O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
15.10.2019

Toy va marosimlar har kimniki, qonun esa hammaniki

Joriy yilning 14 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qo‘shma qarori qabul qilinib, «Toy-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagishlangan tadbirlarni otkazish» tartibi togrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, toylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar faqat bir kun (dafn etish marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oraligida otkazilishi belgilab qoyildi. Hududlarning sharoitlaridan kelib chiqqan xolda, xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan osh berish marosimining vaqti alohida belgilanadi. Soat 23:00 dan keyin toylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarni davom ettirishga yol qoyilmaydi.

Shuningdek, toylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan oshga 250 nafargacha kishi qatnashadi. Qoshaloq toylarda 250 nafargacha, u bilan bogliq osh berish marosimida esa 300 nafargacha kishi ishtirok etishi mumkin.

Ushbu marosimlar har bir xalqning oziga xos udumi hisoblanadi. Bu kabi ananalarning bolgani yaxshi albatta, ammo meyor va mezonga amal qilish odatning chiroyi ekanligini unutmaslik kerak.

Afsuski, uzoq yillardan buyon toylarimizdagi ortiqcha dabdababozlik va isrofgarchilikning oldini olish eng ogriqli muammolarimizdan biri bolib kelayotgan edi. Buning bevosita inson ongi va fel atvori bilan bogliqligini inobatga olsak, masalaning nechogli ahamiyatli ekanini anglash mumkin.

Aslini olganda ortiqcha isrofgarchilik va kimozarlikni tartibga solish jamiyatda ozini hurmat qilgan har bir fuqaroning burchi emasmi?

Shu orinda bir otmishni yodga olaylik: 30-40 yil oldin dabdabali toylar bolmagan, yurtga osh 20-30 kg guruch bilan otgan. Kelin-kuyov bazmlari 100-150 nafar odam bilan otkazilgan emasmidi? Mahalla bosh-qosh bolib, oqsoqollar bilan kelishib toy kuni va tadbirlari birgalikda belgilanganmasmidi? Toyga, marosimga chiqa olmagan bemor va kamxarj oilalarning uylariga kirib xabar olinishi ham uzoq yillik odatlarimizdan biri edi aslida.

Hozirchi, katta toy koshonalarida 200 kilo guruchda osh damlab, kechqurungi bazmda yoki oilaviy tadbirlar va marakalarni otkazishda 500-600 kishiga dasturxon tuzalmoqda. Bu toqlikka shoxlik emasmi? Yon qoshnimiz qiynalib yashasayu biz isrofgarchilikka yol qoysak. Hatto ehson haqida oylamay, undan habar olmasak. Qani bizdagi insoniylik burchi?

Bugun nikoh toylarning sarf-xarajatlarini ham tartibga solish barchamiz uchun alohida dolzarb masala bolib turibdi. Prezidentimiz aytganidek, qiz bolani kelin qilib uzatish oddiy oqituvchi, shifokor yoki ishchi uchun qanchalik qiyinchilik tugdirishini quda taraf bilar ekanmi? Biladi, bilib turib ayrimlar bizning turmushimizga yot narsalarni kelin tarafga yuklaydi. Yani kelin-kuyov yashaydigan uylarni yasattiradi, yangi gilamlar toshatadi, oynalarga pardalar ostiradi, oshxona ham mebel va jihozlar bilan toldiriladi. Kamiga kuyov tarafdagilar uyalmasdan olib kelingan yangi mebellarni chet elnikimi yoki ozimizda ishlab chiqarilganmi shunga qarab qudalariga baho berishi ham odatiy tusga aylanib boryapti. Shunday mayda masalalar ortidan janjal chiqarib, xatto toyni buzishgacha borib yetilayotgani ong, farosat va manaviy dunyomizning qanday darajagacha tushib qolganini korsatmoqda.

Aslida bu xarajatlar kuyov tarafning boynida emasmi? Avvallari shunday bolganku. Nega hozirga kelib bu qadar odatlar ozgarib ketdi. Hamma befarq, kelinga beriladigan mahrni qoyabering, undan ogiz ham ochilmaydi. Bizning hozirgi kunda yigitlarimizdagi gurur qayoqqa ketdi? Nahotki kelin tarafdan keladigan narsalarga koz tikib otiradi?

Marakalardagi sarf-xarajatlar, isrofgarchiliklarni ham tartibga solish, ota-ona va yaqinlarni esa borida qadrlash, konglini olishimiz kerak. Ulardan bu dunyoda mehrimizni ayamaylik. Oxiratlari uchun otganlarning haqiga qilingan duo, tilovat kerak, xolos.

Xulosa ornida shuni takidlash kerakki, qoshma qarorda toylar va marakalardagi sarf-xarajatlarni qisqartirish, nomaqbul holatlar va isrofgarchilikning oldini olish masalalari qamrab olingan. Demak, vaziyat shu darajaga yetdiki, mana shu qarorga ehtiyoj tugildi. Urf-odat va udumlarimiz tartibga solinishi zarur. Buni barchamiz chuqur anglagan holda masalaga jiddiy yondashishimiz lozim. Kimdir shaxsiy ishim, toyimga aralashishga haqingiz yoq yoki yana boshqa vajlarni korsatadi. Lekin odamlar orasida shov-shuv tarqatib, ozini koz-koz qilayotgan shaxslar kimlarningdir uyi buzilishi, salomatligidan ayrilishi, bazida ayanchli holat bilan tugaydigan mojarolarga sabab bolib qolayotganini unutmasligi lozim. Har bir ishda meyor bolishi talab etiladi. Isrofgarchilikni juda katta gunoh ekanini ham hamisha yodda saqlash kerak. Olmas qadriyat va ananalarimiz qadrsizlanmasligining bosh sharti shu, deb hisoblayman.

Nomon AKBAROV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: