O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
15.07.2020

PREZIDENT: KORONAVIRUSGA QARShI KURASh UChUN BIZDA BARChA ZAXIRA VA IMKONIYaTLAR MAVJUD

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 iyul kuni otkazilgan videoselektor yigilishi avvalida mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatga yana bir bor alohida toxtalib otildi.

“COVID-19” pandemiyasini jilovlash yolida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar haqida gapirar ekan, davlatimiz rahbari, jumladan, shunday dedi:

– Xabaringiz bor, mamlakatimizda koronavirusga chalinganlar soni kopayib borayotgani munosabati bilan biz karantin talablarini yana kuchaytirishga majbur boldik. Nega deganda, ochiq aytish kerak, hozirgi kunda butun dunyo koronavirus deb nom olgan mana shu tilsiz yov, kozga korinmas dushmanga qarshi urush holatida turibdi.

Urushga kirgan har qaysi davlat, har qaysi xalq oz yurtini, oz aholisini himoya qilish uchun barcha choralarni koradi. Eng avvalo, xavf-xatarning yolini berkitadi, temir intizom ornatadi. Qatiy safarbarlik sharoitida yashash va ishlashga otadi. Bugun biz ham ayni shunday holatdamiz.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan vaziyat muntazam tahlil qilinib, infeksiyani jilovlash yuzasidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu kasallikka qarshi kurash uchun bizda barcha zaxira va imkoniyatlar mavjud. Eng muhimi, fidoyi va jasur shifokorlarimiz oz burchini sadoqat va matonat bilan bajarmoqda.

Takror aytaman, biz endi pandemiya sharoitida yashashga, mehnat qilishga organishimiz shart. Chunki hayot davom etmoqda. Hayot bizdan aql-idrok, sabr-toqat, metin intizom bilan harakat qilishni talab etmoqda.

Ozimiz koryapmiz, dunyoda qaysi davlatda tibbiy madaniyat, tartib-intizom kuchli bolsa, osha mamlakat pandemiyadan eng kam talafot bilan chiqmoqda.

Biz ham shu yoldan borishimiz shart. Albatta, otgan 4 oy davomida odamlarimiz kop narsaga organdi. Bizda ham malum tajriba paydo boldi.

Tahlillar koronavirus bilan zararlanishning oldini olish, kasallikni erta aniqlash, simptomsiz va yengil kechayotgan bemorlar bilan olib borilayotgan davolash va nazorat tadbirlarini amalga oshirishda yangi strategiyalarni qollashni talab qilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi bu borada tezlik bilan barcha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.

Shu maqsadda, Bosh vazir orinbosari Behzod Musayev, sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bir kun muddatda amaldagi test-tahlil topshirish jarayonini qayta korib chiqib, aholi uchun qulay tizimni ishlab chiqsin.

Yana bir muhim masala viloyat, shahar va tumanlarda mahalliy kengashlar, joylardagi hokimlik va boshqaruv idoralari oz hududidagi vaziyatni chuqur tahlil qilib, Respublika maxsus komissiyasi bilan kelishilgan holda karantin qoidalarini qayerda zarur bolsa kuchaytirishi, qayerda zarur bolsa yumshatishi lozim.

Barcha ehtiyot choralarini korgan holda, imkoniyat mavjud bolgan hamma joyda ishlab chiqarish korxonalarini ishga solishimiz, mehnat unumdorligini oshirishimiz kerak.

Masalan, qishloq joylarda aholi shahardagidek tigiz emas. Kasallik tarqamagan hududlarimiz ham kop. Bu yerlarda hozirgi paytda hamma dalada ish bilan band, odamlarning qoli-qoliga tegmaydi.

Bunday tumanlarda qishloq mehnatkashlarining bemalol ishlashi, mahsulotini xaridorlarga yetkazib berishi uchun barcha sharoitni yaratishimiz kerak. Chunki yozning bir kuni qishning on kunini boqadi.

Hech kimga sir emas, bu yildan boshlab oziq-ovqat masalasi dunyo miqyosida hal qiluvchi oringa chiqadi.

Chunki koronavirusni yengish ham, xalq farovonligini taminlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ham avvalo shunga bogliq.

Shuning uchun bizda doimo uch oylik oziq-ovqat zaxirasi shay turishi kerak.

Fursatdan foydalanib, bugun dalalarda fidokorona mehnat qilayotgan mirishkor fermer va dehqonlarimizga, sohibkor bogbonlarimizga, barcha yurtdoshlarimizga chuqur minnatdorchilik bildirib, ularga kuch-gayrat, mol hosil tilaymiz.

Shu bilan birga, vaziyatdan kelib chiqib, kerak joylarda karantin talablariga tola itoat etishimiz zarur.

Hammamiz oilamiz, farzandlarimiz, muhtaram nuroniylarimizning sogligi uchun yana ozgina chidashimiz, karantin qoidalariga qatiy amal qilishimiz shart.

Ozgina chidasak, bu kunlar hademay otib ketadi.

Sabr qilgan murodga yetar, deydi xalqimiz.

Ishonchim komil, har bir ishni yetti marta oylab, chidam va matonat bilan amalga oshirib kelgan el-yurtimiz bugungi sinovlardan munosib otib, ozining ezgu maqsadlariga albatta yetadi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: