O'zb  
 
08.10.2019

OZBEKISTON PREZIDENTI TOJIKISTON OLIY MAJLISI VAKILLAR PALATASI RAISINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonlarni qutlar ekan, ozaro ishonchga asoslangan oliy darajadagi muntazam muloqotlar ikki tomonlama hamkorlikni misli korilmagan yuksak darajaga kotarishga xizmat qilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Shu munosabat bilan Tojikiston parlamenti delegatsiyasining Ozbekistonga tashrifi qardosh mamlakatlarimiz ortasidagi dostlik, yaxshi qoshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yorqin dalilidir.

Yuksak martabali mehmon, oz navbatida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ozaro aloqalar barcha darajalarda faollashgani qayd etildi.

Ozaro tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, sanoat, energetika, transport, qishloq xojaligi va boshqa yonalishlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Chegaradosh hududlar ortasida, madaniy-gumanitar sohada almashinuvlar kengaymoqda.

Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga muhim ahamiyat qaratilmoqda.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida qomitalar va parlamentlararo guruhlar darajasida yaqindan hamkorlikni yolga qoyish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv songgida Shukurjon Zuhurov Tojikiston parlamenti qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yolida dostlik va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga har tomonlama komaklashishga tayyor ekanini takidladi.

Tojikiston Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi joriy yil dekabr oyida mamlakatimiz parlamentiga saylovlar muvaffaqiyatli otishini tiladi.

OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: