O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
23.09.2020

Deputatlik sorovi inson va jamiyat manfaatiga taqdiriga daxldor

Deputatga berilgan vakolatlar orasida deputatlik so‘rovi alohida ahamiyatga ega. Negaki, unda kotarilayotgan har bir masala ortida, eng avvalo, inson taqdiri, kopchilikning manfaatlari turadi. Qolaversa, bu tizim odamlarning partiyaga ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

Bugun Buxoro viloyati boyicha partiyamizdan saylangan 90 nafar deputat faoliyat olib bormoqda. Ulardan 15 nafari viloyat, 75 nafari tuman va shahar Kengashlari deputatlaridir. Bu raqamlar partiya va uning goyalariga saylovchilar tomonidan katta ishonch bildirilganini korsatadi, albatta. Lekin bugun saylovchi partiyamizga deputatlarning soniga qarab emas, balki ularning ishiga, faoliyatining samaradorligiga qarab baho beradi. Shu bois bor imkoniyat hamda mavjud salohiyatdan samarali foydalanish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri, desak xato bolmaydi.

Joriy yilning 6 oyida xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi va a’zolari tomonidan jami 142 ta deputatlik sorovi ijro organlari mansabdor shaxslariga yuborildi. Shundan 128 tasi ijobiy hal etildi.

Masalan, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Akbar Fazilov Buxoro shahridagi Hamid Olimjon kochasida yashovchi Husan Fayziyev bilan suhbatda u yurak xastaligi boyicha davolanish uchun tibbiyot birlashmasidan order olishga qiynalayotgan ekan. Deputat viloyat sogliqni saqlash boshqarmasi boshligiga deputat sorovi bilan chiqdi va muammo hal boldi.

Shuningdek, Buxoro shahrida yashovchi Bahodir Afakov nogironlik aravachasiga muhtojligini bildirdi. Deputat Akbar Fazilov viloyat sogliqni saqlash boshqarmasi boshligi I.Narziyevga shu haqda deputatlik sorovi yubordi, fuqaroga nogironlik aravachasi yetkazib berildi.

Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashi deputati Shamsiddin Yaxshiyev ham xonadonma-xonadon yurib, aholini oylantirayotgan muammolarni organmoqda. 2020 yilning 27 aprelida bolib otgan tabiiy ofat natijasida Shaftolizor kochasidagi 1958 yilda ornatilgan sim yogochlarga qattiq shikast yetgandi. Kochadagi ayrim uylarning hovlisidagi elektr simlari uzilib tushgandi. Hatto aksariyat sim yogochlar hovli ichida qolib ketgani ham rost. Vaziyatni organgan deputat masala yechimini ortga surib bolmaslgini bildi. Buxoro shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbariga simyogochlarni yangilab, ularni aholi xonadonidan xavfsiz, uzoqroq masofada ornatishda amaliy yordam sorab, deputat sorovi yubordi. Mazkur deputatlik soroviga javob vaqtida keldi. Biroq, unda aniq javob berilmadi. Deputat qayta-qayta yuborgan deputatlik soroviga xuddi shu tarzda javob qaytarilmoqda. Muammo esa yechimini topgani yoq. Ammo deputat ham harakatdan toxtagani yoq.

Ish bor joyda kamchilik ham boladi. Tahlillar korsatyaptiki, deputatlarimizning 3 foizi hali bironta ham deputatlik sorovi chiqarmagan. Biz yosh deputatlarga yol-yoriq korsatilib, tajribali deputatlar faoliyatini namuna qilishga togri kelmoqda.

Yana bir masala. Xosh, ijroiya organlari deputatlik sorovlariga oz vaqtida asoslantirilgan tarzda tushuntirishlar berayaptimi?

Aytish joizki, deputatlik sorovlariga oz vaqtida javob qaytarilmoqda. Ammo ayrim javoblarda aniqlik yoqligi kishini oyga toldiradi. Javob kelibdi, deya xatjildni ochamizu, “...soragan masalangiz keyingi yilda organiladi..”, yoki ...murojaatingizga kora, malum qilamizki, yolni tamirlash keyingi yilda davlat dasturiga kiritiladi, kabi javoblardan kongil tolmaydi. Chunki keyingi yili dasturga kirmay qolishi ham mumkin. Shuning uchun ham masala deputat nazoratidan olinmaydi. Xafsalamiz pir boladi. Buni qanday izohlash mumkin? Yanada aniqrogi, oz masalasi yechimida deputatga umid boglagan saylovchiga nima, deb javob qaytarishga hayron qolasan kishi.

Shu orinda tanganing ikkinchi tomoniga ham nazar tashlash kerak boladi. Organishlar deputatlik sorovlari sifatini oshirishni taqozo etayotganini korsatmoqda. Afsuski, deputatlik sorovi predmeti, yuborish subekti, qoyiladigan masala dolzarbligini belgilash bilan bogliq masalalariga barcha deputatlar ham yetarli etibor bermayapti.

Bugun mamlakatimizda siyosiy partiyalarning demokratik islohotlar jarayonida ishtiroki sezilarli darajada kuchayib bormoqda. Ammo shiddat bilan ozgarayotgan hayot, partiyamiz faoliyatini ham yangi bosqichga kotarish, yanada tashabbuskor va faol bolish, xalqqa tobora yaqinlashishni talab etayotir. Buning uchun viloyat, tuman va shahar partiya kengashlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlik guruhlarimiz koproq tashabbus korsatishi, kopchilikni oylantirib kelayotgan muammolarni hal qilish takliflari bilan chiqishi zarur. Ana shundagina bizga ishonib ovoz berib saylagan saylovchilar ishonchini oqlay olamiz.

Robiya KAZIMOVA,

OzXDP Buxoro shahar kengashi raisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: