O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 1 2 3 4
29.07.2020

YaShIRIN IQTISODIYoTNI QISQARTIRISh VA KORRUPSIYANING OLDINI OLISh MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 iyul kuni yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boyicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi yuzasidan yigilish otkazdi.

Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasi yuqori. Shu bois keyingi yillarda biznesga qoshimcha qulayliklar yaratish orqali yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish choralari korilmoqda. Xususan, valyuta bozori erkinlashtirildi, yangi soliq tizimi joriy etildi, 100 ga yaqin ruxsat berish va litsenziyalash qoidalari qisqartirildi. Bularning natijasida oxirgi 5 yilda sanoatda norasmiy sektor ulushi 20 foizdan 6 foizga tushgan.

Yigilishda bu boradagi ishlar yetarli emasligi qayd etilib, galdagi vazifalar muhokama qilindi. Xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boyicha strategiya ishlab chiqish topshirigi berildi.

Davlat rahbari yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda ehtiyot bolish, iqtisodiy faollikka zarar yetkazib qoymaslik, buning uchun davlat organlari, biznes va jamoatchilik hamjihatlikda ishlashi muhimligini ta’kidladi.

Soliq islohotlarini izchil davom ettirib, yashirin iqtisodiyotga yol qoymaydigan tizim joriy etish vazifasi qoyildi. “Insofli soliq tolovchi” tizimini shakllantirib, shu yil yakuniga qadar Toshkent shahrida namuna sifatida amalga oshirishga korsatma berildi.

Sohalar va yonalishlar kesimida korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha yol xaritalari ishlab chiqish hamda ijrosini muhokama qilib borish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Davlat bojxona qomitasi va Davlat soliq qomitasiga import tovarlarining kirib kelishi, bojxonadan otkazilishi va sotilishi boyicha yagona bazani ishga tushirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan Bojxona auditi axborot tizimini joriy etish vazifasi belgilandi.

Prezidentimiz yashirin iqtisodiyotni qisqartirish uchun odamlarning legal ishlashiga komaklashish, ularni manfaatdor qilish kerakligini takidladi.

Davlatimiz rahbari kichik biznes subyektlari uchun soliq mamuriyatchiligini soddalashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat berish va litsenziyalashdagi ortiqcha tartib-taomillarni yanada qisqartirish zarurligini takidladi.

Masalan, 100 ta litsenziya va 34 ta ruxsatnomani qisqartirib, xabardor qilish tartibiga otkazish, yana koplarini soddalashtirish, 14 ta hujjatni berish muddatlarini 2 baravargacha qisqartirish mumkin. Ushbu choralar natijasida tadbirkorlar yiliga 125 milliard som iqtisod qilish imkoniga ega boladi.

Shuningdek, 43 ta idoraning 270 ta nazorat funksiyasini tanqidiy organib, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga sabab bolayotgan vakolatlarini qisqartirish boyicha korsatmalar berildi.

Oz navbatida, korrupsion va yashirin faoliyatga mukkasidan ketgan noinsof tadbirkorlarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish zarurligi aytildi.

Korrupsiya va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda asosiy kuch biznes va jamoatchilikdir. Shu bois jamiyatda bu illatlarga nisbatan nafrat tuygusini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali ularning salbiy oqibatlarini yoritib borish muhimligi qayd etildi.

– Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish tadbirkorlarni jazolash, ularning faoliyatiga tosqinlik qilish degani emas. Bu, ayniqsa, pandemiya davrida katta ahamiyatga ega. Joylarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali mayda korrupsiyaga ham qatiy choralar korish zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yigilishda belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan har bir vazirlik va tarmoq oldiga yil yakunida aniq korsatkichlarga (KPI) erishish vazifasi qoyildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: