O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
09.07.2019

DEPUTATLAR AHOLI MUAMMOLARINI HAL QILMOQDA

2019 yilning olti oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi davlat boshqaruvi va xojalik organlari mansabdor shaxslariga 18 marta deputat sorovi yubordi. Qomitaga kelib tushgan murojaatlar korib chiqildi.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

— Olti oyda 3 ta qonun loyihasini Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritdik, 2 ta qonun loyihasi yuzasidan fraksiyalararo debatlar tashkil etildi, dedi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qomitasi raisi orinbosari Azamat Pardayev. – Debatlarda bildirilgan tanqidiy fikrlar, ilgari surilgan asosli takliflar qonun loyihalarining yanada maromiga yetkazilishiga katta turtki boldi.

Takidlanishicha, hisobot davrida qomita tomonidan davlat organi rahbarlarining 5 ta eshituvi hamda qonun talablari, qonunosti hujjatlarining ijrosi boyicha 2 ta nazorat-tahlil tadbiri tashkil etildi. Qomita tashabbusi bilan ichki yollarning holati va ularni yaxshilash yuzasidan korilayotgan chora-tadbirlar, istemolchilarni suyultirilgan gaz bilan taminlash masalalari «Hukumat soati»da muhokama qilindi.

Deputatlarning Ozbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yollari qomitasiga 2019 yilda rejalashtirilgan 8,5 ming kilometr ichki yollarni tamirlash boyicha ishlarni 10 ming kilometrga oshirish boyicha bergan taklifi maqullanib, nazoratga olindi. Toshkent viloyati Qibray tumani U.Yusupov mahallasida sinov tarzida boshlangan ikki bosqichli gaz taminotiga otish ishlarining holati organildi. Natijada gaz bosimidagi muammolar bartaraf etildi.

Bundan tashqari, qomita azolari Toshkent shahridan oqib otuvchi kanallarning qirgoqboyi hududlarini obodonlashtirish ishlarining borishi, xorijiy investitsiyalarni mamlakatimizga keng jalb qilish masalalariga etibor qaratdi.

* * *

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qomitasining olti oylik faoliyatiga bagishlangan matbuot anjumanida takidlanishicha, deputatlar uyma-uy yurib, aholi muammolarini hal qilishga alohida etibor qaratgan.

Olti oyda qomita azolari tomonidan 390 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari korib chiqildi.

Qomita joriy yilning otgan davrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan korib chiqilgan va qabul qilingan Mustaqil Davlatlar Hamdostligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi togrisidagi konvensiyani (Minsk 1995 yil 26 may) ratifikatsiya qilish togrisidagi qonunga masul boldi, dedi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qomitasi raisi Avazbek Jalilov. Hozirgi kunda qomita azolari tegishli vazirlik va idoralar bilan birga Ozbekiston Respublikasining diplomatik xizmati togrisidagi qonun loyihasi hujjatlarini takomillashtirish boyicha ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash togrisidagi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi yuzasidan qomita tomonidan takliflar tayyorlandi.

Qomita tomonidan Prezidentimizning xorijiy davlatlarga amalga oshirgan rasmiy tashriflari yakuni boyicha tuzilgan Yol xaritalarida parlamentga tegishli bolgan bandlarining oz vaqtida samarali ijro etilishi ustidan monitoring olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilda Janubiy Koreya davlati bilan tuzilgan Yol xaritasidagi bandlarning bajarilishi boyicha Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi ortasida parlamentlararo dostlik guruhlarining ozaro almashinuvini tashkil etish boyicha vazifalar belgilab olindi.

Milliy parlamentimizda tuzilgan parlamentlararo hamkorlik guruhlari mamlakatimizning xalqaro hamkorlik aloqalarini sifat jihatdan yangi bosqichga kotarishga xizmat qilmoqda. Qomita azolarining bevosita ishtirokida otgan davr mobaynida Ispaniya, Misr Arab Respublikasi kabi mamlakatlar bilan parlamentlararo dostlik guruhlari tuzildi. Bugungi kunda dostlik guruhlari soni 28 tani tashkil etadi. Ushbu hamkorlik guruhlari komagida parlament delegatsiyalarining tashriflari amalga oshirilmoqda.

2019 yilning otgan davri mobaynida Qonunchilik palatasida Turkiya, AQSh, Qozogiston, Qirgiziston, Koreya Respublikalari elchilari va Rossiya, Indoneziya, Gruziya, Eron, Buyuk Britaniya parlamentlari bilan ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlar otkazildi.

Xurshid QODIROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: