O'zb  
 
08.10.2019

IMZO VARAQALARI EKSPERTLAR TOMONIDAN BESh KUN MUDDATDA TEKShIRILADI

Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini otkazuvchi saylov okruglarini hamda siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining togri toldirilganini tekshiruvchi ekspert guruhlarini tuzish kabi masalalar korib chiqildi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugbek Abdusalomovning qayd etishicha, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini otkazish uchun 150 hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi. Oldingi saylovlarda Ekoharakat deputatlar guruhiga 15 orin kvotalangani sababli 135 ta saylov okrugi tuzilar edi.

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini otkazish boyicha saylov okruglari Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini otkazish boyicha saylov okruglari chegaralari Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, Ozbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda belgilanadi.

Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov otkazish uchun 60 dan kop bolmagan saylov okrugi, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylov otkazish uchun 30 dan kop bolmagan saylov okrugi tuziladi.

Saylov kuniga qadar mamlakatimizda ovoz berish huquqiga ega saylovchilarning umumiy soni taxminan 20 million 600 ming atrofida bolishidan kelib chiqib, har bir saylov okrugidan ortacha saylovchilar soni 137 ming 279 taga togri kelmoqda. Har bir saylov okrugi teng saylovchilarga bolinayapti. Oldingi saylovlarda bazi bir okruglar 20-30 foiz kop saylovchilarga ega bolar edi.

Saylov kodeksida belgilangan normalar doirasida mahalliy Kengashlarga saylov otkazish uchun saylov okruglari soni tegishli mahalliy Kengash tomonidan aholi, saylovchilar soni, hudud va boshqa mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yol qoyiladigan eng kop chetga chiqishi, qoida tariqasida, 10 foizdan oshmasligi kerak.

Saylov okruglarining royxatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashgan yeri korsatilgan holda saylovdan kamida 75 kun oldin tegishli saylov komissiyasi tomonidan elon qilinadi.

Majlisda komissiya azolari siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining togri toldirilganini tekshiruvchi Ekspert guruhlarini tuzish masalasini ham korib chiqdi.

Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining togri toldirilgani Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 5 kunlik muddatda tekshiriladi. Saylovchilar imzolari zarur sonining kamida 15 foizi va imzo varaqalariga imzolarini qoygan saylovchilar togrisidagi tegishli malumotlar tekshirilishi lozim.

Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalari togri toldirilganini tekshiruvchi Ekspert guruhini tuzishi mumkin. Ekspert guruhi tarkibiga ichki ishlar, adliya organlarining mutaxassislari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etiladi. Imzo varaqalarini tekshirishda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirok etadi.

Agar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tanlab olingan imzo varaqalarining chorak qismidan koprogini tekshirish natijasida imzo varaqalari qonun buzilgan holda tuzilgani aniqlansa, mazkur imzo varaqalari siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga qaytariladi va unga kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki kunlik muddat beriladi.

Qollab-quvvatlovchi shaxslarning (saylovchilarning) imzolari soni belgilangan eng kam miqdordan yana oz bolib chiqsa, mazkur imzo varaqalari toligicha haqiqiy emas, deb topiladi. Bunday vaziyatda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaga saylovda ishtirok etish huquqini rad etadi.

Nurillo NASRIYeV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: