O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
23.09.2020

Manfaatlar toqnashuvi har bir sohada yangilik yaratishga turtki boladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yigilishida vazirlik, tashkilotlardan taklif etilgan ekspertlar ham ishtirok etdi.

Dastlab deputatlar “Er osti boyliklari togrisida”gi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 381-moddasiga ozgartish kiritish haqidagi qonun loyihasiki birinchi oqishda muhokama etishdi.

Mazkur qonun loyihasida auksionga qoyiladigan yer qa’ri uchastkasi maydonining hozirdagi 1 gektar cheklovini 5 gektargacha oshirish taklif etilmoqda. Bu qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati bilan shugullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga yanada qulaylik yaratilishiga, ushbu faoliyat turini yanada takomillashib borishiga xizmat qiladi. Oz fikr hamda takliflarini bildirgan fraksiya azolari mazkur loyihani qollab-quvvatladi.

Shuningdek, yigilishda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentabrdagi Er hisobi va davlat kadastlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmonini tasdiqlash haqidagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qarori togrisidagi masala ham deputatlar tomonidan atroflicha korib chiqildi.

Zuhra SHODIYEVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

— Qayd etish kerakki, iqtisodiyotdagi islohotlar, ozgarishlar yer va unga bogliq resurslarning aniq hisobini yuritish, ulardan oqilona foydalanish tizimini takomillashtirish bugungi kundagi dolzarb masalaga aylandi. Sohaga aloqador masalalarni hal etish, unga zamonaviy faoliyat turlarini singdirib borish maqsadida chora-tadbirlar olib borilyapti.

Xususan, Prezident farmoni bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasi negizida Respublika Davlat soliq qomitasi huzuridagi Kadastr agentligi tashkil etilib, yangi agentlikning asosiy vazifalari belgilab berildi. Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini bugungi talablar darajasida tartibga solish, yer nazoratini amalga oshirishda bu farmon muhim ahamiyatga ega. Aytaylik, yerlarni ajratish, ularning hisobini yuritish, qishloq xojaligi ekinlarini joylashtirish, yer nazoratini amalga oshirish vazifalarining yagona organda toplanganligi, yer uchastkalari, bino va inshootlarga (keyingi orinlarda kochmas mulk) kadastr yigmajildi royxatdan otkazuvchi organning ozi tomonidan tayyorlanishi oqibatida sohada yuzaga kelayotgan manfaatlar toqnashuvini bartaraf etishga xizmat qiladi. Umuman, yana boshqa qator tushunmovchiliklarning oldini olishda muhim hujjat vazifasini otaydi.

Shularni hisobga olib, fraksiyamiz azolari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tegishli qarorini qollab-quvvatlaydi.

Bundan tashqari, 2017–2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini 2021 yilda amalga oshirishga oid Davlat dasturiga takliflar tayyorlash togrisidagi masala muhokama etildi. Fraksiya azolari tomonidan qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amalga oshirish jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan koplab fikr-mulohaza hamda takliflar bildirildi.

Yelena BABENKO, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Otgan yillarda ham Xalq demokratik partiyasi faollari, barcha darajadagi deputatlar Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok etib, taklif va mulohazalarini bildirish imkoniga ega boldi. Xususan, partiya Saylovoldi dasturiga muvofiq, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va mehnatga haq tolash tizimini yanada takomillashtirish dolzarb masala. Shu jihatdan kelib chiqib, nogironligi bolgan shaxslarning manfaatlari hamda aholi bandligini taminlashga qaratilgan qator takliflar dasturdan orin oldi. Muhimi, bu borada qator etiborga molik ishlar amalga oshirildi. Belgilangan ushbu vazifalar va ularning ijrosi esa partiya elektorati manfaatlariga xizmat qilmoqda.

Bundan buyon ham bu boradagi ishlarimizni yanada jonlantirishimiz talab etiladi. Jumladan, Harakatlar strategiyasini 2021 yilda amalga oshirishga oid Davlat dasturiga ham partiya saylovoldi dasturida ilgari surilgan masalalar bilan bevosita bogliq, elektorat manfaatlariga daxldor har bir masala yuzasidan aniq va asosli takliflar berish zarur. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga oid vazifalar, ularning ijrosini taminlashda parlament va mahalliy kengashlar deputatlari hamda jamoatchilik nazorati rolini kuchaytirish boyicha takliflarimiz bor. Ularni amaliyotga tatbiq etish choralarini korish haqida mulohazalarimizni bildirdik. Mazkur takliflar ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand, nogironligi bolgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ular uchun qulay muhit hamda sharoit yaratish orqali butun jamiyat hayotini yaxshilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

XDP fraksiyasi azolari takliflar tayyorlashda ijtimoiy vakillik hokimiyatining tasir kuchini oshirish, ijtimoiy sohadagi islohotlarni yanada jadallashtirish masalalariga alohida etibor qaratadigan boldi.

Yigilishda korib chiqilgan masalalar boyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: