O'zb  
 
10.09.2019

YAXSHILIKNING MUKOFOTI YAXSHILIKDIR

Odamga kuch bag‘ishlaydigan, uni ruhlantiradigan va yanada katta maqsadlar sari chorlaydigan eng katta vosita e’tibordir. Etibor bor ekan, kishi qalbida yangi orzu-umidlar, maqsadlar kurtak yoza boshlaydi. Odam yurtida, oilasida, mehnat jamoasida etiborli bolsa, bu oz-ozidan kishiga quvonch, baxt, xotirjamlik olib keladi.

Jumladan, Davlatimiz rahbarining 2019 yil 28 avgustdagi farmoniga binoan uch nafar yurtdoshimizga – «Ozbekiston Qahramoni» unvoni berilib, Oltin yulduz medali topshirildi. Ana shunday yuksak mukofotga munosib korilganlardan biri xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati, Ozbekiston faxriylarini qollab-quvvatlash jamgarmasi Samarqand viloyat bolimi raisi Hasan Normurodovdir. Bu xushxabar kopchilik qatori partiyamiz faollarini ham quvontirdi.

Mehnat insonni uluglaydi, degan gap bekorga aytilmagan. Qahramonimiz mehnatsevarligi, marifati bilan obro orttirgan. Viloyat Nuroniy jamgarmasini 2003 yildan buyon fidoyilik bilan boshqarib kelmoqda. Deputat sifatida xalq deputatlari viloyat Kengashi muhokamasiga aholi manfaatlari bilan bogliq masalalarni kotarib chiqishda faollik korsatib kelyapti.

Hasan Normurodov Xalq demokrtik partiyasining faxriy azosi. 2004, 2009 va 2014 yillarda otkazilgan saylovlarda partiyamizdan Samarqand viloyat Kengashi deputatligiga saylangan.

H.Normurodov davlatimizning Dostlik, Mehnat shuhrati, El-yurt hurmati kabi nufuzli ordenlari bilan taqdirlangan.

Hasan NORMURODOV, Ozbekiston Qahramoni, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Ochigi bunday yuksak mukofotga loyiq korilishimni sira oylamagandim. Buning ustiga mukofotlarni topshirish tantanasida Prezidentimiz mening shanimga aytgan gaplardan qanchalik tasirlanganimni soz bilan ifoda etolmayman. Men zimmamda katta masuliyat va qarzdorlik yuklanganligini his etib turibman. Umrim oxirigacha bu hurmat-etiborga munosib bolishga, ishonchni oqlashga harakat qilaman.

Yuksak mukofotni olib uyga qaytayotganimda bolaligimni, yoshligimni esladim. Hayot yolim koz ongimdan birma-bir otdi. Bolalik yillarim ogir davrlarga togri keldi. Qahatchilik, ocharchilik azob-uqubatlarini boshimizdan kechirdik. Ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi muammo edi. Ichki yollarda mashina emas, hatto odam yursa ham qoqilardi. Xudoga shukr, mustaqillik yillarida tarixiy ishlar amalga oshirildi.

1939 yil 16 noyabr kuni Kattaqorgon tumanining Kichik korpa qishlogida oddiy dehqon oilasida tugilganman. Yigirma kunlik chaqaloqlik paytimda otamdan ajralganmiz. Onam uch ogil, ikki qizni yolgiz boshi bilan voyaga yetkazdi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi oilamiz uchun kop qiyinchiliklarni keltirgan...

Ocharchilik davrida odamlar kun boyi bir tishlam nonga zor bolgani, tong sahardan to kun botguncha dalada mehnat qilgani haqida onam kop sozlab berardi. 8-9 yoshlarimda akalarim bilan mehnat qila boshladim, dala ishlarini ham bajarardim.

Hayotning achchiq-chuchugini, tashvishlarini bolalik davrimizdayoq totganmiz. Kattaqorgon pedagogika bilim yurtini tamomlab, 17 yoshimdan boshlab oqituvchilik qila boshladim. Harbiy xizmatni otab kelgandan keyin 1961 yil Samarqand davlat universitetining ozbek filologiyasi fakultetiga oqishga kirdim. Universitetni tamomlagandan song, mehnat faoliyatimni Kattaqorgon shahridagi 3-orta maktabda oqituvchilikdan boshladim.

Shundan keyin qator tashkilotlarda faoliyat yuritdim. Viloyat Xalq talimi boshqarmasida ham ishladim. 2003 yildan beri viloyat Nuroniy jamgarmasini boshqarib kelyapman.

Deputatlik faoliyatim davomida shunga guvoh boldimki, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, davlat byudjetidan ajratilayotgan mablaglar behisob. Buning natijasida nima boldi? Tez orada xalqimiz ozini tiklab oldi. Eslaydigan bolsak, mustaqillikning dastlabki yillarida bir mahallaga kirsangiz, bir nechta yordamga muhtoj oilalarni uchratishingiz mumkin bolardi. Bugun ularning soni tobora kamayib bormoqda.

2017-2021 yillarga moljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga bir etibor bering. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bogliq keng kolamli ishlar olib borilmoqda. Shaharu qishloqlarimiz qiyofasi ozgarib, odamlar turmush darajasi oshib boryapti. Inson uchun u haqida kimdir qaygurayotganini his qilishdan ortiqroq baxt bolmasa kerak. Xalqimiz ana shunday baxtga munosib, albatta.

Istiqlolimizning 28 yilligi men uchun juda quvonchli keldi. Xalq etirofi, mamlakat darajasidagi etibor odamga boshqacha tasir qilar ekan. Tabriklash uchun dost-birodarlar, yaqinlar kelishdi. Partiyamiz faollari ham qutlashdi. Etibordan, ezozdan boshim osmonga yetdi. Oilam, farzandu nevaralarimning quvonchini aytmaysizmi. Bu menga cheksiz kuch-quvvat, shijoat baxsh etmoqda...


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: