O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
18.06.2019

QIDIRUVDA BOLGAN SHAXSLARNING

xorijiy davlatlarda harakatlanishi cheklanadimi?..

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi. Avval ushbu masalalar O‘zbekiston XDP fraksiya yigilishida korib chiqilgan edi.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashining raisi Ulugbek Inoyatov yigilishda ishtirok etdi. U yurtimizda olib borilayotgan keng miqyosli islohotlarda partiya va uning parlamentdagi fraksiyasi birdek faol ishtirok etishi, ushbu islohotlarda partiya pozitsiyasini namoyish etish, Saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda ozaro hamjihatlikda ish yuritish boyicha oz takliflarini bildirdi.

— Joriy yilning oxirida bolib otadigan saylovlar barchamizni oylantirishi kerak, dedi Ulugbek Inoyatov. Mas’uliyatli davr arafasida turibmiz. Bunda kop yillik tajribaga ega fraksiya azolariga suyanamiz, albatta. Biz kamchiliklarimizni tan olib, uni bartaraf etish choralarini korish zarur. Shuningdek, qisqa fursatda fraksiya azolari tashabbusi bilan amalga oshirilgan ishlar xususida taqdimot tayyorlab, partiya saytiga joylashtirish kerak.

Partiyamizning nufuzi oshishi, aholida unga ishonch ortishi uchun har birimiz faoliyatimizni tanqidiy-tahliliy korib chiqishimiz shart. Partiyamiz Saylovoldi dasturini ham loyiha shakliga keltirib, aholiga namoyish etish yollarini oylashimiz lozim. Bugun odamlar yangilikka, innovatsiyaga och. Oddiy axborotni ham sodda, lekin zamonaviy uslubda yetkazish yaxshi samara beradi, deb oylayman.

Oliy Majlis deputatlari har oyda joylarga chiqib, hududlardagi muammolarni organmoqda. Aholi orasida yurib, partiyamizning maqsad, vazifalarini targib etmoqda. Bundan ham samarali foydalanish kerak, deb oylayman. Fraksiya azolari joylarda bolganida tumanlardagi partiya kengashlarining faoliyati, nufuzi ortishi borasida ham malum bir ishlarni amalga oshirsa, tajriba almashsa, maqsadga muvofiq bolardi.

Ushbu fikrlardan song, fraksiya azolari Jinoyat-protsessual kodeksiga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini muhokama qildi.

Qonun loyihasiga kora, surishtiruv, dastlabki tergov va suddan yashiringan ayblanuvchining yoki sudlanuvchining pasportini bekor qilish tartibini belgilash kozda tutilgan, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Bunyodjon Eshonqulov. Bunda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taminlash maqsad qilingan.

Ayblanuvchining, sudlanuvchining surishtiruv, dastlabki tergov va suddan yashirinishi bu prinsipni amalda taminlashga salbiy tasir korsatmoqda.

Statistik malumotlarga kora, 2015 yilda 22,9 ming nafar qidiruvdagi shaxslardan 10,8 ming nafari, yani 47,2 foizi ushlangan bolsa, bu korsatkich 2016 yilda 47,5, 2017 yilda 36, 2018 yilda esa 38 foizni tashkil etgan.

Bundan tashqari, ogir va ota ogir jinoyat sodir etib, tergov va suddan yashiringan qidiruvdagi shaxslarning soni hamon yuqoriligicha qolmoqda. Masalan, joriy yilning 1 aprel holatiga kora, qidiruvda bolgan 7 650 nafar shaxsdan 74,2 foizi ogir va ota ogir jinoyatni sodir etgan shaxslar bolgan. Qidiruvda bolgan shaxslarning qariyb 50 foizi 5 yildan ortiq muddatda qidirilmoqda. Qidiruvda bolgan shaxslarning 93 foiziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi va 311 nafariga munosib xulq-atvorda bolish togrisida tilxat qollanilgan.

Sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligini taminlash va jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararning ornini qoplash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qidiruvdagi shaxslarni topish uchun katta kuch va vositalar jalb etilmoqda. Xususan, 2015-2018 yillar davomida 1457 nafar qidiruvdagi shaxslarni respublikaga ekstraditsiya qilish uchun davlat byudjetidan qariyb 30 milliard somga yaqin pul sarflangan.

Bundan tashqari, qidiruvda bolgan shaxslar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik boshqa davlat qonunchiligiga asosan jinoyat, deb topilmasligi mumkin. Bunday toifadagi shaxslar boshqa davlat fuqaroligini qabul qilganligi yoki qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qollanilmaganligi sababli qidiruvdagi shaxslarni ushlab berish haqidagi sorovlar ijro etilmasligiga olib kelmoqda. Aynan shunday asoslar bilan 320 nafar qidiruvdagi shaxslarni ushlab berish haqidagi sorovlar xorijiy davlatlar tomonidan rad etilgan.

Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida xorijiy davlatlar qonunchiligi ham organilgan. Bunda qidiruvda bolgan shaxslarni xorijiy davlatlarda harakatlanishini cheklash va oz yurtiga qaytarish maqsadida fuqarolik pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilish muddatini toxtatish amaliyoti keng qollanilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Jinoyat-protsessual kodeksiga ozgartirishlar kiritish kerak, deb hisoblanmoqda. Bu bilan ekstraditsiya qilishning imkoni bolmagan qidiruvdagi shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligi prinsipi taminlanadi. Ekstraditsiya qilish uchun Davlat byudjetidan ketadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi.

Shularni hisobga olib, qonun loyihasi qollab-quvvatlandi.

Yigilishda partiya fraksiyasi azolari «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish togrisida»gi qonun loyihasini ham muhokama qildi.

Muhokama jarayonida atom energiyasidan foydalanishni taminlash tizimining huquqiy asoslarini tashkil etish davr talabiga aylanayotgani takidlandi. Huquqiy asoslarni tashkil etish, amaldagi barcha meyor, qoidalarni unifikatsiya qilish va ularni Ozbekiston tomonidan imzolangan xalqaro hujjatlar bilan muvofiqlashtirish muhim sanaladi.

Qonun loyihasi birinchi oqishdan song deputatlarning takliflari asosida qayta korib chiqilganligi bildirildi. Bu jarayonda atom energetikasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni taminlash boyicha davlat siyosatining asosiy yonalishlari takomillashtirilgani aytildi. Yadro uskunalari va moslamalarni sertifikatlash jarayonlari belgilanganligi alohida etirof etildi.

Shuni ham aytish kerakki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida mazkur qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinmadi. Ularning fikricha, hujjatda sohada jamoatchilik nazoratining aniq mexanizmlariga oydinlik kiritish lozim. Parlament azolari qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi masul qomitasiga qayta ishlash uchun yuborish haqida qaror qabul qildi.

Yigilishda kun tartibidagi masalalar boyicha fraksiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: