O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.09.2019

HUQUQ HAM, IMKONIYATLAR HAM TENG BOLADI

Gulshan ASATOVA, Oʻzbekiston XDP Markaziy Kengashi Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektor mudiri:

— Prezidentimiz «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘grisida»gi qonunni imzoladi. Qonunda jamiyat va davlat ishlarini boshqarish, saylov jarayoni, sogliqni saqlash, ta’lim, ilm-fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya, shuningdek, davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida ayollar va erkaklarning teng ishtiroki kafolatlangan.

Bunday imkoniyat, bunday etibor albatta har bir ayolda mehnatga, oz iqtidor va qobiliyatini royobga chiqarishga, yangi goyalar ustida ishlashga, tashabbuskorlik korsatishga katta ishtiyoq uygotadi. Yangi-yangi yutuq va marralar sari yetaklaydi. Xotin-qizlarni yangicha goya va yangicha tashabbuslar bilan chiqishlariga undaydi.

Qonunda meyoriy-huquqiy hujjatlarning gender-huquqiy ekspertizadan otkazilishi belgilangan. Hujjatlar erkaklar va ayollarning teng huquqlari hamda imkoniyatlarini taminlash tamoyiliga mos kelmasligi aniqlangan taqdirda, gender-huquqiy ekspertiza xulosasi ushbu hujjatni qabul qilgan organga korib chiqish uchun yuboriladi.

Qonun bilan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni taminlash sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari alohida belgilab berilgan. Bundan tashqari, davlatning rahbarlik lavozimlariga ilgari surish chogida jins boyicha kamsitishga yol qoyilmaslik tamoyili taminlanishi kafolatlangan. Korinib turibdiki, ayollarni rahbar lavozimlarga tayyorlash oldimizda turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu esa siyosiy partiyalar zimmasiga ham alohida masuliyat yuklaydi.

Qonunda siyosiy partiyalar tomonidan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga nomzodlar korsatishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar taminlanishi belgilab qoyildi. Bu yilgi saylovlarda deputatlikka korsatiladigan nomzodlarning 50 foizini xotin-qizlar tashkil etishi taminlanishi lozim.

Mehnat munosabatlarida ham erkaklar va ayollarning teng huquqlari hamda imkoniyatlari taminlanadi. Ish beruvchilarga bosh ish orinlari togrisidagi elonlarda (reklamada) faqat bir jins vakillariga ish taklif qilish, jinslardan biriga ustunlik berib, turlicha talablar qoyish, ishga joylashayotgan shaxslardan oz shaxsiy hayoti, farzandli bolish borasidagi rejalari haqida malumotlarni talab qilish taqiqlanadi.

7 bob, 32 moddadan iborat bolgan mazkur qonun bilan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni taminlash sohasidagi munosabatlar tartibga solingan. Bu hujjatni har bir ayol oqib organishi, oziga berilayotgan huquq va imkoniyatlarni toliq bilib olishi muhim hisoblanadi.

Biz ayollar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har bir jarayonda faol ishtirok etishimiz lozim. Zero, oiladagi totuvlikni, jamiyatdagi barqarorlikni, bir soz bilan aytganda, dunyodagi muvozanatni ham saqlab turadigan ayoldir.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: