O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
01.10.2019

Saylovoldi tayyorgarlikda

boshlang‘ich partiya tashkilotlariga suyanamiz

Siyosiy partiya goyalarini jamoatchilik ortasida keng targib qilish, maqsad va vazifalarini amalga oshirish, tashabbuslarini odamlarga yetkazishda boshlangich partiya tashkilotlarining orni beqiyos. Buni yaxshi anglagan Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi doimiy tarzda tizimdagi quyi tashkilotlarning faoliyatini kuchaytirishga e’tibor qaratib kelmoqda.

— Bugungi kunda Chilonzor tumanida Ozbekiston XDPning 98 boshlangich tashkiloti faoliyat yuritmoqda, dedi tuman partiya kengashi raisi Dono Mahmudova. Ularda 4 ming nafarga yaqin partiyamiz azolari bor. Biz tadbirlarimizning aksariyat qismini aynan BPTlarda tashkil etib boryapmiz. Shuningdek, quyi tashkilot yetakchilari uchun oquv-seminarlar, davra suhbatlari otkazilmoqda. Togri, hududimizdagi barcha quyi boginlar birdek ilgor, deya olmaymiz. Ularning faoliyatini zamon talablariga mos ravishda tashkil etish uchun yetakchilarning siyosiy-xuquqiy bilimlarini yuksaltirish, namunali faoliyat olib borayotgan boshlangich partiya tashkilotlarini ragbatlantirishga jiddiy etibor qaratishimiz kerak boladi. Shuningdek, BPTlar ortasida ozaro aloqani yolga qoyish ham yaxshi samara beradi. Hududimizdagi tashabbuskor, partiyamiz goya va maqsadlarini targib qilishda jonbozlik korsatayotgan BPTlar oz tajribalarini boshqa quyi tashkilotlarga orgatib kelayotgani ham ozining natijasini bermasdan qolmayapti. Ayniqsa, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi bizga bu borada katta yordam berib kelmoqda.

Joriy yilda Bilim axborot-kutubxona markazida Ozbekiston XDPning boshlangich tashkiloti tuzilganiga besh yil toldi, dedi kutubxona direktori Hafiza Karimova. Ozim 1999 yilda mazkur partiyaga azo bolganman. Partiya jamiyatda oz ornimni topishimda juda katta maktab vazifasini otadi. Azo bolgan kunimdan turli darajadagi tadbirlarda faol ishtirok etdim. Siyosatni yanada teranroq tushuna boshladim. Partiya tizimida toplagan tajribam, aholi orasida yurganim foyda qildi. Vaqt otib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati boldim.

Boshlangich tashkilotimizda 20 nafardan ortiq azo birlashgan. Ular bilan har hafta yigilib, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda mashgulotlar otkazamiz. Joriy yilda bolib otadigan saylovlarda ham partiyamizga yaqindan komak beramiz, degan umiddamiz.

Turli tadbirlarda deputat ayollar, jamiyatning eng faol xotin-qizlariga qarab havas qilardim, dedi kutubxona xodimi Dilnoza Mominova. Kutubxonaga ishga kirganimda Ozbekiston XDP boshlangich partiya tashkiloti tuzilganini bildim. Hatto, hamkasblarim bilan bolgan suhbatning asosiy qismi partiya hayoti, olib borayotgan ishlari togrisida bolardi. Bora-bora siyosiy jarayonlarga qiziqishim yanada ortdi. Bir kuni kutubxona direktori Hafiza Karimovaning oldiga kirib, partiyaga azo bolmoqchi ekanimni aytdim. Ular niyating jiddiymi, deb soradi va partiya ustavi, Saylovoldi dasturini qolimga tutqazdi. Yaxshilab tanishib chiqqanimdan song azolikka qabul qilishini aytdi. Ayni vaqtda Xalq demokratik partiyasi azosi ekanligimdan faxrlanaman.

Boshlangich tashkilot partiya goyalari, maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etuvchi yetakchi kuch hisoblanadi, deydi Ozbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi Nigora Eshmetova. Xabaringiz bor, joriy yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga saylovlar bolib otadi. Oylaymanki, saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishimiz kop jihatdan boshlangich partiya tashkilotlari ishining tizimli tashkil etilganiga, yetakchilarning salohiyati va tashabbuskorligiga ham bogliq. Ular partiyamizning saylovoldi targibotida eng yaqin komakchiga aylanadi, deb ishonaman. Negaki, BPT azolari hudud aholisining kayfiyati, oy-fikrlari bilan yaqindan tanish boladi. Shu bois Saylovoldi dasturini qay tartibda va uslubda yetkazish kerakligini yaxshi bilishadi. Bundan samarali foydalanish esa mahalliy partiya tashkilotlari rahbarlariga ham bogliq. Tajribali, partiya goya va maqsadlarini teran anglagan hamda kopchilik uchun jon koyitadigan yetakchilarni deputatlikka nomzod qilib korsatish ham yaxshi samara berishi mumkin.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: