O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
21.05.2019

ANDIJONLIKLAR KATTA LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHGA QODIR

Zulayho AKROMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Davlat rahbarining Andijon viloyatiga tashrifi davomida bir yil avval qoyilgan vazifalar ijrosi tahlil etildi, tashabbuslar natijasi korindi, etirof etildi. Ammo hayot davom etadi, yangi, yanada yuqori marralar kozlangan dasturlarga qol urilmoqda.

Prezident Andijon shahri Bosh rejasi asosida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Ularga muvofiq, 2019-2020 yillarda Andijon shahrida aholining uy-joyga bolgan talabini qoplash maqsadida 150 ta kop qavatli uy quriladi.

Jumladan, barak shaklidagi eski uylardan boshagan Mustaqillik mahallasi hududida 70 ta 9 qavatli uy barpo etiladi. Bu minglab andijonliklar bugungi kun nafasini oz hayotlarida his etishlari uchun ochiladigan imkon eshigidir.

Bir yil avval berilgan topshiriqlar ijrosi viloyat qiyofasini birmuncha yangilab, insonlar hayotiga ijobiy tasir etgan, degan tugal xulosaga asoslar yetarli.

Prezidentimizning bu yilgi tashrifi ahamiyatini anglash uchun, albatta, andijonlik bolish shart emas, nazarimda. Zero, tashrif davomidagi yonalish diqqat bilan kuzatilsa, bir vaqtning ozida berilgan topshiriqlar ijrosi va yangi maqsadlarni belgilashga ustuvorlik berilgani oydinlashadi. Ayniqsa, tashrifning Xonobod shahridan boshlanganida ulkan ramziy mano bor.

Atigi bir yil avval shahar aholisi tashrifni hayajon bilan kutgan va katta umid bilan kuzatgan bolsa, bugun uning shirin mevasidan bahramand boldilar, deyish mumkin. Prezidentimiz 2017 yil iyun oyida bu yerga tashrif buyurib, ijtimoiy-iqtisodiy sharoit bilan yaqindan tanishgan, vaziyatni tubdan yaxshilash boyicha chora-tadbirlar belgilab bergan edi. Shu asosda 2017-2019 yillarda Xonobod shahrini kompleks rivojlantirish boyicha dastur ishlab chiqildi. Unga 3 ming 200 dan ziyod loyiha kiritilib, 500 milliard som mablag yonaltirildi. Shaharning Anhor mahallasi hududidagi sobiq 4-avtokorxona hududida bugun 13 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularda jami 685 kishi ishlaydi. «Xon tex city» masuliyati cheklangan jamiyati shulardan biri. Otgan yili ishga tushirilgan korxonada 300 ga yakin xotin-qiz ish bilan taminlangan. Korxona ishsiz yurgan opa-singillarimiz uchun ayni muddao boldi.

Quvonarlisi, Andijon viloyatida 2019-2020 yillar mobaynida umumiy qiymati 25 trln. 181 mlrd. som bolgan 908 ta loyihadan iborat investitsiya dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu loyihalar jami 1,7 mlrd. dollar togridan-togri xorijiy sarmoyani ozlashtirish va 35 mingdan ziyod ish orni yaratish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.

Agar bugungi kunda viloyatda mehnatga yaroqli aholining 30 foiziga ish orinlari zarurligini inobatga olsak, ushbu loyihalar ahamiyati yanada yaqqolroq namoyon boladi.

Bir soz bilan aytganda, davlat rahbarining Andijon viloyatiga tashrifi boshlangan ulkan ozgarish va yangilanishlarga bugungi kun nafasini berdi. Tashrif davomida taqdim etilgan loyihalar, muhokama qilingan masalalar tahlili shunday xulosa qilish mumkinligidan dalolat bermoqda. Demak, aholisi eng zich joylashgan, ammo salohiyati yuqori bolgan viloyatda yaqin kelajakda amalga oshiriladigan ulkan ishlarning aniq yonalishlari belgilandi. Ularning ijobiy natija berishiga ishonch bilan qarashimiz kerak. Chunki Andijondagi imkoniyatlar yuqori darajadagi loyihalarga qorqmasdan qol urishga imkon beradi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: