O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
08.07.2020

BIZDA AJRAShISh OSONMI?

Oilalarni saqlab qolish uchun qonunchilikka o‘zgartirish kiritish kerakligini hayotning ozi talab etmoqda

Maqsuda VORISOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasi a’zosi.

Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini taminlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bolib yetishishiga bevosita tasir korsatadigan tarbiya ochogidir.

Jamiyatimizda oila bilan bogliq oziga xoslikni ming yillar davomida hayot sinovlaridan otib kelayotgan nikohning muqaddasligi, ota-onaning farzandlar, farzandlarning ota-ona oldidagi burchi, ozaro izzat-hurmat va hamjihatlik, ibo-hayo, oila shani va nomusini asrash kabi hamma birdek itoat etadigan hayotiy qonunlar amal qilib kelmoqda.

Ammo songgi yillarda turli sabablarga kora, ajrimlarning oshib borayotganiga guvoh bolyapmiz. Misol uchun, respublika boyicha 2019 yilnig 11 oyida 277,4 ming nikoh qayd etilgan bolsa, 28,7 mingdan ziyod oila ajrashdi. Bu yangi tuzilgan har 10 oiladan bittasida ajrim roy berdi, degani.

Oilaviy ajrimlarning sabablari kop. Bunga uy-joy masalasi, ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, yoshlarning mustaqil hayotga tayyor bolmasdan oila qurishi, er yoki xotinning ishlash uchun boshqa mamlakatlarga ketib qolishi, manaviy-axloqiy muhitning yomonligi, munosabatlarga tashqaridan boshqa shaxslarning aralashuvi sabab bolishi mumkin. Yurtimizdagi bu muammo olimlar tomonidan organilganda, ajrimlarning teng yarmida yoshlarning bir-birini tushuna olmasligi, hayotga, oila masalasiga yengil qarashi sabab qilib korsatilgan.

2020 yilning yanvar-mart oylarida respublika boyicha FHDYo organlari tomonidan 7,8 mingta nikohdan ajralish qayd etilgan bolib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti 0,9 promilleni tashkil etdi.

Hududlar boyicha 2020 yil yanvar-mart oylarida nikohdan ajrashganlarning eng yuqori koeffitsiyenti Toshkent shahri (1,0 promille), Andijon (0,9 promille) Samarqand (0,8 promille) Toshkent viloyatlarida (0,8 promille) kuzatildi.

Nikoh bekor qilinar ekan, turmush qiyinchiliklari asosan ayol zimmasiga tushadi. Chunki aksar hollarda u yashab turgan uyidan farzandlari bilan chiqib ketib, ozi va bolalarining taminotini oylashga majbur boladi.

Nikohdan ajrashishlar dunyoning barcha davlatlarida qayd etiladi. Lekin bizdagi qonunchilikda turmushdan ajragan ayol va bolalarning keyingi taqdiri kafolatlanmagan. Togri, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment tolovlari qonunda belgilangan. Lekin hozirda qanchadan-qancha ayollar ana shu pullarni undira olmay, sudma-sud yurganiga hammamiz guvohmiz. Ajrashish jarayonining ozi ham bazi davlatlarnikiga nisbatan oson.

Agar chet el tajribasiga murojaat qilsak, Polshada nikoh faqat sud orqali bir necha bosqichda bekor qilinadi. Lekin bu holat ijtimoiy meyorlar yoki voyaga yetmagan bolalar manfaatlariga zid bolsa, sudlar nikohni bekor qilishni rad etadi. Ispaniyaning Oliy sudi nikohdan ajrashgan erkakni sobiq uy bekasi bolgan xotiniga uy ishlarini bajargani uchun kompensatsiya va xotini hamda bolalari uchun aliment tolashga majbur qiladi. Germaniyada ajrashayotgan oilada bolalar bolsa, sud, avvalo, ularning manfaatlarini hisobga oladi. Shuningdek, nafaqat mol-mulk, balki pensiya jamgarmalari ham ikkiga bolinadi, bunda ham oziga yarasha adolat mavjud. Negaki, bola tarbiyasi va uy ishlari bilan mashgul bolgan ayol pensiya uchun jamgarma yaratmagan. Braziliyada ham avvalo oiladagi voyaga yetmagan bolalar manfaati himoya qilinadi, ularning ajrimdan oldingi taminot darajasi saqlanib qolinishi majburiy qilib belgilangan.

Bizning qonunlarimiz kop orinda sovet mafkurasi qoidalarini saqlagani sababli, nikoh masalasida millatimiz mentalitetiga mos kelmaydigan orinlari mavjud. Yuqorida aytib otganimizdek, xorijiy davlatlarda ajrim haqida qaror chiqarishdan oldin sudlar bolalar va ayolning keyingi taqdiri bilan qiziqib, ularni kafolatlashga harakat qiladi. Bizda esa avval nikoh bekor qilinib, ajrim qayd etiladi, keyin farzandlar taqdiri, mol-mulk taqsimoti korib chiqiladi.

Sovet qonunchiligi asosan rus xalqi odatlariga kora tuzilgani uchun ajrimdan keyin erkak uydan chiqib ketadi, chunki kuyov kelin uyida yashashi odatiy hol sanaladi. Bizda esa ichkuyov kamdan-kam uchraydigan holat, odatda kelin kuyov uyiga borgani sababli ajrimdan song ayol bolalari bilan ota uyiga ketishga majbur. Songra uning boshiga qancha kongilsizliklar tushishi hammaga malum. Chunki “chiqqan qiz chigiriqdan tashqari”, deyishadi. Avvalo, bu xonadonda manaviy tushkunlik paydo boladi, kelinlar va qaytgan qiz ortasida ziddiyatlar yuzaga keladi. Bazida turmushdan ajrashgan ayol ham bolalaridan voz kechadi. Oqibatda bizning xalqimiz uchun or-nomus masalasi hisoblangan ota-onasi tirik yetimlar kopayib, bolalar uylarida tarbiyalanishdek xunuk holat yuzaga keladi.

Ajrimdan keyingi eng katta gavgolarga sabab boladigan masala — bu uy-joydir. Islomda yigit bolajak oilasini uy-joy bilan taminlab, keyin uylanishi deyarli qoidaga aylangan. Bizning jamiyatimizda ham tugilgan farzandga otaning familiyasi beriladi, lekin ajrim yuz bersa, qanday qilib bolmasin, masuliyatdan qochishga harakat qilinadi.

Xosh, oilani saqlab qolish, ajrimlarning oldini olish uchun qanday tasirli chora korish lozim? Menimcha, qonunlarimizga tegishli ozgartirishlar kiritish vaqti keldi. Masalan:

nikoh qayd etilishidan avval yosh oila yashaydigan manzil aniq bolishi, ajrim yuz bergan holatda farzandlar va ayol turar-joy bilan taminlanishi shart;

nikoh qayd etilgach, ayol yuqorida korsatilgan manzilga zudlik bilan royxatga qoyilishi kerak (ortiqcha ovoragarchiliksiz, kelin familiyasi ozgargani sababli, yangi pasport olganda, propiska ham ozgartirilishi kerak);

bolalar uchun alimentlar majburiy undirilishi mexanizmi joriy qilinishi lozim, hozirgidek kam haq tolanadigan ishga nomiga joylashib, eng kam miqdorda aliment hisoblash amaliyotidan voz kechish zarur. Aliment miqdori bolaning hayot kechirishi, talim olishi uchun yetarli bolishi talab etiladi;

ota-onasi tirik bola turib, bolalar uyiga joylashtirilgan farzandlarga ota-onasi tomonidan maxsus hisobga pul otkazishni joriy qilish shart.

Yuqorida keltirilgan masalalar yechimi boyicha majburiy ravishda nikoh shartnomasi tuzilsa, har qanday erkak yoki ayol ajrashish haqidagi fikrni bir necha bor oylab korardi.

Jamiyat rivojlanar ekan, hayotni tartibga soluvchi qonunlar ham ozgarib, takomillashib borishi tabiiy. Davlatning asosini tashkil qiluvchi oilalar mustahkamligini taminlash, bolalar uchun soglom oilaviy muhitni kafolatlash maqsadida qonunlarimizga qoshimcha va ozgartirishlar kiritish vaqti keldi, deb oylayman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: