurur va iftixorga toldirdi. Bayram kuni Prezidentimizning maruzasida ushbu xushxabar yangragan lahzalarda konglimdan kechgan tuygularni, hayajonni ifodalab berishdan ojizman.

Ming yillik tariximizga nazar tashlasak, jannatmonand yurtimizni qayta-qayta bosib olgan yovuz kuchlar bizni millat sifatida yoq qilib yuborish maqsadida oz tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, dinimizdan judo qilishga uringanlar. Lekin imoni butun, matonatli xalqimiz eng ogir mashaqqatli davrlarda ham oz ona tilini – milliy gururini omon saqlab qola oldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki bugungi avlodga yetkazib bera oldi. Men bir ijodkor sifatida 1989 yilda Davlat tili haqidagi Qonun loyihasining ikki marta xalq muhokamasiga tashlanganini, loyiha muhokamasi atrofidagi tortishuvlar, bahslar, munozaralarni yaxshi eslayman. Chunki ana shu qizgin munozaralarda davlat tili ozbek tili bolishi lozimligi haqidagi takliflarimni qayta-qayta bildirganman. Ozbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun yurtimizda, konglimizda katta bayram boshlanganini his qilganman. Bu kun istiqlolimizga qoyilgan ilk qutlug qadam ekanligini anglaganmiz oshanda.

Bugungi kunda xalqaro maydonda kun sayin obro-etibori yuksalib borayotgan, milliy yuksalish bosqichiga qadam qoygan Ozbekistonimizni dunyoga tanitish, etirof ettirishda ona tilimiz muhim ahamiyat kasb etmoqda. Barcha sohalar bilan bir qatorda davlat tilining jamiyatdagi orni va nufuzini oshirish boyicha ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilgani quvonarli holdir. Bu bilim maskanidan yetuk tilshunoslar, matnshunos olimlar, turkiy tilning bilimdonlari, folklorshunoslar yetishib chiqadilar, ular ona tilimizning rivojiga shubhasiz, katta hissa qoshadilar.

Bugungi kunda ozbek tili jahon minbarlarida baralla yangramoqda. Olimlarimiz, ijodkorlarimiz xalqaro anjumanlar minbarlaridan turib, ozbek tilida olamshumul maruzalar qilmoqdalar. Jahondagi eng rivojlangan mamlakatlarning 60 ga yaqin universitetlarida ozbek tilimiz katta ishtiyoq bilan organilmoqda. Ozbek tili va adabiyotini organish boyicha izlanishlar olib borayotgan chet ellik olimlar va tadqiqotchilarning soni oshib borayotgani bizni quvontiradi. Yer yuzidagi millat va elatlar 7000 tilda sozlashadilar. Lekin shu tillar orasida 200 tilga davlat tili maqomi berilgan, xolos. Shu jumladan, ozbek tili ham davlat tili sifatida tan olingan. Shu boisdan ham qudratli va barhayot ona tilimiz bilan faxrlanishga haqlimiz.

Muxtasar aytganda, har birimiz davlat tiliga bolgan etiborni mustaqillikka bolgan etibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim. Bu oliyjanob harakatni barchamiz ozimizdan, oz oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak, - deb takidladi Prezidentimiz oz maruzasida.

Darhaqiqat, Farmon ijrosini taminlashda ona tilimiz obrosini oshirish va uning ahamiyatini yuksaltirish borasida hali kop ishlar qilishimiz lozim. Yoshlarimiz bugungi kunda oz ona tilimiz bilan bir qatorda koplab chet tillarni organmoqda. Globallashuv jarayonlarida milliy tilimizning sofligini saqlash, uning lugat boyligini oshirish, turli sohalarda tilimizga chet tillardan kirib kelayotgan atamalarning ozbekcha muqobillarini yaratish va istemolga kiritish vazifalari turibdi. Mamlakatimizning talim-tarbiya muassasalarida turk, ingliz, xitoy, rus, yapon, koreys, nemis, ispan, fransuz, arab va hind tillari organilmoqda. Yoshlarimiz chet tillarini yaxshi bilishi ularning kamolotida katta ahamiyat kasb etadi. Lekin har bir yigit-qiz avvalo, oz ona tilisini mukammal bilishi va uni rivojlantirishga oz hissasini qoshishi lozim.

Bazan atrofimizda shunday oilalar uchraydi. Ular oz farzandlarini birinchi sinfdanoq rus tilida talim beriladigan maktabga joylashtirishga harakat qiladi. Chet tilini bolamizga orgatishimiz yaxshi albatta, lekin oz ona tilini organmagan, oz tilida sozlashmagan bolada urf-odatlarimizga, milliy qadriyatlarga, oz tiliga bepisandlik bilan qarash paydo boladi. Oz tilini yaxshi bilmagan oquvchida millatparvarlik, vatanparvarlik tuygulari ham sust boladi. Bunday holatga aslo yol qoyish mumkin emas. Farzandimiz avvalo, oz ona tilini mukammal organsin, uni hurmat qilsin, shunda u Vatanning qadriga yetadi, el-yurtiga sadoqatli bolib ulgayadi.

Ozbek tiliga davlat tili maqomini berish togrisidagi Qonun qabul qilingandan beri otgan davr ichida davlat tilini hayotimizda tolaqonli joriy etish borasida bir qator ishlar qilindi, bu borada yagona davlat siyosati amalga oshirilishi choralari korildi. Lekin davlat tilini hayotimizning barcha sohalariga tatbiq etish borasida muammolar va kamchiliklar yoq emas. Joy nomlarini atash, nom berish masalalarida ayrim qopol xatolar, milliy qadriyatlarimizga mos bolmagan atamalar, joy nomlari uchraydi-ki, ular jamoatchilikning noroziligiga sabab bolmoqda. Masalan, turli kafelar, oshxonalar, kiyim-kechak va savdo dokonlaridagi reklama roliklarida, fitnes, kompyuter klublari singari aholi toplanadigan joylarning nomlari tilimizga yot bolgan atamalar bilan nomlanmoqda. Hatto sanatimizga yoshlarimiz ijro etayotgan zamonaviy estrada qoshiqlarimizga ajnabiy musiqaning sershovqin, talvasali ohanglari kirib kelmoqda, bu yoshlarimiz orasida ommaviy madaniyatni targib qilishga sabab bolayotir.

Tilimiz haqida yangi qabul qilingan Farmon hayotimizda uchrayotgan manaviyatimizga, qadriyatlarimizga yot bolgan ana shunday noxush holatlarni tartibga keltirishga va bartaraf etishga komaklashadi, deb oylayman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: