O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.09.2019

Buyumlar haqida emas, bolalarimiz haqida oylaylik

Kuni kecha bir voqeaning guvohi bo‘ldim, qizining unashtirish marosimi (fotiha toyi)ni 300 kishi bilan otkazib, ozini koz-koz qilmoqchi bolgan kap-katta ayol, 30 yildan ortiq bir yostiqqa bosh qoygan turmush ortogini «bitta-yu-bitta qizimni chiqarayapman, mebel va sarpolari uchun pul topib kel» deb, ayovsiz tergayvergach, chorasiz qolgan er alamidan ichkilikka mukkasidan ketib, topgan pulini ham ichadigan ahvolga tushib qolgan. 50 yoshdan oshgan oila ustuni chora izlab volidai muhtaramasining huzuriga borib, onajon buncha pulni qayerdan topaman, qanday qilib qiz chiqaraman, mahalla - koyda sharmanda bolaman, deb hongrab yiglab, ichidagi dardini tokadi.

Endi ayting, muhtarama ayollar, erkak qachon yiglaydi? Chorasiz qolganda. Ayting-chi, kim uni shu koyga soldi? Nikoh oqitilayotganda yaxshi-yomon kunimizda birga bolamiz, bir-birimizga suyanch bolamiz degan, oz jufti haloli, ayoli shu koyga soldi, shunga majbur qildi. Erkak yigladi, yiglaguncha nimalarni boshidan otkazmadi, butun vujudi, jismi, jonidan otkazdi bu azoblarni, kim kafolat beradi yurak xuruji tutmaydi, deb. Erkakni oila ustuniga qiyoslaymiz. Ustunga darz ketsa, yoxud qulab tushib, yaroqsiz bolsa, imorat qulaydi, bu degani oila parokanda boladi, tayanchidan ayriladi degani. Endi tasavvur qiling, oqibati nimalarga olib keladi? Bunday ayanchli misollarni juda koplab keltirishimiz mumkin.

Aziz opa-singillar! Bu ishlarning barchasida ayolning ishtiroki behisob. Agar ayol uzoqni kozlaydigan, aqlli, farosatli, insofli, diyonatli bolsa, oilasi, farzandlari kelajagini oylasa, hoyu-havasga berilmaydi, toy-hashamlarni dabdabali otkazilishiga yol qoymaydi. Aksincha, yetti olchab bir kesadi, isrofgarchilikka yol qoymaydi, faqat farzandlari baxti kamolini oylaydi. Xalqining urf-odatlari, qonun-qoidalarini hurmat qiladi.

Yaqinda Oliy Majlis Senati tomonidan Toy-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagishlangan tadbirlar otkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish togrisida qaror qabul qilindi. Bu qarorni qabul qilishga juda katta ehtiyoj sezildi, tushuntirgan bilan, toylarimiz, tadbir, marosimlarimiz kamaymadi, aksincha, yanada avj oldi, isrofgarchilik kopaydi.

Ozbegimning oqila ayollari! Otmishimizga nazar solib, mulohaza yuritaylik, yuqoridagilardan xulosa chiqaraylik, oilamizni asraylik, oilamiz ustuniga tirgak bolaylik, isrofgarchilikka yol qoymaylik, toy, marosimlarimizni ixchamlashtirib, koproq savob ishlarga qol uraylik. Oila vaziri yoki bekasi degan yuksak unvonlarga munosib bolaylik. Avvalambor, farzandlarimizning ilm olishi, kasb-hunar egallashi yolida barcha imkoniyatimizni sarflaylik, muhtoj insonlarga yordam berishdek savobli ishlarni kopaytiraylik.

Aziz ayollar, keling, barchamiz birlashaylik, bir-birimizni qollab-quvvatlaylik. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatni amalga oshirishda faol ishtirok etaylik, bizga nisbatan qilinayotgan yaxshilik, ezgulik, etiborga munosib javob qaytaraylik, safimizni kengaytiraylik. Barchamiz ezgu, savobli ishlarda shaxsiy namuna bolaylik.

Ozbekiston XDP Faol ayollar qanoti nomidan

Gulshan ASATOVA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: