O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.10.2020

Ehtirom va talab

Sherbek BO‘RONOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi a’zosi:

— Kasb bayramlari ichida Oqituvchi va murabbiylar kuni alohida etibor va etirof bilan nishonlanadi. Buning zamirida chuqur mano mujassam, albatta. Chunki hammamiz ulardan talim-tarbiya olgan. Shu bois ham bayram arafasida ustozlarimizni tabriklashga, dil sozlarimizni aytishga oshiqamiz.

Bu yilgi bayram arafasida ustoz va murabbiylar uchun eng katta sovga yangi tahrirdagi “Talim togrisida”gi qonunning Prezident tomonidan imzolangani boldi. Mazkur qonun har tomonlama keng qamrovli bolib, mamlakatimizdagi talim-tarbiya jarayonlari yangi pogonaga kotarilishiga huquqiy asos bolib xizmat qiladi, deb oylayman.

Xususan, pedagog xodimlarning kasbiy shani, qadr-qimmati va ishchanlik obrosi davlat himoyasida ekani qonunda qatiy belgilangan. Ularning kasbiy faoliyatiga aralashish, xizmat vazifalarini bajarishiga tosqinlik qilinishiga yol qoyilmasligi korsatilgan.

Bu qonun oqituvchilarni oylantirib, qiynab kelayotgan koplab muammolarni bartaraf etadi. Parlamentda bu qonun loyihasi muhokamalari ham bahs-munozaralar bilan otdi. Qonun loyihasini takomillashtirish mobaynida 230 dan ortiq meyorga ozgartirish va qoshimchalar kiritildi. Samarasiz va eskirgan meyorlar chiqarib tashlandi, eng asosiysi, ularning orniga 50 dan ortiq yangi, togridan-togri amal qiluvchi meyorlar belgilandi. Ana shu raqamlar ham talim-tarbiya masalasi, pedagoglar mehnati jamiyatimiz kelajagida qanchalik ahamiyatga ega ekanini korsatadi.

Ushbu qonun bilan talimda endi kop narsalar ozgaradi. Xususan, nodavlat talim tashkilotlari umumiy orta va orta maxsus talim berishi mumkinligi, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda talim olish (sirtqi, kechki, masofaviy) uchun sharoit yaratilgani, oilada mustaqil talim olish mumkinligi, inklyuziv talim olish shakllari belgilandi.

Bularning barchasi mamlakatimizda talim tizimi tubdan yangilanishiga, talim olish erkinlashishiga, pedagoglar faoliyati faqat talim-tarbiyaga qaratilishi, ularning mehnati qadrlanishi va qonun bilan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Qisqasi, talim masalasida jamiyatimizda zamonga mos yangi muhit shakllanmoqda. Oqituvchilar malakasi ham bugungi talablarga mos bolishi kerak.

Bugungi pandemiya sharoitida oqituvchilar zimmasiga yangi vazifalar yuklatilmoqda. Ular onlayn talim-tarbiya bilan bogliq ilgor tajribalarni egallashi kerak. Eng muhimi esa maktabda talim-tarbiya sifatini tubdan oshirish talab etilmoqda. Barcha darajadagi deputatlar bu qonun ijrosi nazorati bilan izchil va jiddiy shugullanmogi zarur, deb oylayman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: