O'zb  
 
20.08.2019

OZBEKISTON OVOZI BOSH MUHARRIRIGA ARIZA

«Hurmatli Bosh muharrir, yaqinda O‘zbekiston telekanalining ma’naviyat va marifat masalalariga bagishlangan Munosabat» korsatuvini katta qiziqish bilan kuzatdim.

Afsuski, unda manaviyat va marifatning eng muhim omillaridan biri matbuot mutolaasi haqida bir ogiz ham soz aytilmadi. Gazeta va jurnallarda manaviyat, marifat masalalari keyingi paytda kop va xop yoritilmoqda. Lekin matbuot tarqatishga etibor susayib ketayotganga oxshaydi.

Masalan, men ozim Buxoro viloyati hokimi Olot tumanida otkazgan sayyor qabulda matbuot dokonlari masalasini ham kotargan edim. Xususan, matbuot dokonlariga respublika miqyosidagi gazeta-jurnallar kelmayotganini aytgandim. Oshanda tegishli mutasaddilarga bu muammolarni hal qilishga topshiriqlar berilgan edi. Biroq ahvol hanuzgacha ozgarmadi. Hammaning ham oylik maoshi obuna bolishga imkon bermasligi mumkin.

Bazida yangiliklarni internetdan oqisa ham boladi, deb gazeta-jurnallarga etiborsiz qarab aytilayotgan gaplar quloqqa chalinib qoladi. Internet har qancha rivojlanmasin, matbuot bu — tarbiya, manaviyat, mafkura-ku. Matbuotning orni bolakcha.

Bir paytlar hatto Moskvada chop etiladigan gazetalar ham osha kunning ozida matbuot dokonlariga yetib kelardi. Bugun pochta yoki matbuot tarqatuvchi tashkilotlar nega sust ishlayapti?

Menimcha, Ozbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi va boshqa masul tashkilotlar hukumat oldiga matbuot tarqatish tizimini qayta korib chiqish masalasini qatiy qilib qoyishi kerak.

Sizga samimiy hurmat bilan Beshimov Laziz. Buxoro viloyati, Olot tumani, Eski bozor kochasi, 19-uy.

Buxoro viloyat nasos stansiyalari energetika boshqarmasi Olot uchastkasi elektrotexnika laboratoriyasi chilangari.

Tahririyatdan: Togrisi, viloyatlar markazlaridan uzoqroqdagi tumanlardagi matbuot dokonlari kamligi yoki borlari ham doim ishlamasligi, ularning aksariyatida ijtimoiy-siyosiy gazetalar yoqligi togrisida etirozlarni birinchi marta eshitayotganimiz yoq. Bu masala haqida Respublika matbuot tarqatuvchi idorasi rahbarlari bilan kop fikrlashgandik. Ammo bu tizim takomillashishi orniga holdan toyib boldi. Keyingi tort-besh yilda bu idora rahbari bir necha bor almashtirildi. Kopchilik hamkasblar yaxshi biladi. Bu idorani uzoq yil boshqargan, katta tajribaga ega Rustam Qosimov degan kishi ishdan olingach, Matbuot tarqatuvchi idorasi har tomonlama inqirozga yuz tutdi. Yangi kelganlar muammolarga yechim topolmay, hayotiy takliflar bildirmadi, bu tashkilot faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mexanizm yaratilmadi. Bozor iqtisodiyoti bahonasida viloyatlardagi matbuot tarqatish tashkilotlari oziga ozi xojayin bolib ketdi. Ular orasida shartnoma asosida yil boyi tahririyatlar gazetalarini olib, ammo pulini tolamay kelayotganlari bor. Matbuot tarqatuvchining viloyat bolimlari ustidan sudga, prokuraturaga murojaat qilgan tahririyatlar oz emas. Afsuski, bu tizimni tartibga soladigan, rivojlantiradigan vaqt allaqachon kelgan. Matbuot dokonlarida gazeta-jurnallar nega yoqligi soralsa, turli bahonalarni rokach qilishadi. Vaholanki, har bir tumanda ijtimoiy-siyosiy gazeta va jurnallarni oladigan ozmi, kopmi odam topiladi. Chunki hamma tumanda ham davlat idoralari xodimlari, deputatlar, oqituvchilar, ijodkorlar, adabiyot, sanat, sport muxlislari bor, siyosatga qiziqadiganlar bor.

Bugungi gazeta va jurnallar bundan besh-olti yil avvalgi nashrlardan keskin farq qiladi. Tanqidiy maqolalar sezilarli darajada kopaymoqda, turli sohalardagi muammolar haqida ochiq fikrlar aytilmoqda. Bahs-munozaralar kuchaymoqda. Afsuski, matbuot tarqatish tashkilotlari faoliyati bugungi talabga javob bermayapti, deyishga asos yetarli. Bu holatni korib-bilib turib sukut saqlab otirsak, kop narsa yoqotamiz, aniqrogi, jamiyatga xiyonat qilgan bolamiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: