O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
01.07.2020

ONLAYN YoShLAR FORUMI

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tashabbusi bilan yoshlarning birinchi onlayn forumi otkazildi. Unda partiya mas’ullari, deputatlar, “Istiqbol” yoshlar qanoti yetakchilari, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Dastlab, partiya Markaziy Kengashi raisi Ulugbek Inoyatov soz olib, yigit-qizlarni har tomonlama soglom, zukko, yurt taqdiriga befarq bolmagan avlod sifatida voyaga yetkazish eng birinchi va muhim vazifa ekanini takidladi. Oz navbatida yoshlar ham yaratilgan sharoitlarga munosib javob qaytarishi, bildirilayotgan ishonchni oqlashi zarurligi qayd etildi.

Forum ishtirokchilari esa yoshlarni oylantirayotgan muammolar hamda ularning yechimi boyicha takliflarini bildirdi.

— Bandlik doimo eng dolzarb masalalardan biri bolgan, dedi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini organish instituti xodimi Adhamjon Usmonov. Albatta, Yoshlar Ittifoqi tashkil topgandan song bandlik sohasida samarali ishlar qilindi. Koplab yigit-qizlarga ishini boshlashda, mahsulotlarini eksport qilishda amaliy komak berildi. Shuningdek, «Yoshlar kelajagimiz» davlat dasturi asosida 4633 loyihani amalga oshirish uchun ularga 719 milliard som kredit mablagi ajratildi. Biroq yechimini kutayotgan masalalar ham yoq emas. Bitiruvchilarning kasbga tayyorgarlik layoqatini olaylik. Ijtimoiy sorovlar natijasiga kora, ish beruvchilar bor-yogi 21,3 foiz bitiruvchining kasbga tayorgarlik darajasidan mamnunligini bildirgan. Qolganlari esa ularning malakasini oshirish zarurligini aytgan. Aks holda, mehnat bozorida raqobatbardosh, barqaror bolishda vaqtdan yutqazib qoyishi mumkin. Shuni hisobga olib, bir yildan uch yilgacha mehnat stajiga ega bolgan yoshlarni ishga olishga harakat qilishmoqda. Bundan korinadiki, oliy talim muassasalarida oquv sifatini oshirish, amaliyotga koproq etibor qaratish lozim.

Farzand dunyoga kelgach, ota-onasi uni tarbiyalaydi, voyaga yetkazadi, jamiyatning faol azosi bolishi uchun qoldan kelgancha harakat qiladi, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Dilbar Mamajonova. Biroq hammada ham bunday imkoniyat bolmasligi mumkin. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ana shunday qoshimcha etiborga va gamxorlikka ehtiyojmand qatlamdir. Ularning mustaqil hayotga qadam qoyishi, bandligini taminlash masalasini chuqur oylab korishimiz lozim. Malumotlarga kora, 2015-2019 yillar davomida Bolalar shaharchalari hamda Mehribonlik uylarini ming nafardan ortiq yigit-qiz bitirgan. Shundan atiga 40 foizi turar joyga ega bolgan. Ularning aksariyati oliy talim muassasasini tugatgandan song ham ish topishga qiynalganini aytishgan. Demak, tizimda hamon muammolar mavjud. Bularni hal etish esa barchamizning zimmamizdagi vazifadir.

Kambagallikni qisqartirish borasida kop gapirilyapti, deydi xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashidagi OzXDP deputatlik guruhi azosi Ergash Abduraimov. Kimgadir moddiy komak berish bilangina muammo hal bolib qolmaydi. Inson oz hayoti uchun ozi kurashmasa, harakat qilmasa, barcha korilayotgan choralar bekor ketadi. Avvalo, odamning tafakkurini ozgartirish kerak, deb oylayman. Buning uchun psixologik treninglar, oquvlar tashkil etilishi lozim. Ana shunda tengdoshlarimiz biznesni, togri va samarali pul topish yollarini organadi.

Har bir yangilikni amaliyotga joriy etar ekanmiz, nogironligi bolgan tengdoshlarimiz borligini unutmasligimiz zarur, dedi xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Javlonbek Abdullayev. Ular orasida qoli gul ustalar, hunarmandlar bor. Imkoniyati cheklangan tengdoshlarimizning mahsulotiga xaridor topishda XDP tashabbusni qoliga olishi, eng maqul mexanizmni ishlab chiqishi lozim. Shuningdek, yangi tashkil etilayotgan yoshlar parlamentida ham ularga alohida joy ajratilishi kerak, deb hisoblayman. Shundagina ular partiyaning amaliy ishini oz hayotida his etadi, islohotlar ishtirokchisiga aylanadi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: