O'zb  
 
08.10.2019

FOND BOZORINI RIVOJLANTIRISh MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni fond bozorini rivojlantirish masalalariga bagishlangan yigilish otkazdi.

Qimmatli qogozlar bozori iqtisodiyotdagi bosh pul mablaglarini jamlash va uni investitsiya jarayonlariga yonaltirishning muhim vositasidir. Bu boradagi islohotlarning dastlabki bosqichi sifatida joriy yil boshida Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tuzildi. Davlat obligatsiyalari fond bozoriga qayta chiqarildi.

Lekin qimmatli qogozlar chiqarib, ularni fond bozorida sotish mexanizmidan samarali foydalanilmayapti. Fond bozoridagi aksiyalarning jami qiymati 25 trillion som bolib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6 foizga ham yetmaydi. Vaholanki, bu korsatkich Singapurda 188 foiz, Malayziyada 112 foiz, Rossiyada 34 foizni tashkil etadi.

Mamlakatimizda joriy yilda chiqarilgan davlat obligatsiyalari valyuta birjasi orqali faqatgina tijorat banklariga sotilgan. Fond bozorining professional ishtirokchilari soni yuztagayam bormaydi. Shu bois 2020-2025 yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Erkin muomaladagi jami qimmatli qogozlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatini 2025 yil oxiriga qadar kamida 10-15 foizga yetkazish moljallangan.

Yigilishda buning uchun amalga oshirilishi zarur bolgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Bugungi kunda bu soha 100 ga yaqin normativ hujjatlar bilan tartibga solinib, koplab cheklovlar ornatilgan. Masalan, rivojlangan davlatlarda banklar fond bozorining faol ishtirokchisi hisoblanadi, yurtimizda esa banklarga boshqa subyektlarning aksiyalarini birlamchi bozorda xarid qilish taqiqlangan.

Davlatimiz rahbari qonun hujjatlarini qayta korib chiqib, ortiqcha cheklovlarni bekor qilish va fond bozorida ishlashni soddalashtirish zarurligini ta’kidladi.

Bugungi kunda 605 ta aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 85 foizi davlatga tegishli. Shundan 105 ta jamiyatning atigi 5 foiz aksiyasi fond bozorida ishtirok etmoqda. Jahon amaliyotidan kelib chiqib, kapital bozorida muomalada bolgan qimmatli qogozlar turlarini kopaytirish boyicha topshiriqlar berildi.

Qimmatli qogozlarga bolgan talabni kopaytirish, xorijiy birja, broker va banklarni mamlakatimiz fond bozoriga jalb etish choralari muhokama qilindi. Sugurta kompaniyalariga aktivlarining malum foizini fond bozoriga yonaltirish, banklarga birlamchi bozorda yuqori likvidli qimmatli qogozlarni xarid qilish uchun ruxsat berish masalalari korib chiqildi.

Investorlar va minoritar aksiyadorlar huquqi himoyasini kuchaytirish, dividend tolash va undirishni takomillashtirish zarurligi takidlandi. Bundan tashqari, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, xalqaro moliyaviy hisobot va xalqaro audit standartlariga otish boyicha topshiriq berildi.

Soha rivoji mutaxassislar malakasi va aholining bu boradagi savodxonligiga ham bogliq. Bugungi kunda yurtimizda tegishli malaka guvohnomasiga ega atigi 300 nafar mutaxassis bor. Rivojlangan mamlakatlarda bu sohada minglab kishilar ishlaydi.

Shu bois Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga Toshkent moliya institutining tegishli kafedrasini otaliqqa olgan holda, ilgor xorijiy muassasalar bilan hamkorlikda kadrlar malakasini oshirish va talabalarni oqitish vazifasi qoyildi.

Fond bozoridagi ozgarishlar haqida koproq axborot berib borish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish masalasiga ham etibor qaratildi.

Yigilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi va amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: