O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
15.10.2019

QARDOShLIK VA HAMKORLIK YaNGI BOSQIChGA KOTARILMOQDA

Boku, 14 oktabr. O‘zA maxsus muxbiri Matnazar ELMURODOV xabar qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida ishtirok etish uchun 14 oktabr kuni Boku shahriga tashrif buyurdi.

Boku xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi orinbosari Yoqub Ayubov, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

Davlat rahbarlari ozaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinchi galdagi vazifalarni belgilab oldilar.

Mamlakatlarimiz yetakchi kompaniyalari va tadbirkorlari darajasida ishbilarmonlik aloqalarini yolga qoyish, shuningdek, sanoat, qishloq xojaligi, transport va boshqa ustuvor tarmoqlarda kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki tomonlama hukumatlararo komissiya faoliyatini jonlantirish hamda Ozbekiston va Ozarbayjon hududlari delegatsiyalarining ozaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.

Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevni mamlakatimiz Turkiy tilli davlatlar kengashiga qoshilgani bilan tabriklab, bu, shubhasiz, ikki tomonlama munosabatlarni, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yangi surat bagishlashini qayd etdi.

Davlatimiz rahbari sammitga tayyorgarlik yuksak darajada tashkil etilganini alohida takidladi va Ozarbayjonning tashkilotda muvaffaqiyatli raislik qilishini tiladi.

Uchrashuv yakunida Prezidentlar kop asrlik dostlik va strategik sheriklikka asoslangan Ozbekiston – Ozarbayjon munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qatiy ekanini takidladilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi.

Uchrashuvda millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni yanada mustahkamlash, konfessiyalararo muloqotni kengaytirish, talim va yoshlarning manaviy tarbiyasi masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari bu boradagi xalqaro hamkorlik darajasi tobora yuksalib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Birgalikdagi say-harakatlar zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi samarali kurashish, muqaddas islom dinining sof qadriyatlari va chinakam insonparvarlik maqsadlarini xalqaro hamjamiyatga yetkazishga xizmat qilishi takidlandi.

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, oz navbatida, Ozbekiston Prezidentining islom olamining boy merosini organish va asrab-avaylash boyicha tashabbuslarini alohida etirof etar ekan, bu borada qabul qilinayotgan choralar samarali ekanini qayd etdi.

Ollohshukur Poshshozoda mamlakatlarimiz va butun mintaqada tinchlik, totuvlik, barqarorlik va taraqqiyotni taminlash yolida faol muloqot va hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Sammitning asosiy voqealari 15 oktabr kuni bolib otadi. Turkiy kengashga azo davlatlar rahbarlari tashkilot doirasidagi kop qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladilar.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) bundan on yil avval 2009 yil 3 oktabrda Ozarbayjonning Naxichevan shahrida Ozarbayjon, Turkiya, Qirgiziston va Qozogiston ishtirokida tashkil etilgan. Ushbu xalqaro tashkilotning asosiy maqsadi turkiy tilli davlatlar ortasida ozaro ishonch, dostlik, yaxshi qoshnichilik aloqalarini mustahkamlash, mintaqada va dunyoda tinchlik hamda xavfsizlikni taminlashdan iborat.

Bu yilgi sammitning oziga xos tomoni shundaki, Ozbekiston birinchi marotaba Turkiy kengashning teng huquqli azosi sifatida ishtirok etmoqda.

Malumki, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 3 sentabr kuni Qirgizistonning Cholponota shahrida bolib otgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining oltinchi sammitida ilk bor faxriy mehmon sifatida qatnashgan edi. Davlatimiz rahbari ushbu sammitdagi nutqida Turkiy kengash doirasidagi aloqalarni rivojlantirishga oid muhim yonalishlarga toxtalib, Ozbekiston mazkur xalqaro tuzilma doirasida ozaro samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini, uning kelajagiga katta umid va ishonch bilan qarashini takidlagan edi.

Bu yil Ozbekiston ushbu tashkilotga teng huquqli azo bolib qoshilish yolidagi tarixiy qadamni tashladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 14 sentabr kuni “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish togrisidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009 yil 3 oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Ozbekiston Respublikasi qonunini imzoladi. Shu tariqa Ozbekiston yana bir yirik xalqaro tashkilotning teng huquqli azosiga aylandi.

Bu galgi anjuman iqtisodiyot, kichik va orta biznesni qollab-quvvatlashga bagishlangan bolib, bu Ozbekistonning tashabbuslariga mosdir. Umuman, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga azolik mamlakatimiz va xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: