O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
15.07.2020

MAHALLIY KENGASh DEPUTATLARI

saylovchilar oldida hisobot bermoqda

Farg‘ona viloyatida Ozbekiston XDPdan saylangan mahalliy Kengash deputatlari karantin qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda saylovchilar bilan uchrashmoqda. Aholini tashvishlantirgan muammolarni organishmoqda.

— Shunday sinovli kunlarda kimdir senga yordam qolini chozsa, ozingni yanada tetik his etarkansan, deydi «Kichkina Ganjiravon» qishlogida istiqomat qiluvchi Yulduz Almatova. Qoshnilarim mahallamizga deputatlar kelishini, muammolarimizni ularga aytishimiz, komak olishimiz mumkinligini aytganida, ishongim kelmadi. Oldin deputatlar bizni yoqlab kelganini kormaganman-da. Uchrashuvga bordim. Ozim ovoz bergan insonni korib, xursand boldim. Deputatga turmush ortogimni nogironlikka chiqarishda yordam zarurligini, nogironlik aravachasiga ham ehtiyojimiz borligini aytdim. Masala tez orada hal etiladi, deb ishontirdi.

Saylovoldi uchrashuvlaridan birida saylovdan keyin yoqolib qolmaysizlarmi, degan savolni eshitganmiz, deydi xalq deputatlari Fargona viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Ulugbek Qochqorov. Rosti, bu savol meni uzoq oylantirdi. Oshanda deputatlikka saylansam, har bir ishimdan saylovchilarni xabardor qilib boraman, deb ozimga soz berdim. Deputat bolgach, ilk kunlardanoq hududdagi muammolarni organa boshladim. Baholi qudrat ularni navbati bilan hal etib beryapmiz. Vadaga amal qilib, iyul oyining boshida olti oylik faoliyatim boyicha saylovchilarga hisobot berdim. Partiyamizdan saylangan boshqa deputatlar ham saylovchilarga hisobot berishmoqda.

Karantin vaqtida uydan chiqish, aholini oylantirayotgan ayrim masalalar yuzasidan masullarning oldiga borish oson emas, dedi Ozbekiston XDP Fargona viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari Zokirjon Zohidov. Lekin shunday ogir vaziyatda aholi vakillari deputatlarga murojaat qilishni oylaydi. Biz ham oz navbatida ularning ishonchini oqlashga harakat qildik. Deputatlik sorovlari orqali koplab masalalar ijobiy hal etildi, bazi insonlarga huquqiy maslahatlar berildi. Masalan, Beshariq tumani Sobirtepa mahalla fuqarolar yigini aholisi Sarbon kochasidan oqib otuvchi beton ariq hozirgi kunda yaroqsiz ahvolga kelib qolganini malum qilishdi. Unga kelayotgan suv zovurga tushib, tomorqa yer maydonlarini zax bosayotganini, buning natijasida ekin unmayotganini aytishdi. Mazkur masalada tegishli tashkilotga deputatlik sorovi yuborildi. Ishonamanki, muammo tez orada hal etiladi va biz buni nazoratga olamiz. Ammo deputatlik soroviga vaqtida javob bermayotganlar ham yoq emas. Beshariq tumanidagi 17-maktabning 100 kishilik faollar zalini jihozlash yuzasidan deputatlik sorovi yuborilgan edi. Biroq tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boyicha birinchi orinbosari sorovga javob bermadi. Ochigi, buni nafaqat deputatga, balki xalqqa ham bepisandlik, deb bilaman.

Bugungi kunda Ozbekiston XDPdan saylangan 11 nafar viloyat hamda 126 nafar tuman Kengashi deputatlari faoliyat olib bormoqda, dedi Ozbekiston XDP Fargona viloyat kengashi bolim mudiri Shohrux Oktamov. Aytish kerakki, ularning barchasi pandemiya vaqtida saylovchi va vijdoni oldida hisobdor ekanligini unutishmadi.

Yana bir gap. Biz qonun loyihalariga takliflarni quyidan olyapmiz, deb kop takidlaymiz. Ammo doim ham bunga amal qilavermaymiz. Tan olish kerak, bu borada sustkashlikka yol qoyilayotgani ham rost.

Shuningdek, bugungi kunda deputatlarimiz OAV hamda blogerlar bilan hamkorlikni yetarli darajada yolga qoya olmayapti, deb oylayman. Amaliy ishi kop, saylovchilar ishonchini qozongan deputatlarimiz oz emas. Ular sessiyalarda, eshituvlarda elektorat manfaatini dadil himoya qilishmoqda. Biroq ular jurnalistlar bilan hamkorlikka yetarli etibor berishmayapti. Aytmoqchimanki, bizning ishimizni, deputatlar faoliyatini jurnalistlar, blogerlar xalqqa korsatib bera oladi. Shunday ekan, partiya xodimlari hamda deputatlar uchun bu borada turli treninglar tashkil etish ham yaxshi samara beradi, deb hisoblayman.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: