O'zb  
 
10.09.2019

AYOL SHANI VA QADRI

Odatda, “muqaddas” so‘zi nihoyatda ehtiyotkorlik bilan qollaniladi. Shunday ekan, nima uchun gunohu savoblar chorrahasida yashayotgan ayolga nisbatan muqaddas sifati qollanilganda, kuchli qarshiliklar bolmadi, aksincha, qabul qilindi, yashab qoldi, yashab kelyapti. Axir, ayol jonidan jon bunyod etadi — inson yaratadi.

Shu orinda yana bir holat esimga tushdi. Tort yoshli nevaram kochaga qogirchogini olib chiqmoqchi boldi. Bundan besh-on daqiqa avval u kirlangan qogirchogini chomiltirgan edi. Nevaram birdan qogirchogiga qarab:

– Oyijon, uyat boladi, u koylagini kiysin, dedi-da, qogirchoqqa libos kiydirishga tutindi.

Nima demoqchiman? Tort yoshli qizaloq, hali birov orgatmasdan, tabiiy ravishda uyat sozining ma’nisiga yetadi. Ehtimol, koproq bizning millatimizga xos bolgan bu bebaho tushunchalar bilan birga tugilib, birga osib, ularning umriga umr qoshib yashayotganlari uchun ham Ayol, Ona muqaddasdir. Harna bolsa-da, Ayolga, Onaga ehtirom xonadonlarimiz, oilalarimizning avloddan-avlodga otib kelayotgan eng bebaho qadriyatlaridan biridir. Millatimizga xos eng gozal qadriyatlarga bugunning manaviy tarbiyasi uchun asosiy mezon sifatida qarayotgan muhtaram Prezidentimiz bu yuksak lavozimga saylangan ilk kunlaridanoq Ayolga etibor masalasini kun tartibiga qoydilar. Ayol baxtli bolsa, millat baxtlidir shiorining amaliy ifodasini bugun har jabhada korib, quvonib, faxrlanib turibmiz.

Yaqinda Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 1-ayollar jazoni otash muassasasida bolib otgan Ozbekiston Respublikasi Oliy sudining sayyor sud majlisi ham shu fikrimizning yana bir isboti, desak yanglishmaymiz. Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi orinbosari Xolmomin Yodgorov raisligida bolib otgan sayyor sud majlisida uzoq yillarga ozodlikdan mahrum etilgan 6 nafar mahkumaning ishi nazorat tartibida korib chiqildi. Mahkumalardan olti nafarining hammasi oz qilmishidan chin dildan pushaymonligi, axloqan tuzalish yoliga otganligi, jinoyati uchun berilgan jazoning asosiy qismini otagani uchun ozod etilib, oilasi bagriga qaytarildi. Keyingi ikki yil mobaynida bu tarzdagi insonparvarlikning oliy namunasiga bir necha bor guvoh bolmoqdamizki, mamlakatimiz sudlov tarixida ilk bor qollanilayotgan bu amaliyot bizga cheksiz minnatdorlik tuygularini baxsh etish barobarida Sobiq mahkumalar bu ezoz, ehtirom, ishonchning qadriga yetolsa edi, ozodlik atalmish buyuk nematga erishgan xotin-qizlar jamiyatda ornini topib ketsa edi, degan istakni ham uygotadi. Ayollik, onalik orniga qaytganlar bilan suhbatlashar ekanmiz, konglimizdan shunday hissiyotlar otar edi.

Tijorat bilan shugullanardim. Xudoyim siylab uch nafar farzand berdi. Erim bilan tinchgina yashab kelayotgandik. Lekin nafs balosiga uchib, giyohvand moddalar oldi-sotdisiga aralashib qoldim, deydi ulardan biri.

U afsus nadomat bilan oz qilmishi haqida hikoya qilib berdi. Malum bolishicha, u bundan oldin ham jinoyatga qol urgan ekan. Ayolligi, farzandlari borligi, muqaddam sudlanmaganligi, pushaymonligi hisobga olinib, unga yengil jazo qollanilgan. Keyin... keyin u yana xato qilgan. Bu gal yana egri yolga katta qadamlar bilan bordi. Ikkinchi hukm oqilgan pallada xatosini anglab dod solib yigladi. Bu hukm 2013 yilning 8 aprel sanasida oqildi. U Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (60-moddasi qollanilib) 14 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan. 2026 yilgacha mahkumalikda yashashi kerak edi. Bu katta muddat uning qilmishiga yarasha berilgandi, albatta.

Lekin bugun mamlakatimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosati tufayli unga yetti yil avval ozodlikka chiqish baxti nasib etdi.

Jazoni otash muassasasida qilgan xatolaringni oylash, tahlil qilish uchun kop vaqting boladi. Nega shunday boldi, degan savolning javobi ozimga kaltak bolib tushaveradi. Kim meni bu girdobga tortgan bolsa-da, baribir bosh aybdor ozim, deydi jazoni otayotgan ayollardan yana biri. Uning pushaymonligi koz yoshlariga qoshilib yuzini yuvadi.

Obroli xonadonga kelin bolgan edim. Yaqinlarimning yuzini yerga qaratdim, davom etadi u.

Bunday azobning nima ekanligini faqat boshidan otkazgan banda biladi. Qolimga kishan solinib, uydan chiqqanimda mana bugun meni olib ketgani kelgan qizim besh yoshli godak edi. Bu yil u maktabni bitiryapti. Alochi bolibdi, Yoshlar ittifoqining faol azosi ekan. Koziga qarashga xijolat tortyapman. Lekin endi kozim ochildi. Shuncha yillar qalbimda toplanib qolgan, sarflanmagan mehrimni farzandim, nevaralarimga beraman...

Uning afsuslarini tinglab kongildan:

Eh, ona-ya, onaizor-a, shunday toxtamga kelish uchun 12 yil qamoqda yotish kerakmidi? degan ogriqli savol otadi kongildan.

Afsuski, ayollar orasida bugun ham jinoyatga qol urayotganlar, xususan, giyohvandlik oldi-sotdisiga qoshilib, qolga tushib, qamalib ketayotganlar uchramoqda... Ularga:

Toxtang! Mana bu ayolning mahbuslik jarohat solgan qalblariga boqing, achchiq afsuslarini eshiting, saboq oling! degimiz kelyapti...

Gap avvalini ayol muqaddasligidan boshlagan edik. Bu muqaddaslik har bir ayolning shuhratli hayoti bilan ulugvorlik kasb etadi. Har ayolning xatosi, gunohidan darzlanadi. Keling, aziz opa-singillar, tort muchamiz salomat, tinch-osuda zamonda, adolatli qonunlar muhofazasida yashayotgan ekanmiz, Muqaddas tushunchasini ezozlaylik, bu sharafga munosib bolaylik...

Munavvara USMONOVA,

Saodat jurnali Bosh muharriri, shoira.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: