O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.10.2020

OZXDP FRAKSIYASI AZOLARI: QONUNNI HAMMA TUShUNIShI KERAK

Parlament quyi palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bolib otdi. Dastlab fraksiya a’zolari «Genom boyicha davlat royxatiga olish togrisida»gi qonun loyihasini korib chiqishdi.

Qayd etildiki, bugungi kunda inson geni bilan bogliq malumotlar ahamiyati ortib bormoqda. Bu malumotlardan foydalanish, ularni saqlash va himoyalash masalalari nihoyatda dolzarb vazifaga aylanmoqda. Chunki bunday malumotlar ota qimmatli hisoblanadi. Shuning uchun deputatlar qonun loyihasida nazarda tutilayotgan har bir meyorni atroflicha muhokamadan otkazdi.

Deputatlar qonun loyihasining asosiy tushunchalar qismida “genom” tushunchasiga izoh berilmaganiga etiroz bildirishdi. Qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda undagi qoidalar tor doiradagi soha yoki mutaxassislarga emas, barcha fuqarolarga tegishli boladi. Yani, qonunni hamma bevosita tushunish imkoniga ega bolishi kerak. Fraksiya azolari bir ovozdan qonun loyihasida genom tushunchasi nimani anglatishiga oydinlik kiritib ketish zarur, degan taklifni qollab-quvvatlashdi.

Shu bilan birga, qonun loyihasida ishlatilgan axborotni blokirovka qilish jumlasi ozbekcha talqin etilishi yuzasidan qizgin bahs-munozara bolib otdi. Fraksiya azolari bu masala boyicha qatiy talab qoyishdi.

Yigilishda Arxiv ishi togrisidagi qonunga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ikkinchi oqishda korib chiqildi. Mazkur qonun loyihasini birinchi oqish jarayonida XDP fraksiyasi azolari davlat arxivlarining binolari boshqa shaxsga otkazish haqidagi meyorni takomillashtirish yuzasidan taklif bildirgan edi. Bu taklif loyihaga kiritilib, arxiv hujjatlarini saqlash, foydalanishni tashkil etish talablariga javob beradigan binolar bilan taminlamasdan, davlat arxivlarining binolari boshqa shaxsga otkazilmasligi belgilanmoqda. Bu davlat va jamiyat ahamiyatiga molik hujjatlar xavfsizligini taminlashda prinsipial ahamiyatga ega bolishi takidlandi.

Kun tartibiga kora, fraksiya azolari Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasini ham qizgin muhokama qilishdi. Ushbu qonun loyihasi bilan 5 ta qonun va 1 ta kodeksga ozgartishlar kiritish nazarda tutilmoqda.

Xususan, mahalliy Kengashlar qabul qilgan qonunga zid qarorlarni bekor qilish vakolati Oliy Majlis Senatiga berilishi taklif etilmoqda.

Bu ozgartishga nima asos bolyapti?

Gap shundaki, Mahalliy davlat hokimiyati togrisidagi qonunning 26-moddasida mahalliy Kengashlarning Konstitutsiya va qonunlarga, Prezident hujjatlariga zid keladigan qarorlari Oliy Majlis tomonidan bekor qilinishi nazarda tutilgan. Biroq amaldagi qonun hujjatlarida bunday qarorlarni bekor qilishning aniq mexanizmi, xususan, bekor qilish kimning tashabbusiga asosan korib chiqilishi boyicha tartib mavjud emas. Shu sababli bu vakolatdan hozirgi kunga qadar foydalanilmagan.

Masalaning yana bir muhim tomoni shundaki, keyingi yillarda jismoniy va yuridik shaxslardan, shu jumladan, fermer xojaliklaridan mahalliy Kengashlar hamda hokimlarning amaldagi qonun hujjatlariga zid qarorlarini bekor qilish masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan Senatga mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan qonunga zid qarorlarni bekor qilish tartibini belgilash taklif etilmoqda.

Qonun loyihasidagi keyingi masala ham muhim. Deputatlarning qayd etishicha, bugungi kunda xorijiy davlatlarda Ozbekiston Respublikasining 35 ta elchixonasi, 3 ta doimiy vakolatxonasi, 16 ta bosh konsulligi, 1 ta konsulligi mavjud bolib, ularning zimmasiga qator vazifalar, jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish vazifasi yuklatilgan. Ammo ushbu diplomatik va boshqa vakillarning bu borada amalga oshirgan ishlari boyicha hisobotlarini eshitish amaliyoti yolga qoyilmagan. Shundan kelib chiqib, Ozbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash Senatning mutlaq vakolatlari jumlasiga kiritilganini inobatga olib, diplomatik vakillar bilan bosh konsullar, konsullar va doimiy vakillarning hisobotlarini eshitish nazarda tutilmoqda.

Fraksiya azolari bu meyorlar qonun ustuvorligi va parlament nazorati tasir doirasini kengaytirishda katta ahamiyat kasb etishini takidlashdi.

Yigilishda boshqa qonun loyihalari ham korib chiqildi.

Xalq demokratik partiyasi

Axborot xizmati


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: