O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
09.07.2019

HARAKATSIZ NATIJA BOLMAYDI

Feruza ESHMATOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Ikki palatali parlament tashkil etilganiga qariyb 15 yil boldi. Yillar davomida uning faoliyatini takomillashtirish, xalqaro maydondagi obrosini oshirishga harakat qilindi.

Vaqt otgani sayin biz Ozbekistonning xalqaro maydondagi obro-etiborini yuksaltirishda Oliy Majlisning tasirini oshirish muhimligini anglay boshladik. Mamlakat rahbari bu masalaga etiborimizni qayta-qayta qaratayotgani zamirida ham ana shu yuksak maqsad turibdi. Senatning 20-yalpi yigilishidagi nutqida Prezidentimiz mazkur masalaga alohida toxtalib otdi.

Tashqi siyosat sohasidagi faoliyatni amalga oshirishda parlament rolini kuchaytirish, mamlakatimizning xalqaro imidjini mustahkamlash, tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi meyoriy-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalarini ustuvor vazifalar sifatida belgilab berdi.

Milliy parlamentlarning tashqi siyosat sohasidagi faoliyati keng manoda parlamentlararo aloqalar, munosabatlar sifatida tariflanadi, ular ikkita asosiy yonalishda, avvalo, xorijiy davlatlar milliy parlamentlari bilan ozaro munosabatlar asosida, ikkinchidan, parlamentlararo tashkilotlar va organlar bilan ozaro hamkorlik orqali amalga oshiriladi.

Shu nuqtai nazardan, Senat yigilishida bu masalalar bilan bogliq 4 jihatga etibor qaratildi. Birinchidan, Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament assambleyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi parlamentlararo assambleyasi va Ozbekiston nomidan Oliy Majlis azo bolgan boshqa xalqaro parlament tashkilotlari bilan ishlash strategiyasini belgilaydigan, aniq va uzoq muddatni kozlaydigan ish rejalarini belgilab olish zarur. Chunki parlamentimiz azolari tizimli ravishda mazkur parlament tashkilotlari faoliyatida ishtirok etib kelayotgan bolsa-da, mazkur tuzilmalarda turli mamlakatlardan kelgan yuzlab salohiyatli parlament azolari ishtirok etadigan ushbu maydondan samarali foydalanmayapmiz. Mazkur parlament tashkilotlari konstruktiv muloqot uchun noyob platforma bolib, uning salohiyatidan aniq reja asosida tizimli foydalanishimiz lozim boladi.

Ikkinchidan, parlamentlararo hamkorlik doirasida parlament azolari chet ellarga rasmiy tashriflari oldidan muzokaralar doirasida muhokamaga qoyiladigan masalalarni pishiq-puxta belgilab olishi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, Parlamentlararo hamkorlikka oid tashriflarga yuqori darajada samarali bolishi nuqtai nazaridan yondashish masalasiga etibor zarur. Hozirgi kunda aksariyat amalga oshirilayotgan xorijiy safarlar yakuni boyicha shunchaki malumotnoma taqdim qilish bilan chegaralanib qolyapmiz. Vaholanki, har bir xalqaro anjuman yoki seminardan malum maqsadni kozlashimiz va biron-bir yangilikni amaliyotga tatbiq etmogimiz zarur.

Ozbekiston Respublikasi nomidan imzolangan xalqaro shartnomalarning ijrosini parlament nazorati tartibida muntazam organishni yolga qoyish talab etiladi. Shu vaqtgacha xalqaro shartnomalarning bajarilishi boyicha parlament nazorati tartibida organish yolga qoyilmagan edi. Biz faqat yuqori darajadagi tashriflar chogida imzolangan xalqaro shartnomalarning bajarilishi boyicha tuzilgan «Yol xaritalari»dagi parlamentga tegishli bolgan bandlarning oz vaqtida va samarali bajarilishini nazorat qilganmiz. Endi esa barcha xalqaro shartnomalar ijrosini organish vazifalari qoyilmoqda. Ularning xususiyati va yonalishini masul qomitaning bevosita vazifasidan kelib chiqib organsak, maqsadga muvofiq boladi. Natijada qomita xabardorligini oshirishga, parlament nazoratini yolga qoygan holda shartnomalarning aniq bajarilishiga erishgan bolamiz. Buning uchun xatodan chochimaslik, yangilikka qol urish, doimiy izlanish talab etiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: