O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 1 2 3 4
29.07.2020

OZBEKISTON XDP FRAKSIYASI OZ FAOLIYaTIDAN QONIQADIMI?

O‘zbekiston XDP fraksiyasining dastlabki olti oylik faoliyati yuzasidan onlayn tarzida matbuot anjumani otkazildi.

Tadbir avvalida joriy yilning 14 iyul kuni Prezidentimiz rahbarligida otgan videoselektor yigilishida kotarilgan dolzarb masalalar, ularning yechimi boyicha belgilangan chora-tadbirlarga alohida toxtalib otildi. Shuningdek, partiya fraksiyasi a’zolari videoselektorda yoshlar va xotin-qizlarning bandligini taminlash, muammolarini hal etish boyicha zarur yonalishlar korsatib berilganini alohida takidlashdi. Mazkur masalalarga partiya tashkilotlari, xususan, deputatlar chuqur qarashi, hududlarda jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini ornatish lozimligini bildirishdi. Congra Ozbekiston XDP fraksiyasi raisi Ulugbek Inoyatov olti oylik faoliyati yuzasidan malumot berdi.

— Bu yil barcha soha vakillari singari deputatlar uchun ham sinovli keldi, dedi Ulugbek Inoyatov. Shunga qaramay, Ozbekiston XDP fraksiyasi oz faoliyatini partiyamiz Saylovoldi dasturi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ish rejalari asosida amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan, partiyamiz tomonidan pandemiya sharoitida qilinishi lozim bolgan ishlar yuzasidan yol xaritasi ishlab chiqildi. Fraksiya azolari, mahalliy Kengashlar deputatlari, partiya tashkilotlari faollari tomonidan respublika miqyosida “Saxovat va komak” xayriya aksiyasi otkazildi.

Shuningdek, partiya xodimlari va deputatlaridan iborat Partiya kongillilar jamoalari ham tashkil etildi. Ularga hududiy partiya kengashlari masullaridan 214 nafari, mahalliy Kengashlar deputatlaridan 1600 nafari jalb etildi. Jamoa bugunga qadar 7000 ga yaqin mahallada bolib, elektoratimiz muammolarini organdi, targibot ishlarini olib bordi. Deputatlar jarayon davomida hududlarda karantin qoidalariga rioya qilish holati, yordam pullarining manzilliligi boyicha jamoatchilik nazoratini ornatish masalalariga ham alohida etibor qaratdi.

Aytish kerakki, mazkur xayriya tadbirlari mobaynida 75 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga 46 milliard 110 million somlik oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari tarqatildi.

Butun dunyo aholisi korinmas yov bilan kurashayotgan bir davrda Buxoro hamda Sirdaryo viloyatida yuz bergan tabiiy ofat, Sardoba suv omboridagi favqulodda vaziyatdan jabrlanganlarga komaklashish uchun Ozbekiston XDP bu viloyatlarga 200 million somlik homiylik mablaglari ajratdi.

Takidlash lozimki, qonun ijodkorligi borasida ham samarali ish olib borildi. Otgan yarim yil davomida fraksiya azolari tomonidan 107 ta qonun loyihasi yuzasidan 245 taklif ishlab chiqildi va masul qomitalarga taqdim etildi. Shuningdek, 30 dan ortiq qonun loyihasi joylarga yuborilib, partiya tashkilotlari, mahalliy Kengashlar deputatlarining takliflari olindi. Fraksiyamiz bildirgan takliflarning 114 tasi inobatga olindi.

Fraksiyamiz parlament nazoratini amalga oshirishga ham alohida etibor qaratmoqda. Joriy yil Davlat dasturida belgilangan vazifalardan hamda partiya Saylovoldi dasturidan kelib chiqib, dolzarb muammolar yuzasidan 18 vazirlik va tashkilotlarning axborotlari eshitildi. Eshituv yakunlari yuzasidan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Tadbirning ikkinchi qismida ommaviy axborot vositalari xodimlari fraksiya azolariga ozlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.

Malumki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari belgilangan muddatda hududlarga chiqib, aholini oylantirayotgan masalalarni organadi, tahlil qiladi hamda zaruriy hollarda qonunchilikka taklif bilan chiqadi. Mana shu borada Xalq demokratik partiyasining faoliyati qanday boldi?

Ulugbek VAFOYeV, Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Respublikamizning turli hududlarida bolamiz. Odamlar bilan suhbatlashamiz. Xursand boladigan jihati, ular ozlarini oylantirayotgan masalalar biz, deputatlar orqali yechim topishiga ishonishmoqda. Muammolarini boricha bayon etishadi. Uchrashuvlarda mamlakatimizning boshqa-boshqa hududlarida istiqomat qilayotgan insonlarni bir masala oylantirayotganini bilib, rosti, kuyinamiz. Bazi hollarda kamchiliklar yechim topishi uchun qonunlarga ozgartirish va qoshimchalar kiritish kerakligini anglaymiz. Mana shu organishlar natijasida qonunchilikka bergan birinchi taklifimiz nogironligi bolgan farzandi bor onalarga ham nafaqa tayinlash boldi. Bugungacha holat qanday edi? Bunday onalar faqat bolalari uchun nogironlik nafaqasini oladi. Nafaqa miqdori 468 ming som. Nogironligi bolgan bola davlat muassasalaridan birida tahsil olib, tarbiyalanganda oyiga millionlab mablag saflanardi. Ayni vaqtda bola tarbiyasi bilan band onaning ehtiyoji hisobga olinmagan. Bir oylab koraylik, bu qaysi adolat mezoniga togri keladi?

Shuningdek, uchrashuvlarda asosan yoshga doir pensiyaga chiqishda turli muammolar yuzasidan murojaatlar boladi. Masalan, pensiya tayinlash haqidagi qonunchilikka kora bolani parvarish qilish boyicha berilgan tatilning faqat bittasi mehnat stajiga kiritiladi. Shuningdek, tugruqoldi 26 kunlik tatil mehnat stajiga kiritilmaydi. Vaholanki, ayolga kasallik varaqasi beriladi. Mana shu borada ham qonunchilikka ozgartirish kiritish boyicha takliflar berganmiz.

Pandemiya davrida aholini qollab-quvvatlash maqsadida xorijiy davlatlar oz fuqarolariga pul mablaglari tarqatdi. Mamlakatimizda shu amaliyot nega joriy etilmayapti?

Sharofiddin NAZAROV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Bu savolga aniq va tushunarli javob berilishi lozim, deb oylayman. Negaki, bu masala aholi orasida koplab muhokamalarga sabab bolmoqda. Masalan, AQSh davlatini oladigan bolsak, pandemiya vaqtida aholiga dastlab 1400 AQSh dollari, keyinroq yana malum miqdorda pul mablagi berildi. Biroq COVID-19 dan davolanishlari uchun tibbiy sugurtaga ega fuqarolar 30 ming, sugurtasi bolmaganlar esa 60 ming AQSh dollarigacha sarflashdi. Hatto bazi oilalarda bu korsatkich 1 million AQSh dollarigacha yetdi.

Bizda esa yondashuv boshqacha boldi. Bunda asosan mamlakatimizdagi vaziyat hamda tibbiyot sohasidagi oziga xos tizim sabab boldi. Davolanishga ketadigan xarajatlarning asosiy qismini davlat oz zimmasiga oldi. Shuningdek, aholiga manzilli yordam berish maqsadida ular bir necha toifaga ajratildi. Ehtiyojmand oilalar royxati shakllantirilib, zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Ozim ham saylov okrugimdagi, Chiroqchi tumani «Taragay» qishlogida istiqomat qilayotgan ana shunday 36 oilada boldim. Odamlar vaqtida belgilangan mahsulotlarni olayotganini bildim. Suhbat jarayonida komak pul mablag korinishida bolganida boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkinligini ham aytishdi. Ikkinchi guruh bugun kun kechirishga imkoni bor, lekin ish faoliyatini yuritishga ehtiyoji yuqori bolganlardir. Ularning manfaatini oylab, 48 trillion somdan ortiq kredit mablagi ajratildi. Shuningdek, karantinning ikkinchi kuchaytirilgan davrida ham zaruriy dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni davlat oz zimmasiga oldi. Buning uchun 120 mingdan ortiq oila royxati shakllantirildi. Dunyoda bunday tizimli yondashgan davlatlar sanoqli. Bugungi kungacha davlat tomonidan ijtimoiy soha, sogliqni saqlash, tadbirkorlikni qollab-quvvatlash maqsadida pandemiya bilan bogliq xarajatlar uchun 6 milliard AQSh dollaridan ortiq mablag ishlatilgan. Bularning barchasini xalqimizga togri tushuntirishimiz lozim.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: