O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
13.08.2019

KASPIY IQTISODIY FORUMI: MINTAQAVIY HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Turkmanboshi, 12 avgust. O‘zA maxsus muxbiri Ulugbek Asrorov xabar qiladi.

Joriy yil 11-12 avgust kunlari Turkmanistonning Turkmanboshi shahridagi «Avaza» milliy sayyohlik zonasida Kaspiy dengizi: xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish samaralari mavzusida birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi bolib otdi.

Forumda Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi D.Medvedev, Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri N.Mamedov, Eron Islom Respublikasi birinchi vitse-prezidenti I.Jahongiriy, Qozogiston Respublikasi Bosh vaziri A.Mamin, Bolgariya Respublikasi Bosh vaziri B.Borisov boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.

Forum ochilishida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nutq sozladi.

Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi mintaqada ahil qoshnichilik aloqalarini mustahkamlash, savdo, transport, energetika, turizm kabi yonalishlardagi loyihalarni samarali amalga oshirish, iqtisodiy hamkorlikni, innovatsion yutuqlarni ommalashtirishga va yangi goyalar almashinuviga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qadimdan Yevropa va Osiyo qitasi mamlakatlari ortasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda hamkorlikni mustahkamlashda Kaspiy dengizi boylab amalga oshirilgan tijoriy faoliyat muhim orin tutgan. Bugungi kunda Kaspiyboyi davlatlari va ularga qoshni mamlakatlar iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash, investitsiya siyosatini ragbatlantirish va biznes doiralar ortasida ozaro muloqotni yanada jonlantirish uchun maxsus platformaga ehtiyoj tugilmoqda. Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi ana shu goyat muhim tashabbusni amalga oshirishdagi ilk qadamlardan biridir.

Songgi yillarda Ozbekiston tashqi siyosatda yaqin qoshni va hamkor mamlakatlar bilan ozaro ishonch ruhidagi sheriklikni jadal rivojlantirmoqda, jumladan, Kaspiyboyi mamlakatlari bilan ham. Joriy yilning otgan olti oyi davomida ushbu mintaqa davlatlari bilan umumiy savdo aylanmasi hajmi 16 foizga ortib, 5,2 milliard dollarga yetgani fikrimiz dalilidir.

Ozbekiston Yevropaga asosan Qozogiston, Rossiya va Boltiqboyi portlari orqali mahsulot eksportini amalga oshiradi. Amudaryo ustida Turkmanobod – Farob yonalishidagi avtomobil va temir yol koprigi, shu bilan birga, Turkmanboshi, Aktau zamonaviy portlari hamda Boku Tbilisi Qars temir yolining ochilishi Markaziy Osiyo davlatlarida yuk tashish hajmini 2018 yilda 35 foizga oshirish imkonini berdi.

Ozbekiston Turkmaniston Eron Omon va Ozbekiston Qirgiziston Xitoy transport-kommunikatsiya loyihalarining ishga tushirilishi esa qitalararo transport yolagini rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratadi.

Takidlash joiz, Kaspiy mintaqasi davlatlari bilan Ozbekiston ortasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish uchun katta qiziqish va salohiyat mavjud.

Xalqaro anjumanda Kaspiyboyi mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya, axborot kommunikatsiyalari, energetika, transport, tranzit sohalarida qoshma loyihalarni amalga oshirishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ularni tola royobga chiqarish imkoniyatlari korib chiqildi.

Forum doirasida Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

Turkmaniston Prezidenti forumda Ozbekiston delegatsiyasi ishtirokini yuqori baholadi.

Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov Eron Islom Respublikasi birinchi vitse-prezidenti I.Jahongiriy, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi D.Medvedev bilan ham uchrashdi.

Muloqotlar chogida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Delegatsiyalar rahbarlari Turkmaniston Prezidenti hamrohligida forum doirasida tashkil etilgan Kaspiy innovatsion texnologiyalari va Turkmaniston sahrosi 2019 xalqaro korgazmasiga tashrif buyurdi.

Korgazmada 21 davlatdan 50 dan ziyod yirik kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Ozbekiston uchun ajratilgan pavilonda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyalar, energetika, neft-gaz, avtomobilsozlik kabi sohalarda erishilgan innovatsion yutuqlar namoyish etildi.

Tadbir ishtirokchilari birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini qayd etdi. Anjuman yakunlari boyicha erishilgan kelishuvlar ozaro ishonch ruhidagi sheriklikni qollab-quvvatlash, ishlab chiqarish va sanoatning turli yonalishlarida innovatsion ishlanmalarni joriy etishda yana bir ijobiy qadam sifatida baholandi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: