O'zb  
 
01.10.2019

ISTIQLOL ISTIROHAT BOGIDA

O‘zbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika kengashi va Nukus shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan «Ijtimoiy himoya va farovonlik uchun kurashamiz!» deb nomlangan targibot tadbiri Nukus shahridagi Istiqlol istirohat bogida otkazildi. Unda partiya faollari, yoshlar, taniqli san’atkorlar, madaniyat xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

— Biz yoshlar mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlarga befarq emasmiz, dedi Toshkent davlat universiteti Nukus filiali 3-bosqich talabasi Aziza Qidirboyeva. Shuning uchun ham ushbu tadbirga dostlarimiz bilan ishtirok etgani kelganmiz. Bayram davomida partiyaning saylovoldi dasturi boyicha malumotlarga ega boldik. Taniqli sanatkorlar tomonidan ijro etilgan qoshiqlarga jor boldik.

Tadbirda sozga chiqqan Ozbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika kengashi raisi Xalilla Yeshimbetov saylovlarning yurtimizdagi demokratik jarayonlarni jadallashtirishdagi ahamiyati, partiyaning yangi Saylovoldi dasturida belgilanayotgan asosiy goya va vazifalar haqida toxtalib otdi.

Xonandalarning chiqishlari hammaga kotarinki kayfiyat ulashdi, deydi Respublika manaviyat va marifat markazi Qoraqalpogiston bolimi rahbari, partiya faoli Quanshboy Yusupov. – OzXDP Saylovoldi dasturiga kiritilayotgan dolzarb ijtimoiy masalalar, xususan, Yashash minimumi va Istemol savatchasi togrisida qonunlar qabul qilish zarurati, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, kommunal xizmatlar tariflarini muvofiqlashtirish masalalari kopchilik konglidagi gaplar juda muhim vazifalar, bu goyani qollab-quvvatlaymiz.

Minajatdin QUTLIMURATOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: