O'zb  
 
10.09.2019

TALIM TOGRISIDAGI QONUN ESKIRGAN EDIMI?

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yangi, yaxlit, odamlar hayotiga to‘gridan-togri ta’sir korsatadigan qonun loyihalari keng muhokama qilinmoqda. Shulardan biri «Talim togrisida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasidir.

Songgi yillarda talimning nodavlat shakli rivojlanish yoliga kirdi. Maktabgacha talim tizimi boyicha alohida vazirlik tashkil etildi. Davlat-xususiy sherikchilik asosida maktabgacha talim muassasalari barpo etilishi boyicha keng imkoniyatlar yaratildi. Maktabgacha talim muassasalarida 6 yoshdan 7 yoshgacha bolgan bolalar uchun talimning majburiy etib belgilanishi, 11 yillik majburiy umumiy orta talimning joriy etilishi va ular bitiruvchilarga murakkab bolmagan kasblar oqitilishi qonunni yangi tahrirda qabul qilishga ehtiyoj yuzaga kelganini bildiradi. Shuningdek, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida talim berish muddati va mazmunining ozgarishi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qati nazar, yuridik shaxslarga barcha talim turlari boyicha nodavlat talim xizmatlarini korsatishga ruxsat berilishi ham qonun loyihasini yaratishga asos boldi.

Pedagoglar, talim muassasasi xodimlari, talim oluvchilarning huquq va erkinliklari kengaytirilib, masuliyati kuchaytirilishi, ragbatlantirilishi ishga bolgan munosabatni yanada oshirdi. Mulkchilik shaklidan qati nazar, yuridik shaxslarga talim xizmatini korsatishga ruxsat berilgani, rivojlangan xorijiy davlatlarning talim sohasidagi ilgor tajribalari yurtimizda joriy etilayotgani va bir qator xalqaro konvensiyalar ratifikatsiya qilingani ham Talim togrisidagi qonunning yangi tahririga zaruratni kuchaytirdi.

Davlat rahbarining xalq talimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod manaviyatini yuksaltirish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishidagi vazifalardan keyin yangi takliflar ishlab chiqildi. Qonun loyihasi bugungi kunda siyosiy partiyalar, mahalliy Kengashlar deputatlari, qolaversa, keng jamoatchilik bilan birga muhokama qilinib, parlamentga kiritildi. Ayni kunlarda palataning muhokamasiga, birinchi oqishga tayyorlanmoqda.

Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi 12 bob, 70 dan ortiq moddadan iborat bolyapti (amaldagi qonun 5 bob, 34 moddadan iborat). Moddalar soni aniq keltirilmaganiga sabab, hali muhokama jarayoni davom etmoqda: yangi meyorlar qoshilishi, ayrimlari olib tashlanishi mumkin. Albatta, eng muhimi bu emas, asosiysi, talim tizimiga qanday yangi meyorlar kiritilayotganidir.

Qonun loyihasiga asosiy yangi yonalishlar kiritilmoqda. Xususan, katta yoshdagilar talimi, maxsus talim, inklyuziv talim, yakka tartibda pedagogik faoliyat bilan shugullanish, davlat-xususiy sherikchiligi, talim sohasiga investitsiyalarni kiritish, talim muassasalarining ozini ozi baholashi, talim ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari, talim sohasida eksperimental va innovatsion faoliyat kabi muhim masalalar qamrab olinmoqda.

Shuningdek, qonun loyihasida pedagog kadrlarning faoliyati bilan bogliq bolmagan boshqa ishlarga jalb etilishi taqiqlanishi, bu masalada talim muassasalari rahbarlari javobgar bolishi belgilanmoqda. Talim sohasidagi davlat boshqaruv organlarining vakolatlari va talim muassasalari faoliyati erkinligi kengaytirilishi taklif etilmoqda.

Fraksiyamiz yigilishida mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazish boyicha qator savollar boldi. Shulardan ayrimlarini mulohaza uchun aytmoqchiman. Jumladan, Qonun kimga xizmat qiladi, talim jarayoni subekti oqituvchigami yoki talim tizimini boshqaruvchi davlat organlarigami?, Oquvchilarni maktabga qabul qilish yoshining qatiy belgilanishining sabablari nimada?, Sinflardagi oquvchilar soni 35 nafardan oshmasligi qanday asosga kora belgilanmoqda?, ? yoshgacha bolgan bolalarning tarbiyasi bilan bogliq masalalar qanday hujjat bilan tartibga solinadi? kabi savollar berildi. Chindan ham, bir sinfda 40 nafardan ziyod oquvchi otiradigan maktablar ham borku. Oquvchilarning optimal sonini kim belgilaydi? Ana shu savollar fraksiyamizda keng muhokama etildi, taklif-mulohazalar bildirildi. Bularning hammasi qonun loyihasini takomillashtirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Yana bir muhim masala. Yillar davomida maktabdan tashqari talimga turli tashkilotlar qoshib kelindi. Hattoki, turli togaraklarni oz ichiga jamlagan tashkilotlarning ichidagi musiqa maktabi, sanat maktablari, sport maktablarini ham maktabdan tashqari talim, dedik. Lekin ular maktabku, qoshimcha talim beryapti. Shuning uchun loyihaga qator yangi meyorlar kiritilishi mumkin. Misol uchun, qoshimcha talim turi haqida.

Partiyamiz Saylovoldi dasturida inklyuziv talimni rivojlantirish masalalari kiritilgan edi. Ayrim uchrashuvlarda OzXDP bu masalani kirita olmayapti, nega unda Saylovoldi dasturida turibdi, degan savollar bizni qiynab kelayotgandi. Yangi loyihaga inklyuziv talim tushunchasi kiritilmoqda, bu har bir bolaning teng huquqliligini taminlashga, har qanday kamsitishning oldini olishga xizmat qiladi. Bu esa Saylovoldi dasturimizdagi yana bir muhim masalaning ijobiy hal etilishiga xizmat qiladi.

Yangi loyihada amaldagi qonunchilikda kozda tutilmagan yangi qoidalarni kiritish taklif etilmoqda. Masalan, katta yoshdagilar talimi. Bunda katta yoshdagilar uchun umri davomida bilim va konikmalarni mustahkamlab borish imkoniyatlari yaratilishi kozda tutilyapti. Maxsus talim, yani hozirgi maxsus ixtisoslashtirilgan talim emas, balki mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish yonalishida maxsus mutaxassislarni tayyorlash talimi, deb belgilanmoqda. Davlat-xususiy sherikligining yangi mexanizmlari, yana bir qancha moddalari amaliyot va bugungi davr talabidan kelib chiqib kiritilmoqda.

Prezidentimiz jamiyatimizda oqituvchilarning shani va hurmatini boshimizga kotaradigan, ularni tom manoda kelajak bunyodkorlari, deb uluglaydigan muhitni yaratishimiz zarur, deb takidladi. Ana shu muhitning yaratilishini qonunda belgilab berish vazifamizdir.

Talim togrisidagi qonun yangi tahrirda qabul qilinishi tizimdagi muammolar bartaraf etilishida katta ahamiyatga ega bolishiga ishonamiz. Asosiysi, talim sifati yaxshilanadi, oqituvchi, muallim mehnati uluglanadi.

Shuhrat TURSUNBOYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: