O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
11.02.2020

PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoYeV KAMBAGALLIKNI KAMAYTIRISh GOYaSINI ASOSChISI

Samarqand davlat universiteti professori, O‘zbekistonda xizmat korsatgan yoshlar murabbiysi Muslihiddin MUHIDDINOV bilan suhbat

Amerikaning 16-prezidenti Avraam Linkoln 1862 yilda «Ozodlik togrisidagi praklamatsiya»ni imzolaydi. Mazkur tarixiy hujjatga muvofiq qullarni 1863 yilning 1 yanvaridan boshlab ozod qilish belgilangan edi. Linkoln praklamatsiyani e’lon qilar ekan shunday degan: Vaqti kelib, mening nomim tarixga yoziladigan bolsa, mana shu ishim uchun yoziladi. Chunki, men butun umrimni qullikni bekor qilishga bagishladim.

— Linkolnning ushbu qarori kuchga kirgach, 200 000 ga yaqin negr qullikdan qutiladi. Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kambagallikni kamaytirish dasturini yaratish borasidagi fikrlari menga Linkolnning jasoratini eslatdi...

Prezident Murojaatnomasini tinglab, ayniqsa, Kambagallikni kamaytirish borasidagi fikrlarini eshitib, juda tasirlandim. Men mustabid tuzum bilan mustaqillikni, mustaqillik yillarining 26 yili bilan keyingi 3 yilni bemalol taqqoslash yoshidaman. Togrisini tan olish kerak, kambagallik balosi na mustabid tuzum davrida, na mustaqillik yillarida bartaraf etilmadi. Nafaqat bartaraf bolmadi. Balki, biz yillar davomida bu haqiqatdan koz yumib keldik. Bu haqda hech qanday malumot yoq edi. Uzoq yillar davomida bizda kambagallar bolmagan, bugun ham yoq, degan qarash hukmronlik qildi. Yon qoshnimiz, yaqin qarindoshimiz, mahalladoshimiz, qishloqdoshimiz nochorligini, rozgorini bazor tebratayotganligini, qarzga botib ketganini korib-kormaslikka, bilib-bilmaslikka oldik. Bu aslida osha kambagal odamlarga nisbatan mudhish jinoyat edi. Eng achinarlisi shundaki, kambagallik avloddan-avlodga otib kelayotganligi, ularning qalbida yaqinlaridan norozilik, davlatga ishonchsizlik yashashini ham inkor qilib bolmaydi. Chunki, dunyoga kelgan har bir odam yaxshi yashashga, ishlashga, oilasi bilan farovon turmush kechirishga haqli. Togri, shu orinda kambagal odamlarning ozlarida ham intilish yoq, beparvo, loqayd, yalqov, degan ayblar ilgari suriladi. Qaysidir manoda bu bilan ozimizni oqlamoqchi bolamiz.

Prezidentimiz Murojaatnomada takidlaganidek: Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligi sir emas. Har qanday mamlakatda bolgani kabi bizda ham kam taminlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga kora, ular taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu orinda gap kichkina raqamlar emas, balki aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda. Mana shu sozlarni eshitar ekanman, vijdonim qiynaldi. Aslida, oziga toq odamlarni, butun xalqimizni ushbu malumot uygotishi kerak, deb oylayman. Faqat Prezident emas, boshqa amaldorlar ham, boy-badavlatlar ham kambagallikni kamaytirish ishiga oz hissasini qoshishi kerak.

Kambagallik nima? Turmush darajasi past bolgan aholining dunyoqarashi qanday shakllanadi? Nima uchun biz shu kungacha kambagallik haqidagi malumotlarni bilmas edik? Mana shu savollar bugun barchamizni qiynamoqda. Siz kopni korgan inson, taniqli olim sifatida bu haqda nima deysiz?

Kambagallik soziga Ozbek tilining izohli lugatida shunday izoh beriladi: Muxtojlikda yashovchi, tirikchilik uchun kerakli narsasi yetarli bolmagan; qashshoq; faqir; bechora.... Demak kambagallik nima ekanligini bildik, angladik... Bu boradagi haqiqatni sir saqlanishiga kelsak, togrisi, bu adolatni hamma ham tan olavermaydi. Chunki, tan olgandan keyin bartaraf ham etish kerakku. Buning uchun insonda juda ulkan qalb, xalqiga cheksiz mehr, sadoqat bolishi zarur. Buning uchun inson ozini osha kambagal odamlarning orniga qoya olishi, ularning hayot mashaqqatini, iztirobini yurak-yuragidan his eta olishi lozim. Bunday jomardlik hammaning qolidan kelavermaydi.

Endi, kambagal odamni dunyoqarashiga keladigan bolsak, biz xohlaymizmi-yoqmi, qanday yashasak, oshanday fikrlaymiz. Atrofga, odamlarga, kerak bolsa davlatga ham turmush darajamizdan kelib chiqib munosabatda bolamiz. Bu achchiq haqiqat balki, kimgadir yoqmas, qulogimizga xunuk eshitilar, balki chet ellardagi bazi birovlar buni dastak qilib olar. Bular muhim emas. Eng muhimi nima? Mening nazarimda Prezidentimiz juda mushkul, juda zalvorli, juda mashaqqatli, juda azobli bir yukni yelkasiga oldi. Bu yuk asrlar davomida ornidan siljimagan, asrlar davomida tilga olinmagan, asrlar davomida tan olinmagan, kambagallar borligi haqidagi haqiqat edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev kambagallikni kamaytirish goyasining asoschisi sifatida tarixda qolishiga ishonaman.

2019 yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bolib otgan saylovlarda targibotchi sifatida ishtirok etdim. Mazkur jarayondagi uchrashuvlarda nochor, ehtiyojmand odamlarga ham duch keldik. Ayniqsa, bu holat qishloqlarda yaqqol kozga tashlanadi. Meni tashvishga solgani, oylantirgani ularning muammolari qachon hal boladi, qachon odamlar nimadir yetishmayotganidan shikoyat qilmaydi, degan armonli, azobli oy boldi. Bir kun kelib bu masalalar davlat miqyosida hal etilmasa, bu mushkulotni na hokim, na deputat yecha olmaydi. Murojaatnomada Prezidentimiz mana shu muammoning yechimini bizga korsatdi. Togrisi, yelkamdan tog agdarilgandek boldi.

Siz suhbatimiz boshida AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnning tarixiy jasorati haqida eslatdingiz. Linkoln Kongressdagi chiqishlarida Qullik yovuzlik bolmasa, u holda dunyoda yovuzlik umuman yoq ekan, Sizlarni bilmadimu, lekin men yarim qullik va yarim tenglik tarafdorlari bolgan jamiyatda yashay olmayman. Ammo, ishonchim komilki, jamiyatda adolat va tenglik bugun bolmasa, ertaga albatta qaror topadi... , degan edi. Demak, oramizda kambagallar bor ekan tinch, xotirjam, tokin yashashga haqqimiz yoq. Bu balandparvoz gap emas. Prezidentimiz Murojaatnomada: Xalqaro meyorlar asosida chuqur organishlar otkazib, kambagallik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan yangi metodologiyani yaratish lozimligiga alohida etibor qaratdi. Bu masuliyatli vazifa eng avvalo olimlar zimmasiga tushishini unutmaslik kerak. Mening nazarimda, mazkur yonalishda oliy talim muassasalarida ilmiy izlanishlar olib borishni yolga qoyish vaqti allaqachon keldi. Bu borada biz jahon tajribasini organishimiz kerak. Oshanda Prezident takidlagan metodologiyani yaratish va hayotga tatbiq qilish imkoniyati paydo boladi. Universitetimizda Murojaatnomani organishga bagishlangan yigilishda SamDU rektori professor, Oliy Majlis Senati azosi Rustam Xolmurodov iqtisodiyot fakulteti olimlariga Metodologiya boyicha takliflar, tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Prezidentimiz goyatda savobli, xayrli, insonparvarlikka yogrilgan goyani kambagallikni tugatish masalasini ilgari surmoqda. Bu muammoni bartaraf etish uchun butun millat birlashishi zarur. Oshanda hayot darajasi hamma uchun birxillashadi. Hammaninng dunyoqarashi yuksalib boradi. Xalqimizda bir-biriga nisbatan hurmat, mehr-oqibat tushunchalari mustahkamlanadi. Mana shunday faraxbaxsh kunlar tezroq kelishini Yaratgandan sorayman.

Farrux HAMROYeV

suhbatlashdi.

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: