O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.10.2020

OzXDP fraksiyasi tashabbusi bilan mahalla va oilani qollab-quvvatlash vazirining axboroti eshitildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zXDP fraksiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Hukumat soati”da Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatovning axboroti eshitildi

Vazir tizimda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar xususida atroflicha ma’lumot berdi. Prezidentimiz Oliy Majlisga yollagan Murojaatnomasida mutlaqo yangi tizimni – Obod va xavfsiz mahalla tamoyilini joriy etish zarurligini ilgari surgan edi. Shunga muvofiq ravishda oilalar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish, mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda fuqarolar yiginlarining rolini oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilab berildi.

Ushbu vazifa ijrosini taminlash maqsadida davlat rahbarining 2020 yil 18 fevraldagi farmoni bilan Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Vazirlik zimmasiga 10 ta ustuvor vazifa yuklatilgan. «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilining hayotga tolaqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama komaklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-manaviy muhitni soglomlashtirishda fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini ornatish vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yonalishlaridan biri hisoblanadi.

Parlamentdagi muhokamada Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vaziri xotin-qizlarning muammolarini oz vaqtida aniqlash, bandligini taminlash, ularga har tomonlama komak berish, Mahalla sektor xalq qabulxonasi mahalla tamoyili asosida aholi muammolarini aniqlash va hal etish, tasirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish masalalari haqidagi savollarga javob berdi.

Vazirning qayd etishicha, otgan davr mobaynida viloyatlar, tumanlar va mahallalarning oziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, Obod va xavfsiz mahalla tizimini joriy etish boyicha 2020 yilga moljallangan manzilli Yol xaritalari ishlab chiqilgan.

Kambagallikni qisqartirish boyicha shahar mahallalaridan Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Yangi Sebzor, qishloq hududlaridan Fargona viloyati Qoshtepa tumanidagi Namuna mahallalarida namunaviy tizim ishlab chiqilib, respublikamizdagi qolgan barcha 9 150 ta mahallaga ham samarali tatbiq etilmoqda.

Oilaviy ajralishlar 16 ming 878 tani tashkil etib, otgan yilning shu davriga nisbatan (21 ming 211 ta) 4 ming 333 taga kamaygan. Shuningdek, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta tugruqlarning oldini olish, notinch oilalar farzandlari va ularning ota-onalari bilan tizimli ishlash boyicha har bir viloyatning oziga xos xususiyatidan kelib chiqib, Yol xaritasi ishlab chiqilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda 406,8 ming nafar fuqaroning bandligi taminlangan, 266 ming nafari jamoat ishlariga jalb etilgan, 22 mingdan ortiq shaxsga ishsizlik nafaqalari tolab berilgan.

Mahallalar tomonidan 126 ming 245 nafar tadbirkorlik bilan shugullanish istagini bildirgan fuqarolarning royxatlari shakllantirilib, ularning 81 ming 764 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yolga qoyishi uchun yordam berilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida "Temir daftar"ga kiritilgan 409178 ta oilalardan 174258 tasi kambagallikdan chiqarishga erishilgan.

Mahallalarda jinoyatchilik holatini baholash boyicha yangicha tartib joriy etilgan. Jinoyatchilikni jilovlashda aholining kam taminlangan, yakka-yolgiz, boquvchisini yoqotgan, nogiron hamda doimiy mehnat bilan band bolmagan qatlamlari bilan ishlashda ijtimoiy profilaktika tizimi yolga qoyilmoqda.

Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ayni shu masalalarda olib borilgan organishlar, tahlillar qator kamchiliklar kuzatilayotganini korsatmoqda.

Vazirning qayd etishicha, haqiqatan ham mazkur yonalishda amalga oshirilayotgan ishlarda ayrim omillar tufayli muammolar ham yuzaga kelmoqda. Jumladan, mahallalarda va oilalarda soglom va barqaror ijtimoiy-manaviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni taminlashda mutasaddilar faoliyatida kamchiliklar uchramoqda. Hanuzgacha mahallalarda ishni samarali tashkil etish, muvofiqlashtirib borishning mazmun-mohiyatini tushunib yetmayotgan rahbar xodimlar bor.

Vazirlik tomonidan taqdim etilgan axborotni korib chiqish davomida hududiy xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari va reabilitatsiya markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni binolar bilan taminlash, shtatlar ajratish va oylik ish haqlarini belgilash, Ayollar daftariga kiritilganlar bilan samarali ishlash masalalari alohida etiborda boldi. Mahallalarda, shuningdek, aholi muammolarining mutasaddi tashkilotlar tomonidan oz vaqtida bartaraf etilishi ustidan tasirchan jamoatchilik nazoratini ornatish masalasi muhimligiga ahamiyat berildi.

Savol-javoblardan keyin Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi rahbari Ulugbek Inoyatov Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vazirligi yangi vazirlik ekani, uning zimmasiga kop va masuliyatli vazifalar yuklangani, ishni tizimli olib borish muayyan vaqt taqozo etishini takidlab, bu borada parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirish, vazirlikka amaliy yordam berish zarurligini qayd etdi.

Qizgin muhokamalar, bildirilgan takliflar asosida Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vazirligi faoliyatini kuchaytirish boyicha tavsiyalar berildi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: