O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
20.08.2019

OZBEKISTONNING BIRINCHI PREZIDENTI

Bu ko‘hna dunyo kop davlat rahbarlarini korgan. Ulardan kamdan-kamlarining nomi tarixda qolgan. Oz xalqi mehr-muhabbatiga sazovor bolib, millat xotirasida abadiy yashab qolganlari esa yanada kam, sanoqli. Oz Vatani tarixini, millati taqdirini ozgartirib yuborgan buyuk davlat arboblarigina bunday yuksak sharafga muyassar bolishgan.

Ozbek xalqining asriy orzusini royobga chiqargan, mustaqilligimiz asoschisi, Ozbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ana shunday buyuk davlat va siyosat arbobi edi.

Bugun mamlakatimiz Mustaqilligining 28 yillik ulug va aziz bayrami arafasida Birinchi Prezidentimiz nomini qayta-qayta yodga olishimiz, xalqimiz, Vatanimiz ozodligi va mustaqillikni mustahkamlash yolidagi zahmatli mehnatlari, beqiyos xizmatlarini e’tirof etishimiz tabiiy.

Islom Karimov oddiy Prezident emas edi. U tabiatan ziyrak, dovyurak, gururi baland, oz sozida qatiy turadigan Prezident edi. U yuksak aql-zakovati, donishmandligi, uzoqni kora bilish qobiliyati, qatiyligi, jasorati bilan nafaqat Markaziy Osiyodagi, balki mintaqadan tashqaridagi voqea-hodisalarga ham tasir otkaza olganiga tarix guvoh. Xalqaro miqyosdagi murakkab masalalar muhokamasida dunyoning eng qudratli davlatlari rahbarlari ham uning fikri bilan hisoblashar edi. Bunga istalgancha misol keltirish mumkin.

Birinchi Prezidentimiz xalqimizni nafaqat bir asrdan ziyod qaramlikdan qutqardi, nafaqat mustaqillikni asrab-avayladi, mustahkamladi, balki yangi Ozbekiston davlatini yaratdi, jahon hamjamiyatida uning munosib orin egallashini taminladi.

Islom Karimov shaxsi va xizmatlariga adolatli baho berish uchun, avvalo, u respublikaga rahbar etib saylangan paytda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, manaviy-ruhiy holat qanday ahvolda bolganiga etibor qaratish talab etiladi. Osha davrda Ozbekiston otkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolar girdobida qolgan, sanoat va qishloq xojaligi mutlaqo izdan chiqqan, odamlarning davlatga ishonchi yoqolib bolgan edi. Buni yoshi uluglar yaxshi eslashadi.

Fargona viloyatida esa buzgunchi kuchlar tomonidan may oyida uyushtirilgan ommaviy tartibsizliklar iyun oyiga kelib keskinlashib ketgan, uylar va mashinalar yondirilayotgan, begunoh odamlar nobud bolayotgan edi. Agar zudlik bilan amaliy chora-tadbirlar korilmasa, bu voqea boshqa hududlarda ham sodir bolishi, yanada ogir oqibatlarga olib kelishi aniq edi.

1989 yil 23 iyunda respublika rahbari bolgan Islom Karimov 24 iyunda hukumatning Fargona voqealari tahliliga bagishlangan katta yigilishini otkazdi. 25 iyun kuni ertalab olov ichida qolgan Fargonaga jonab ketdi, vahimaga tushgan, qahr-gazabga tolgan odamlar orasiga kirib borib, ular bilan yuzma-yuz ochiq gaplashdi. Muammolarni hal etishga kirishdi.

Islom Karimov respublika rahbari sifatidagi faoliyatini ana shunday tahlikali, ogir sharoitda boshladi, oldinda uni biri-biridan murakkab yana koplab muammolar kutardi.

Tuhmat va uydirmadan iborat «Paxta ishi», Ozbek ishi deb atalgan, 1983 yilda boshlanib 1989 yilgacha davom etgan qatagon davrida 4 mingdan ziyod hamyurtimiz Ozbekiston, Tojikiston, Qozogiston, Rossiya qamoqxonalariga tashlangan edi. Xalqimiz tahqirlangan, haqoratlangan, xorlangan bir davr edi. Qamoqda yotganlarning oila azolari, yaqinlari yordam sorab, turli idoralar eshiklari oldida yillab sarson-sargardon bolib yurgandi. Bu adolatsizliklarga barham berib, odamlarda ertangi kunga ishonch uygotish muhim ahamiyatga ega edi.

Islom Karimov tashabbusi bilan maxsus komissiya tuzildi, unga Paxta ishi, Ozbek ishi boyicha sudlanganlar ishini qayta korib chiqish vazifasi yuklandi. Sobiq Ittifoq Bosh prokuraturasi, Oliy sudi rahbarlarining qarshiligi, doq-popisasiga qaramay qamalganlarning aksariyati oqlanib, oilasi bagriga qaytarildi.

Markaz siyosatiga qarshi bolgan bunday ishlarni katta jurat va jasoratga ega, oz xalqi or-nomusi, obrosi, taqdiri uchun chinakamiga qaygurgan yetakchigina qila olardi, albatta.

Ota ogir va murakkab masalalardan biri — botqoqqa botgan ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni onglash edi. Respublikamiz aholisining hayot darajasi Ittifoqda eng oxirgi orinlardan birida turardi. Ozbekiston asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini Ittifoq aholisiga nisbatan ikki barobar kam istemol qilardi. Respublikamizdagi maktab va shifoxonalarning yarmidan kopi nobop binolarda joylashgan bolib, avariya holatida edi. Onalar va bolalar olimi boyicha Ozbekiston sobiq Ittifoqda birinchi orinda turardi. Ayniqsa, qishloq aholisi hayoti achinarli ahvolga tushib qolgandi. Ozbekiston tunu-kun mehnat qilib, Markazga tonna-tonna paxta, tilla, pilla, qorakol va boshqa qimmatbaho mahsulotlarni yetkazib berar, lekin xalqimiz uchma-uch kun kechirar edi.

Oddiy qilib aytganda, sovet davlatining hurmatsiz va shafqatsiz siyosati, yurtimizni faqat xomashyo yetkazib beradigan olkaga aylantirgan notogri iqtisodiy siyosati Ozbekistonni xonavayron qilgandi.

Islom Karimov odamlarning konglini kotarish, davlatga ishonchini qaytarish, tinchlikni asrash uchun butun diqqat-etiborini ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga qaratdi. Ayniqsa, respublika aholisining asosiy qismi yashaydigan qishloqlardagi ahvolni yaxshilash alohida ahamiyatga ega edi. Islom Karimov yagona va togri, ammo kopchilik uchun kutilmagan yolni tanladi. U odamlarni manaviy va iqtisodiy jihatdan qollab-quvvatlamay turib, tinchlikni saqlash va oylangan maqsadlarga erishish mumkin emasligini yaxshi anglardi. Shu bois ham Islom Karimov Markazning yangi yerlarni ozlashtirish hisobiga paxta yetishtirishni tobora oshirib borish togrisidagi talabini bir chetga surib qoyib, paxta maydonlarini qisqartirib, boshagan yerlarni uy-joy qurish, tomorqa qilish uchun qishloq aholisiga berish togrisida qaror qabul qildi. Sovet davlatining quturgan qatagon siyosati hali hukm surib turgan bir paytda bunday qarorni qabul qilish chinakam jasorat, xalq uchun qaygurishning yorqin misoli edi.

Bu qaror nafaqat qishloq ahli, shahar aholisini ham oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlashga yordam berganini vaqt korsatdi.

Islom Karimov respublikaga rahbar bolib kelgan dastlabki kunlardanoq oz fikrini dadil aytib, u yoki bu masalada mustaqil qarorlar qabul qila boshladi. Ular mazmun-mohiyati bilan xalqimiz huquqlari, shani va qadrini himoya etish, yurtimizni mustaqillikka olib borishga qaratilgan edi. Mustaqillik yolidagi asosiy harakatlar rivoji ham buni yaqqol korsatib turibdi.

1989 yil 21 oktabr, Ozbekiston SSR hududida ozbek tiliga davlat tili maqomi berildi.

1990 yil 24 mart, sobiq Ittifoqda birinchi bolib Ozbekistonda Prezident lavozimi tasis etildi.

1990 yil 20 iyun, Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi.

1991 yil 31 avgust, Islom Karimov 1 sentabrni Mustaqillik kuni deb elon qildi. Bu xalqimiz taqdirini ozgartirib yuborgan unutilmas tarixiy voqea boldi.

Biroq Mustaqillikni asrash, mustahkamlash oson kechmadi, kutilgan va kutilmagan ogir sinovlardan otildi. Ittifoqdosh respublikalar bilan aloqalar uzilgan, muammolar ustiga yangi muammolar paydo bolayotgan edi. Eng dahshatlisi bir haftaga yetadigan un zaxirasi qolgan bolib, respublika ocharchilik ostonasida turardi. Islom Karimov ota murakkab va tahlikali bu sharoitda donishmandlik korsatdi, zudlik bilan barcha imkoniyatlarni ishga soldi, uzoq-yaqin davlatlar bilan dostona kelishuvlarga erishildi. Falokatlarning oldi olindi. Ayni chogda davlat qurilishini mustahkamlash, Ozbekistonni rivojlantirishning asosiy strategik yonalishlarini belgilab berdi. Bu yol togri tanlanganini keyinchalik hayotning ozi isbotladi.

Islom Karimovning bebaho xizmatlaridan yana biri shundaki, u nafaqat Ozbekistonni, balki butun mintaqani qon tokilishidan, urushlardan bir necha bor asrab qoldi.

Qirgizistonning Osh shahrida bolgan voqea, Namangan va Andijonda ekstremistik todalar xurujlari, mamlakat ichkarisida buzgunchi kuchlar uyushtirgan fitnalar, sabotajlar katta aql-idrok bilan bartaraf etildi. Agar oz vaqtida oqilona chora korilmasa, birgina xatoga yol qoyilsa, toliq ishonch bilan takidlash kerakki, osha voqealar butun Markaziy Osiyodagi vaziyatni izdan chiqarishi va uzoqqa choziladigan ogir oqibatlarga olib kelishi muqarrar edi.

Mustaqillikni elon qilgach, togri yolni topolmay parokandalikka yuz tutgan respublikalarni kordik. Yon-atrofimizdagi davlatlarning biri fuqarolik urushini boshidan kechirdi. Ikkinchisida ikki marta davlat tontarishi boldi. Eng katta davlatlardan biri tos-topolon ichida qolib, poytaxti markazida parlament binosi zambaraklardan oqqa tutildi. Ukraina va Guruziyadagi oxiri korinmayotgan ichki nizolar, mojarolardan ham yaxshi xabardormiz. Biz haqiqat haqida gapiradigan mard bolsak, bu voqealardan xulosa chiqarishimiz, haqiqat koziga tik qarab gapirishimiz kerak.

Biri-biridan otkir, qaltis masalalarni hal etish, tinchlikni saqlash, mustaqillikni mustahkamlash uchun tinimsiz kurash borayotgan halovatsiz kunlarda yosh mustaqil davlatning huquqiy asoslarini yaratishga kirishildi. Islom Karimovning bevosita rahbarligi va ishtirokida mamlakatning Asosiy qonuni – Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishlab chiqildi va qabul qilindi.

Tarixan qisqa vaqtda, iqtisodimiz hali ozini tiklab ololmagan ogir bir sharoitda keng qamrovli islohotlar, bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Ozbekiston avtomobil ishlab chiqaradigan sanoqli davlatlardan biriga aylandi. Avvaliga Toshguzar-Boysun-Qumqorgon temir yoli, songra Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yoli, Qamchiq dovonida temiryol tunneli qurildi. Tushimizga kirmagan, eshitsang, ishonish qiyin bolgan tarixiy ishlar edi bolar. Ozbekiston havo yollari, Temir yollari tizimi qayta tashkil etildi. Don va neft mustaqilligini taminlash chora-tadbirlari korildi. Shaharlar va qishloqlar qiyofasi ham ozgara boshladi. Qishloq xojaligini qayta tashkil qilishga kirishildi kolxoz va sovxozlar orniga fermer xojaliklari instituti tasis etildi.

Birinchi Prezidentimiz rahbarligida Vatanimiz mustaqilligi, uning chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qila oladigan zamonaviy milliy armiya shakllandi. Xalqimizning manaviy qadriyatlari muqaddas dinimiz, bebaho tarixiy merosimiz, urf-odatlarimizni tiklash va rivojlantirish masalalari davlat siyosati darajasiga kotarildi.

Islom Karimovning buyuk orzusi hech kimdan kam bolmagan barkamol avlodni tarbiyalash va tayyorlash edi. Bu maqsad yolida kuch va mablag ayalmadi. Ozbekiston yoshlarining xalqaro maydonlardagi yutuq va galabalarini korish uning uchun eng quvonchli va baxtli onlar edi.

Islom Karimovning butun hayoti va faoliyati kurashlar, olovlar ichida otdi. Bazan taqdir unga sira kutilmagan musibatlarni ropara qildi, temir ham dosh berishi qiyin sinovlarga soldi. Qanchalik ogir, azobli, iztirobli bolmasin, har qanday vaziyatda ham u hamma narsadan, eng yaqin kishilaridan ham Vatan manfaati, xalq manfaatini yuqori qoyib qarorlar qabul qildi. Islom Karimov chin manoda buyuk shaxs edi. Bu haqiqatni hatto uning raqiblari ham tan olardi.

Bugun Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz nomini har doim yuksak hurmat-ehtirom bilan yodga olmoqda, Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish boyicha korsatayotgan tashabbuslarini xalqimiz mamnun bolib olqishlamoqda, qollab-quvvatlamoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yanada baland bosqichga kotarish uchun gayrat-shijoatli kurash olib borilmoqda. Davlat boshqaruvida ochiqlikni taminlash, fuqarolar huquqlarini samarali himoya qilish, shanini, qadrini uluglash boyicha beqiyos ishlar qilinmoqda. Birinchi Prezidentimiz ruhini shod etadigan yutuqlarga erishilmoqda.

Yillar otadi, asrlar otadi, avlodlar almashadi, lekin Islom Karimov mustaqil Ozbekiston davlatining asoschisi, vatan tarixi va xalq taqdirini ozgartirgan buyuk davlat arbobi sifatida xalqimiz qalbida, xotirasida abadiy yashaydi.

Safar OSTONOV,

Ozbekistonda xizmat korsatgan jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: