O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
15.10.2019

DEPUTATLARIMIZ AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETMOQDA

Deputatimiz Shoira Solmetova fuqaro uy olishiga yordam berdi
Sergeli tumani 8 mavze 71-uy 16-xonadonda yashovchi Aziz Mamatxonov o‘zini oylantirayotgan masala yuzasidan xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi a’zosi Shoira Solmetovaga murojaat qildi.
U uch xonali kvartirada 16 nafar oila azolari istiqomat qilayotganini, bir nafar nogiron farzandi borligini malum qildi. Aziz Mamatxonov huquqiy maslahat hamda amaliy yordamga ehtiyoji borligini bildirdi. Deputat zudlik bilan ishga kirishdi. Tegishli tashkilotlarga murojaat qilib, Azizbek bilan birga kerakli hujjatlarni tolab, tuman uy-joy komissiyasiga taqdim etishdi. Joriy yilda Azizbekka boshlangich tolovsiz imtiyozli kredit asosida uy berildi.
— Bilasizmi, deputat Shoira Solmetova ishsizligimni bilib, mahallaga jamoatchilik asosida ishga oldi, deydi Azizbek Mamatxonov. Endi uyning keyingi tolovlarni ozim tolay olaman. Bundan juda xursandman.
Shu yilning ozida deputat Shoira Solmetova Muhammadyusuf Toshkenjonov hamda Veronika Makarovkayaga boshlangich tolovsiz ikki va bir xonali uy-joy topshirildi.
Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi ozi saylangan 16-Sohibqiron saylov okrugida istiqomat qilayotgan insonlarni nomma-nom taniydi. Ularni oy-fikrlari, oilaviy sharoiti hamda hudud aholisini oylantirayotgan masalalarni yaxshi biladi. Muammolar yechimi yuzasidan turli tashkilotlar eshigini taqqillatishdan chochimaydi. Shu boisdan ham mazkur saylov okrugidagi masalalar oz yechimini topmoqda.

BALIQChI TUMAN HOKIMI ORINBOSARLARI HISOBOT BERIShI KERAK

Andijon viloyati xalq deputatlari Baliqchi tumani Kengashidagi OzXDP guruhi tashabbusi bilan Ogir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bolgan, farzandlarini toliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarning arzon uy-joy bilan taminlanish holati togrisidagi masala organildi. Uning natijalari partiya guruhi yigilishida atroflicha muhokama etildi.
OzXDP guruhi azosi N.Hakimovaning aytishiga qaraganda, tumanda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar toifasiga qarab 6 tadan 10 tagacha 2-3 xonalik kvartiralar va 2 sotixli 2-3 xonasi bor hovlilar berilishi malum qilingan.
Lekin deputatlar ular ana shunday toifaga kirsa-da, arzon uy-joylar berilmayotganligini aytishdi. Shu masalada saylovchilar tez-tez murojaat etishayotgani alohida takidlashdi.
Ushbu masalaning tumanda bajarilishi boyicha har bir deputat ozi saylangan okrug hududida uyma-uy yurib haqiqiy ahvolni organib chiqishi togrisida gapirib otildi. Masala muhimligi inobatga olinib, uni xalq deputatlari tuman Kengashi Sanoat, transport, qurilish, kommunal xojalik, aloqa va aholiga hizmatlar korsatish masalalari boyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigilishi kun tartibiga kiritish, unda Xotin-qizlar qomitasi raisi, tuman hokimining orinbosari G.Dexqonovaning axborotini eshitish kerakligi haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, partiya guruhi yigilishi qarorida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hokimining qurilish masalalari boyicha orinbosari S.Mitillayevning eshituvini tashkil etish tashabbusi aks etdi.
Xalq demokratik partiyasi uchun muhim ahamiyatga ega bolgan mazkur masala doimiy komissiya yigilishida qanday muhokama etilgani, qanday takliflar bildirilgani hamda qabul qilingan qaror haqida xabar beramiz.

QOShTEPADA DEPUTATIMIZ TAShABBUSI BILAN MUAMMO HAL BOLDI

Fargona viloyat Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi rahbari Dilbarxon Mamadjanova saylovchilar bilan bevosita muloqotlar otkazib, aholini tashvishlantirayotgan muammolarni organib kelmoqda. Yuzma-yuz muloqotlarda yechimini kutayotgan bir qator muammolar borligi malum bolmoqda.
Fargona viloyatining Qoshtepa tumani Borot MFY hududidagi namunaviy uylarda yashovchi 18 ta xojalikdagi fuqarolardan shikoyat ariza kelib tushgan edi. Malum bolishicha, ushbu xonadonlarga bir necha oydirki ichimlik suvi kelmayotgan ekan.
D.Mamadjanovaning say-harakatlari bilan qisqa fursat davomida aholiga toza ichimlik suvini yetkazib berish maqsadida yangi suv nasosi ornatilib, ishga tushirildi. Bundan tashqari, joriy yilning iyul oyidan buyon ichimlik suvi tarmogidan uzib qoyilgan Yozyovon tumani “Qoratepa” MFYdagi Iftixor kochasida yashovchi fuqarolarning murojaatlari ham ijobiy hal etildi.

JARQORGONLIK DEPUTATIMIZ UCh TAShKILOTGA DEPUTATLIK SOROVI JONATDI

Xalq demokratik partiyasi faollari va deputatlari sayyor qabullar tashkil etmoqda. Navbatdagi sayyor qabul Jarqorgon tumanidagi Porloq yulduz mahallasida otkazildi.
Unda Ozbekiston XDPdan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar ishtirok etib, aholi murojaatlarini organishdi.
Jumladan, Porloq yulduz mahallasi Yoshlik kochasida istiqomat qilayotgan 30 ta xonadon azolari nomidan fuqaro Bahodir Donayev elektr energiyasi taminoti masalasida qiynalayotganligi, kochaga yangi transformator ornatish kerakligi hamda suyultirilgan gaz ballonlarini olishda yordam sorab murojaat qildi.
Murojaat yuzasidan Jarqorgon tuman Kengashi deputati Chori Yusupov tomonidan Jarqorgon tuman gaz filiali direktori I. Mustafoqulov, Jarqorgon tuman elektr tarmoqlari korxonasi direktori B.Ostanaqulov, Jarqorgon tuman yollardan foydalanish direktori B.Chaqqonovlarga deputatlik sorovlari yuborildi.
Sorovlar natijasida mazkur Porloq yulduz MFY Yoshlik kochasiga 2020-yilgi tuman dasturiga kiritish rejalashtirildi va ushbu masala deputat nazoratiga olindi.

Mahalliy partiya kengashlari
Axborot xizmatlari
axborotlari asosida tayyorlandi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: