O'zb  
 
21.05.2019

CHAQALOQNI 6 OY EMIZISH KERAK BOLADI...MI?

Homilador ayollar va bolalarning ovqatlanishi bilan bog‘liq muammolar nimada hamda ularning yechimi qanday? Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasining yigilishida mazkur savol deputatlar diqqat markazida boldi. «Godaklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi togrisida»gi qonun loyihasi ikkinchi oqishda muhokama qilinar ekan, avvalgi oqishdagi takliflar, fikr-mulohazalar inobatga olingani ta’kidlandi.

Sattor RAHMATOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

— Ushbu qonun loyihasi ishlab chiqilishining qator omillari mavjud. Avvalo, mazkur yonalishdagi masalalarni yaxlit ravishda tartibga soluvchi yagona hujjat yoqligidir. Bolalar ovqati (xomashyo)ga ishlab chiqarish-olib kelish-saqlash-sotish zanjiri boyicha hamda mahsulotning qadoqlanishi, sifati va xavfsizligiga talablar ornatilmagan. Shu bilan birga, ushbu tizim ustidan nazoratni amalga oshirishning huquqiy asosi belgilanmagan. Demak, shu va boshqa sabablarga kora loyiha dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Qonun loyihasidan kozlangan asosiy vazifalar bolalarimizning soglom ovqatlanishi uchun sharoit yaratish, ona suti bilan oziqlantirishni qollab-quvvatlash va targib qilishdan iborat. Shuningdek, godaklar va kichik yoshdagi bolalarning oziq-ovqat mahsulotlariga, ularning reklamasiga, oramiga (idishiga), shuningdek, tamgalanishiga, ularni tashish, saqlash va ishlatishga doir talablarni belgilash nazarda tutilyapti.

Loyihadagi kamchiliklar tuzatilgani, havola meyorlar orni aniq tushunchalar bilan toldirilgani maqsadga muvofiqdir. Masalan, loyihada tizimdagi davlat siyosatining asosiy yonalishlari qisqa shaklda aytib otilgan edi. Ikkinchi oqishda esa onalar, godaklar va kichik yoshdagi bolalarning hayoti hamda sogligini saqlash boyicha ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy hamda tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Homilador ayollar, emizuvchi onalar, godaklar va kichik yoshdagi bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish belgilanmoqda. Bu kabi toldirish va tuzatishlarni deyarli har bir moddada korish mumkin. Ana shularni inobatga olib, qonun loyihasini qollab-quvvatlayman.

Aksavli TUMISHOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Godaklar va kichik yoshdagi bolalar uchun moljallangan oziq-ovqat mahsulotlari ular organizmining fiziologik xususiyatlari hamda ehtiyojlariga javob beradigan bolishi shartligi belgilanmoqda. Ona suti bilan oziqlantirish imkoni bolmaganda, uning ornini bosuvchi ozuqa maxsus sanoat asosida ishlab chiqarilgan, kimyoviy tarkibi va ozuqalik qiymati boyicha ona sutiga yaqinlashtirilgan bolishi qayd etilmoqda.

Asosiysi, sohada masul organ mavqei va vakolatlari hamda boshqa tashkilotlar, xususan, jamoat tashkilotlarining vakolatlari belgilab qoyilmoqda. Shu bilan birga, ona suti bilan boqishni targib qilish va davlat tomonidan qollab-quvvatlash choralari belgilanmoqda.

Godaklarni olti oygacha istisnosiz kokrak suti bilan boqishni targib etish masalasi muhim sanaladi. Tabiiy oziqlantirish soglom avlodni tarbiyalashga xizmat qilib, bolaga insoniylik, mehr-oqibat, sadoqat tushunchalari godakligidanoq singadi. Boshqa har qanday mahsulot qanchalar sifatli bolmasin, ona suti eng yaxshi ozuqa ekanini unutmasligimiz, yoshlarga buni uqtirib borishimiz zarur.

Ozbekiston Respublikasi Hisob palatasi togrisidagi qonun loyihasi ham qizgin muhokamalarga sabab boldi. Fraksiya azolari Oliy Majlis tomonidan korib chiqilayotgan, qabul qilinayotgan qator hujjatlarda Hisob palatasining alohida orin tutayotganini takidladi.

Qahramon MIRZAYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Nomlanishidan korinib turibdiki, mazkur qonun loyihasi Hisob palatasi faoliyatini tartibga solishni nazarda tutadi. Unda palataning huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, faoliyat yuritish tamoyillari qamrab olingan.

Jumladan, Soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi va kelgusi yilga moljallangan Davlat byudjeti loyihasi, yil yakuni boyicha uning ijrosi yuzasidan tayyorlanadigan hisobot har tomonlama pishiq, puxta bolishi muhim.

Shundan kelib chiqib, taklif etilayotgan qonun loyihasi va unda nazarda tutilgan meyorlar bugungi kun talablariga har tomonlama mos bolishi lozim.

Hisob palatasi mustaqil ravishda, xolis, shaffof, muhimi, qonunga tayangan holda faoliyat olib borishi zarur. Loyihada ushbu jihatlar inobatga olingan va qator xorijiy mamlakatlar tajribalari organilgan. Oylaymizki, mazkur loyiha kuchga kirgach, palata ishini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Bahs-munozara, fikrlar xilma-xilligi asosida otgan yigilishda yana qator qonun loyihalari birinchi va ikkinchi oqishda korib chiqildi. Havola meyorlardan butunlay voz kechish, qonunlar matnini oqilganda aniq tushunadigan tarzda yozish kerakligi alohida takidlandi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: