O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
25.02.2020

PARLAMENT IShChI GURUHI XIZMAT SAFARIDA

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat respublika ishchi guruhi 19-21 fevral kunlari Namangan viloyatida bo‘lib, 30 uchrashuv va 12 muloqot otkazdi

Ushbu tadbirlarda aholi vakillari, 240 nafarga yaqin mahalliy Kengash deputatlari, siyosiy partiyalar tashkilotlari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi

Otkazilgan qabul va uchrashuvlar davomida aholi tomonidan turli sohalar boyicha jami 115 muammo-masala kotarildi. Jumladan, ta’lim muassasalarida sport zallarini qurish, tibbiyotda oliy malumotli mutaxassislarning yetishmasligi, qishloqlarda oilaviy poliklinikalarni qayta tiklash, Obodonlashtirish markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ishsizlik masalasi, tibbiyot uskunalari bilan ishlash boyicha kadrlar tayyorlovchi fakultetlar ochish, ijtimoiy nafaqalar tolanishidagi muammolar organildi.

Kotarilgan masalalardan 32 tasi joyida hal etildi, qolganlari viloyat va respublikaning mutasaddi tashkilotlariga deputatlik sorovlari yuborish, fraksiya eshituvlari institutlaridan samarali foydalangan holda hal etilishiga kelishib olindi.

Mahalliy Kengash deputatlari uchun otkazilgan oquv-seminarlarda ijtimoiy soha vakillari, tadbirkorlik subyektlari va yoshlardan turli yonalishlarda 40 taklif berildi.

8 shahar va tumanda mahalliy Kengash deputatlarining Xalq qabulxonalari bilan birga ishlash tajribasi: muammo va kamchiliklar joyiga chiqqan holda organildi.

Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan hududlarda «Jamiyatda ijtimoiy-manaviy muhitni soglomlashtirish, mahalla institutini yanada qollab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari togrisida»gi Prezident farmoni va Ozbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish togrisidagi qarori mazmun-mohiyatidan jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida 45 mahalla fuqarolar yiginida targibot otkazildi.

Shuningdek, ishchi guruh xalq deputatlari Namangan shahar, Mingbuloq, Kosonsoy, Namangan, Toraqorgon, Uychi, Chortoq va Yangiqorgon tuman Kengashlaridagi partiya guruhlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Oquv-seminarlarda partiya guruhlariga amaliy yordam berish, hududiy partiya tashkilotlarining faoliyatini jonlantirish, ular oldida turgan muammolarni hal etish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga etibor qaratildi, joylarda deputatlik va jamoatchilik nazoratini takomillashtirish boyicha tavsiyalar berildi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: