O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.10.2019

DAVLAT PENSIYaLARINI TAYINLASh VA TOLASh TARTIBINI

buzgan mas’ullarga nisbatan jazo bormi?

Konstitutsiyamizning 39-moddasida «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bolganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy himoya olish huquqiga ega», deb belgilangan. Ushbu konstitutsiyaviy huquq fuqarolarimizning eng muhim ijtimoiy va iqtisodiy huquqlaridan biri sifatida davlatimiz tomonidan har tomonlama kafolatlab qoyilgan.

Lekin songgi paytlarda amaliyotda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi tuman (shahar) bolimi masul xodimlarining aybi bilan ham notogri pensiya tayinlash holatlari kuzatilmoqda. Bunday holatlar aniqlanganda, kopincha pensionerlardan ortiqcha tolangan pullarni qaytarib olish ham uchramoqda. Bu esa ijtimoiy himoyaga muhtoj bolgan shaxslar uchun koplab noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.

Malumki, Prezidentimizning 2017 yilning 12 dekabrdagi mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionerlarning alohida toifalariga qulay sharoitlar yaratishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi farmoni qabul qilingan. Bu orqali 2018 yilning 1 yanvar holatiga kora, tayinlangan pensiya va nafaqalar hisoblanishi togriligini tekshirish natijasida aniqlangan ortiqcha tolangan pensiya va nafaqalarning qoldiq summasi — 65 yoshga tolgan va undan katta yoshdagi fuqarolardan, shuningdek, 2010 yilgacha bolgan davrda tayinlangan pensiya va nafaqalarning ortiqcha tolangan puli qoldiq summalari hisobdan chiqarildi.

Yana shunday tartib joriy etildiki, unga muvofiq pensioner Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi tuman (shahar) bolimining ortiqcha tolangan pensiya summasini ushlab qolish togrisidagi qaroridan norozi bolgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik u aniqlangan sanadan boshlab kopi bilan uch yil uchun sud orqali undirilishi belgilab quyildi. Shuning bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan Davlat pensiyalarini tayinlash va tolash tartibi togrisidagi Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizomning 202-bandida pensioner tomonidan sodir etilgan suiistemolliklar, xususan, ataylab notogri malumotlar bilan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yoqotganlik pensiyasi tayinlangan oila azolari tarkibidagi ozgarishlar togrisida malumotlar yashirilishi, qasddan notogri malumot korsatilishi natijasida unga pensiyalar summasining ortiqcha tolanishi tufayli davlatga yetkazilgan zararni undirish majburiyati pensionerga yuklanishi belgilangan.

Ammo qonunchilikda hozirda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi tuman (shahar) bolimi masul xodimining aybi bilan notogri hisob-kitob natijasida pensiyalar summasi ortiqcha tolangan bolsa, yetkazilgan zararni Pensiya jamgarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan. Keyinchalik aksincha talab (regress) qoyilgan holda ushbu jamgarmaning masul xodimi tomonidan qoplanishi nazarda tutilmagan.

Bugungi kunda masul xodim tomonidan yetkazilgan zararni qoplash amaliyoti Adliya vazirligi tizimidagi notariuslar ish faoliyatida ham joriy etilgan. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 dekabrdagi qarori bilan notarius tomonidan oz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi togrisidagi Nizom tasdiqlangan. Unga kora, zarar davlat tomonidan keyinchalik notariusga qoplash miqdorida aksincha talab (regress) qoyilgan holda byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari hisobiga qoplanishi belgilab quyilgan.

Aholini ijtimoiy himoya hamda ijtimoiy qollab-quvvatlash yonalishi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy dasturiy maqsadlari hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, Ozbekiston XDP fraksiyasi hukumatning 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va tolash tartibi togrisidagi nizomning 202-bandini uchinchi xatboshi bilan toldirishni taklif etadi.

Yani, Agar Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi tuman (shahar) bolimi masul xodimining aybi bilan notogri hisob-kitob natijasida pensionerga pensiyalar summasi ortiqcha tolangan bolsa, davlatga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga yuklatiladi. Keyinchalik yetkazilgan zarar aksincha talab (regress) qoyilgan holda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi tuman (shahar) bolimi masul xodimidan undirib olinadi.

Avaz ORINBOYeV,

Bunyod ESHONQULOV,

Dilmurod SADULLAEV,

Xalq demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi azolari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: