O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
16.07.2019

MUSTAQILLIK MASULIYATI

Muslihiddin MUHIDDINOV, O‘zbekistonda xizmat korsatgan yoshlar murabbiysi, Samarqand davlat universiteti professori:

— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yillik bayramiga tayyorgarlik korish va otkazish togrisidagi qarorini oqib, konglimdan ushbu fikrlar otdi.

Mustaqillik qadri, istiqlolning muqaddasligi, ozodlik tuygusi inson uchun naqadar aziz va muhimligini bizning avlod juda yaxshi biladi.

Ota-bobolarimiz qatagon qilinib, oz yurtlaridan mosuvo bolganida, mustabid tuzum zindonlarida qon yutganida, bebaho kitoblar yoqilganida, komilganida, tarix soxtalashtirilganida, avlodlar xorlanganida, din va diyonat, or va nomus toptalganida xalqimiz ozodlikni qanchalar qumsagandi, sogingandi, kutgandi.

Asriy istibdod barham topib, mustaqillik qolga kiritilganda, qadrimiz tiklandi, qaddimiz tiklandi. Butun vujud-vujudimizga singib ketgan qorquv illati yoqoldi. Biz millat sifatida oz asriy an’analarimiz, qadriyatlarimizni asrab-avaylash, boyitish imkoniyatiga ega boldik.

Xalqimiz turmushi onglandi. Odamlarda ishonch va umid paydo boldi. Inson haq-huquqlari davlat va jamiyat tomonidan himoya qilina boshlandi. Yillar davomida taraqqiyotga tosiq bolib kelayotgan koplab illatlar roy-rost aytildi. Bartaraf etish choralari korildi.

Prezidentimiz tomonidan hayotimiz mazmun-mohiyatiga aylangan odamlarni rozi qilish konsepsiyasi butun xalqimizni harakatga keltirdi. Odamlar yaxshi yashash uchun kurashadigan, talab qiladigan, intiladigan boldi.

Jamiyatda paydo bolgan fikrsizlik, loqaydlik, mutelik ornini takliflar, mulohazalar, munozaralar, bahslar egalladi. Bugungi odamlar har qanday topshiriqni bajaradigan, korsatilgan yoldan yuradigan odamlar emas, ularning oz dunyoqarashi, oz fikri, oz tanlagan yoli bor. Bunday demokratik jarayonlarning boshlanishiga, rivojlanishiga, odamlar ongu shuuriga ornashishiga, bir soz bilan aytganda, butun jamiyat uygonishiga albatta Prezidentimizning davatlari, xalq bilan muloqoti oddiy odamlarni tinglashi sabab boldi.

Mamlakat boylab yuz berayotgan islohotlarda odamlar ishtiroki, jamoatchilik nazorati, talab va istaklarning orni va roli tobora oshib borayotgani ozod yurt odamlari ongu tafakkurida buyuk evrilishlar yuz berayotganini korsatadi.

Birgina oliy talim tizimini olib koraylik. Men yarim asrlik faoliyatim davomida odamlarning ilm marifat olishiga bolgan suniy cheklovlarni korib ich-ichimdan ezilardim. Farzandlarimiz oliy talim dargohlaridagi ilmiy salohiyatdan foydalanolmay, bahramand bololmay yurishardi.

Bugun avvalo olim uluglanmoqda, universitet va institutlarning moddiy-texnik bazasi butunlay yangilandi. Professor-oqituvchilarning maoshi keskin kotarildi. Qabul kvotalari oshirildi. Sirtqi va kechki bolimlar ochildi. Istedodli yoshlar, ilm-fan namoyandalari qollab-quvvatlanmoqda. Chet ellardagi fan va talim markazlari bilan mustahkam aloqalar ornatildi. Oliy oquv yurtlarining filiallari ochilmoqda. Bu nimani korsatadi? Ozbekistonda ilm-fanni, manaviyat va marifatni xalqqa tobora yaqinlashtirish harakati boshlanganligini anglatadi.

Men faoliyat korsatayotgan Samarqand davlat universiteti tarixini tatbiq etish, xalqaro nufuzga ega bolgan mazkur talim dargohini Ulugbek madrasasining vorisi sifatida tan olish masalalari ham ozining ijobiy yechimini topmoqda. Universitetimiz boyicha qabul qilingan Hukumat qarorida belgilangan vazifalarni bajarish borasida juda katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda.

Ilm yolini tanlayotganlarning kopayayotgani, ilmiy maktablar faoliyati tiklanayotgani qalbimda faxr-iftixor tuygularini uygotadi. Ming afsuski, qancha yillarni boy berdik. Ilm kishilari rozgorini tebratolmasdan boshqa yumushlarga ozlarini urishga majbur bolishdi. Keyingi uch yil davomida ilmdan ketish emas, ilmga qaytish boshlandi. Ilm ahlida xotirjamlik, ishonch paydo boldi. Oliy talim dargohlarida sonib qolgan ilm choglari, gulxanlarga aylanmoqda. Yangiliklar, intilishlar davri boshlandi.

Muxtasar aytganda, bugun millat zimmasida mustaqillikni mustahkamlash, taraqqiy ettirish, milliy hamjihatlikka, milliy birlikka, milliy yuksalishga erishish burchi va masuliyati turibdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: