O'zb  
 
10.09.2019

OZBEKISTONDA KREDIT OLISH NEGA QIYIN?

Bu tijorat banklari filiallari amalda mustaqil emasligi bilan bog‘liqmi?

Mamlakatimiz ulkan siyosiy voqea – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Mahalliy kengashlariga saylovlarga qizgin tayyorgarlik kormoqda. Xususan, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi yangi Saylovoldi dasturini har tomonlama pishiq va puxta tayyorlashga e’tibor qaratmoqda. Partiyamiz azolari, faol olim va mutaxassislar tomonidan ushbu dasturga takliflar jonatilmoqda. Quyida iqtisod fanlari doktori, professor Ashur Qodirovning tijorat banklari faoliyati bilan bogliq masalalar haqidagi shaxsiy fikr-mulohazalari etiboringizga havola etilmoqda.

Yangi Ozbekistonni iqtisodiy jihatdan rivojlantirish avvalo Harakatlar strategiyasida qayd etilgan «Xalq boy bolsa, davlat ham boy va qudratli boladi», degan tamoyilga asoslanadi. Prezident va hukumatning aholi daromadini oshirib, faravonligini taminlashga qaratilgan koplab farmon va qarorlari boyicha muhim ishlar amalga oshirilayapti. Lekin amaldagi ayrim qonun va qonunosti hujjatlari muammolar yechim topishiga xalaqit qilyapti. Fikrimizni aniq misollar bilan asoslashga harakat qilamiz.

Tijorat banklari tomonidan beriladigan talim krediti

Talim tizimidagi islohotlar natijasida yangi 2019-2020 oquv yilida oliygohlarning birinchi bosqichida yuz mingdan ortiq ogil-qizlarimiz oqishni boshlashi kerak. Lekin barcha OTMga qabul qilinganlar oqishni davom ettira olishadimi? Chunki ulardan katta qismi tolov kontrakti asosida qabul qilingan bolib, barchalari ham tolovni oz vaqtida amalga oshirolmaydi.

Odatda hamma ota-onalar ham shartnoma pulini oz jamgarmalaridan tolash imkoniga ega bolmaydi. Ayrimlari dastlab tijorat banklarga kredit uchun murojaat etishadi, lekin fursatni ganimat bilib, boquvda bolgan qora moli yoki rozgoriga kerakli bolgan boshqa jihozni sotib, farzandi uchun kontrakt pulini tolaydi. Bundaylar jami tolov-kontrakt asosida oqishga qabul qilinganlarning taxminan 20-25 foizini tashkil etadi.

Demak, farzandi shartnoma asosida oqishga qabul qilingan ota-onalarning kopchiligi tijorat banklaridan talim krediti olishga ehtiyojmand bolishadi.

Keltirilgan tahlilni nisbiy, deb hisoblaylik. Lekin aniq anglashimiz kerakki, tolov-kontrakt asosida oqishni tashkil etishda yirik moliyaviy muammo turibdi.

Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-sonli qaroriga ilova qilingan Oliy oquv yurtlarida tolov-kontrakt asosida oqish uchun talim kreditlari berish togrisidagi nizomda talim kreditlari bakalavr yonalishi uchun 10 yilga berilib, qarzdorlik summasi shartnomada korsatilgan oquv muddati tugagandan keyin boshlanadi, deb belgilangan holda tijorat banklari talim kreditlarini aksariyat hollarda ota-onalar yoki vasiy shaxslarga doimiy yashash uchun royxatga olingan hududdan bir yilga va asosiy qarzni oyma-oy qaytarib borish sharti bilan berishadi.

Masalaning yechimi talim krediti togrisidagi nizomni qaytadan ishlab chiqish va unda tijorat banklari uchun alohida kredit manbasini aniq belgilash, kreditni bakalavr yonalishida 5 yillik imtiyoz bilan 10 yilga va doimiy royxatdan otgan hududidan qati nazar, talaba murojaat etgan tijorat bankidan berilishi korsatilishi kerak, deb oylayman.

Tijorat banklari kredit tamoyillari

Tijorat banki kreditlaridan foydalangan shaxsdan yoki bank yonalishida oqigan talabadan kredit tamoyillari nima, deb sorasangiz, kreditni oz vaqtida qaytishi, malum muddatga va foiz bilan berilishi hamda kredit taminlangan bolib, malum maqsadlarga ishlatilishi kerak, deb javob beradi. Chunki Markaziy bankning tijorat banklari tomonidan kredit berishga qoyilgan talablarida va barcha bank sohasidagi darsliklarda azaldan kreditning yuqorida qayd etilgan beshta sharti, uning tamoyili, deb korsatilgan. Afsuski, shunday yol bilan iqtisodiyotda ssuda mablagidan foydalanish chegaralab qoyilgan.

Malumki, Markaziy bankning kredit shartlari sifatida korsatmalari tijorat banklari uchun tavsiya bolib, har bir kredit beruvchi subekt Ozbekiston Respublikasi qonunlariga rioya qilishi kerak.

Ozbekiston Respublikasining Banklar va bank faoliyati togrisidagi qonunining Bank operatsiyalari degan 4-moddasini oqiymiz: Banklar oz faoliyatlarida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradilar: ... kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan oz mablaglari va jalb etilgan mablaglar hisobidan oz nomidan kreditlar berish. Qonun 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan va amalda bolgan 23 yil davomida 12 marotaba (oxirgisi 2019 yil 16 yanvarda) ozgartirish kiritilgan. Ammo qonunning 4-moddasi tahririga hech kimning etirozi bolmagan va u togri, deb hisoblangan. Demak, tijorat banklari amaliyotida va nazariy fanlarning oqitilishida mazkur qonun buzilgan, deb aytish mumkinmi?

Banklar va bank faoliyati togrisidagi qonunning muhokamalarida va qabul qilish jarayonlarida qatnashganimiz sababli aytishimiz mumkinki, uning har bir bandi har tomonlama, jumladan, bozor iqtisodi tamoyillariga mos kelishi keng muhokamadan otgan va shuning uchun hali hanuzgacha amalda qollanilyapti. Nima sababdan qonunning 4-moddasi amalda buzilgan bolsa-da, shu paytgacha hech kimda etiroz bolmagan? Tijorat banklari amaliyotida kreditning taminlanganligi va uni maqsadli ishlatish tamoyillari qonunga xilof tarzda kiritilgan. Tijorat banklari 25 yil oz himoyasiga ishlab, turli shartlar qollashgan bolsa, yangi Ozbekiston iqtisodini tiklash va rivojlantirish davrida ushbu tosiqlarni bekor qilish maqsadga muvofiq bolar edi.

Kredit berish amaliyotini ikki bosqichga qisqartirish!

Tijorat banklariga shunday topshiriq berilganini kopchilik eshitgan. Shuning uchun ham tijorat banklarining bazi etirozlarini qabul qilmay, real holatga izoh beramiz.

Xalq banki va Agrobankda jami 370 dan ortiq filial bolib, butun bank tizimining 43,9 foizini tashkil etadi. Shu holda barcha banklarning respublika apparati yuridik shaxs bolib, viloyat va tuman filiallari bunday maqomga ega emas. Ular bank boshqaruvi raisining ishonchnomasi asosida faoliyat yuritadilar. Mazkur holatga huquqiy bahoni qonun ijodkorlari berishlaridan umid qilib aytish mumkinki, mazkur tajriba tizimda subektivizmga olib keldi va bugungi talabga mutloq javob bermaydi.

Masalan, tuman yoki viloyatda yaratilgan moddiy boylikdan tushgan mablag bank filialidagi mijoz va bankning yagona hisob raqamida qayd etiladi. Yani, mablag respublika banki ixtiyoriga otib, orta pogonadagi rahbarning ixtiyori bilan taqsimlanadi. Bunday tajribadan kopchilik mablagi bor tadbirkorlar yaqin-yaqingacha zarar korganligini bilamiz.

Tijorat banklari tajribasidan ushbu holatni toliq bartaraf etish, har bir tuman, viloyat rahbarining faoliyatiga baho berish uchun hududda yaratilgan mablagni va bank filialiga ajratilgan ustav sarmoyasi tuman filiali vakillik hisob raqamida saqlanishiga qatiy rioya qilinishi kerak. Tumanda va viloyatda yaratilgan mablag avvalo ushbu hudud iqtisodiga xizmat qilishi kerak. Ortiqcha mablagni boshqa banklar yoki bankning boshqa filiallariga malum muddat va foizda qarzga berish amaliyoti joriy etilganda bank tizimi hudud manfaatini himoya qilgan holda, bugungi yangi iqtisodiy siyosatimiz talablariga javob berishi mumkin.

Hududda yaratilgan mablag bank filialida saqlanishi va har bir bank filialiga tegishli bolgan ustav sarmoyasi oziga berib qoyilishi hamda ozida yetishmagan mablagni boshqa moliyaviy tashkilotlardan sotib olishi bilan uning mablag masalasida mustaqilligi taminlanadi. Lekin filial asosiy ishi aholi va xojalik korxonalariga kreditlar berishda hali- hanuzgacha respublika bankiga boglanib qolgan.

Yurtboshimiz tijorat banklari kreditni rasmiylashtirishni hech bolmasa ikki bosqichga tushirsin, deb takidladi. Chunki kredit berish amaliyotida tuman filiali viloyatga, viloyat respublikaga va respublika banki Markaziy bankka murojaat etar edi. Demak, kredit chiqarilishiga ruxsat berish tort bosqichda olib borilardi.

Rahbariyatning nazorati bilan malum summagacha tuman va viloyat banklariga mustaqillik berilgan, deb aytamiz-da, lekin amalda kredit berishni eng kamida uch bosqichda amalga oshiramiz.

Bugun tijorat banklari mijozning davlat boshqaruv va huquqni muhofaza etish organlariga murojaatidan keyin kreditni belgilangan 3 kun muddatda bolmasa-da, 4-5 kunda chiqarib berayapti. Boshqa hollarda esa davlat mulkiga tegishli bolgan banklardan kreditlar ortacha bir oyda chiqarilishi kuzatilmoqda.

Respublikamiz tijorat banklari kredit berish amaliyotini kamida uchta bosqichda olib borishadi. Tahlillar shuni korsatadiki, birinchi bosqich bolib hisoblangan bank filiali togridan-togri kredit chiqara olmaydi. Sababi, yangi ssuda hisob raqami ochish uchun tijorat banki Markaziy bankning tolov tizimi maxsus bolimiga talabnoma kiritishi va kredit taminoti uchun olingan obektni garov reyestrida qayd ettirishi shart. Demak, kredit chiqarishni rasmiylashtirish jarayonida bank filiali va Respublika Markaziy bankining maxsus bolinmalari ishtirok etmoqdalar. Lekin amalda Markaziy bank respublikadagi 852 ta tijorat banki filiallari ornida 30 ta respublika banki bilan ishlashni afzal koradi. Natijada tijorat bankining respublika apparati ham kreditni rasmiylashtirish jarayonida qatnashmoqda.

Shu holda savol tugilishi mumkin: kredit berish jarayonini avtomatlashtirilgan onlayn tartibda amalga oshirsa bolmaydimi? Bugun qaysi bank rahbaridan sorasangiz, aynan shu javobni olasiz va hatto bu amallar malum bir daqiqalarda bajariladi, deb aytishadi. Lekin nima uchun mijoz oz vaqtida bankdan kredit ololmaydi? Chunki mazkur jarayonlarda subektivizm, yani inson omili aralashgan, shuning uchun ish haftalarga choziladi.

Shu kabi muammoli holatlarni hukumat qarori yoki topshiriq bilan bartaraf etib bolmaydi. Buning uchun yuqorida qonuniy asosga ega emasligi aytilgan kreditning taminlanganligi va maqsadli ishlatilishi tamoyillaridan voz kechish kerak. Shu holda kredit mijozning oldindan Markaziy bankda royxatdan otgan hisob raqamida qayd etiladi va uning qaytarilishi maxsus taminotsiz, hattoki ishonch asosida ham berilishi mumkin.

Keltirilgan mulohaza va takliflarni umumlashtirib, takidlash mumkinki, bank tizimi faoliyatini chuqur va har tomonlama isloh qilish kunning dolzarb vazifasi bolib turibdi. U tezroq hal etilsa, makroiqtisodiy siyosat yanada yuqoriroq natijalarni berishi mumkin.

Ashur QODIROV,

Iqtisod fanlari doktori, professor.

TAHRIRIYATDAN: Ushbu maqolada kotarilgan masala nihoyatda dolzarb, deb oylaymiz. Albatta, muallif keltirgan fikr va tahlillar bahsli bolishi, kimdir ularga qoshilmasligi, boshqa qimdir bu mavzuda umuman ozgacha fikrda bolishi ham mumkin. Shuning uchun maqola bir olimning shaxsiy nuqtai-nazari, taklifi sifatida berildi. Bu taklif Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturini pishiq-puxta tayyorlashga masul bolgan partiyamiz Markaziy Kengashidagi ishchi guruh tomonidan etiborga olinadi, joylarda ish orinlari yaratilishiga bevosita aloqador bolgan bu masala atroflicha organiladi, degan umiddamiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: