O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
03.06.2020

DAVLAT BYuDJETI

IJROSI BO‘YIChA OzXDP FRAKSIYASI OZ POZITSIYASINI MA’LUM QILDI

Kuni kecha parlament quyi palatasi majlisida Davlat byudjeti ijrosi boyicha hukumat hisoboti korib chiqildi. Ushbu dolzarb masala boyicha Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi oz pozitsiyasini malum qildi.

Davlat ahamiyatiga molik masalalarni xalq bilan bevosita muhokama qilish, xalq fikrini organish bugungi kunning eng muhim vazifasidir. Davlat byudjeti ijrosi Oliy Majlisda muhokama qilinishining siyosiy ahamiyati shundaki, xalqimiz oz vakillari orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi jarayonlarni nazorat qilish va takliflarini kiritish imkoniyatiga ega boladi.

Shu nuqtai nazardan Ozbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarining 2019 yildagi hamda 2020 yilning birinchi choragidagi ijrosiga etibor qaratadigan bolsak, undagi asosiy say-harakatlar aholining turmush darajasini oshirishga yonaltirilganini korish mumkin.

Xususan, 2019 yil yakunlari boyicha Davlat byudjetining xarajatlar qismida talim, sogliqni saqlash, aholini maqsadli ijtimoiy qollab-quvvatlashga, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalarni oshirishga asosiy etibor qaratilgan.

Maktabgacha va Xalq talimi muassasalari xodimlarining ish haqlarining sezilarli darajada oshirilishi hamda ushbu tizimning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi yoshlarimizni tarbiyalash va ularga talim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga kotarishga mustahkam zamin yaratadi.

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarining ijrosi togrisidagi hisobotni qollab-quvvatlagan holda, byudjet ijrosi yuzasidan ayrim taklif va mulohazalarni bildirdi.

Davlat byudjeti mablaglaridan maqsadli va samarali foydalanishda muammolar saqlanib qolayotgani, xususan, 6,5 mingdan ortiq byudjet tashkilotlarida 142 milliard 592 million somlik moliyaviy xatoliklar, kamomad, ozlashtirish hamda noqonuniy xarajatlar aniqlangani va ularning miqdori yildan-yilga osib borayotgani fraksiya azolarini jiddiy tashvishlantiradi. Bunday kamchiliklarni imkon qadar kamaytirish uchun nazorat mexanizmlarini hamda vazirlik, idoralardagi ichki audit bolimlari faoliyatini tanqidiy korib chiqish va ularning faoliyatini takomillashtirish kerakligi takidlandi.

Hisobotlarda moliyaviy mablaglarga ehtiyoj, ajratilgan mablaglarning berilgan-berilmagani, shu bilan birga, mablaglardan nechoglik samarali foydalanilganligini ifodalovchi malumotlar aks ettirilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Davlat byudjetining barcha jarayoni, byudjet tashkilotlarining hisoboti elektron dastur orqali amalga oshirilmoqda. Bu hisobotlarni qisqa muddatlarda tayyorlash va qayta ishlash imkonini berishi kerak.

Shunga qaramasdan, bugungi tezkor islohotlar davrida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarining ijrosi togrisidagi yillik hisobot iyun oyiga kelib korib chiqilayotganligi qanchalik darajada togri?

Davlat byudjetining ijrosi togrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1 choragida, choraklik hisobotlarni hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmay Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish taklifini hukumat idoralari korib chiqsalar maqul bolardi.

Shu va boshqa aniqlangan muammolar boyicha qonunchilikni takomillashtirish borasida tegishli takliflar ishlab chiqish kerak boladi. Bu borada fraksiyamiz azolari byudjet sohasiga oid qonunchilikni rivojlantirish boyicha hamkorlik qilishga tayyor.

Fraksiyamiz 2020 yil Davlat byudjetida kozda tutilgan ijtimoiy xarajatlarning aniq maqsadli bolishi ustidan qatiy deputatlik nazoratini ornatadi.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarining 2019 yildagi hamda 2020 yilning 1 choragi ijrosi togrisidagi yillik hisobotni qollab-quvvatladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi

OzXDP fraksiyasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: