O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
24.09.2019

Qamashilik deputat qanday muammoni kotarmoqda?

Deputatlik — bu mas’uliyat demak. Negaki, unda xalq ishonchi mujassam. Endi deputat butun saylov okrugi aholisining o‘y-tashvishi, quvonch va muammosi bilan yashashi, ularning ogirini yengil qilishga harakat qilmogi lozim. El dardiga darmon bolish ulkan masuliyat barobarida katta sharaf hamdir.

Xalq demokratik partiyasi azosi, xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashi deputati Tamara Choriyeva ham ana shunday masuliyatni sharaf bilan uddalab kelayotgan jonkuyar deputatlardan.

Viloyat partiya kengashida fidokorona mehnat qilib kelayotgan, yuzidan nur yogilib turuvchi deputatimizni uzoq yillardan buyon yaxshi bilaman. Bu opamiz bejizga deputat etib saylanmaganligiga bir necha bor guvoh bolganman.

Qamashi tumani aholisining aksariyat qismi «Toqboy» va Boybori mahalla fuqarolar yiginlari tarkibidagi Toqboy, Berdoli, Boybori, Galaba, Boshjonbuz va Esoboy kabi katta qishloqlarda istiqomat qiladi, deydi Xalq demokratik partiyasi azosi Tamara Choriyeva. Menga mehnatkash aholimizning bildirgan ishonchidan song qishloqlardagi muammolarni chuqur organishga kirishdim. Malumki, bugun hukumatimiz va shaxsan Prezidentimiz tomonidan talim tizimining eng dastlabki bogini maktabgacha talim tizimiga katta etibor qaratilmoqda. Negaki, bolalarni ushbu talim bosqichiga qamrab olish qishloqlarda ota achinarli holatda. Bu esa, ayniqsa, xotin-qizlarning ish bilan taminlanishi va oz xonadoni farovonligiga hissa qoshishda qaysidir manoda murakkablik tugdirishi tabiiy.

Darhaqiqat, bugun saylovchilar bilan uchrashuvlarda aholining aksariyat murojaatlari aynan qishloq hududlarida yangi maktabgacha talim muassasalarini qurish, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini zamon talablari darajasida takomillashtirish zarurligini tasdiqlayotgani haqiqat.

Deputatning qaydlariga etibor qaratamiz:

- Qishloqlardagi ichki yollarning ayrimlari achinarli holatda;

- Boybori qishlogida yoshlarning sport bilan shugullanishi uchun sport maydonchasi yoq;

- Gishtli, Toqboy, Muhammadiyev nomidagi hududlarda kasalxona mavjud emas...

Albatta, deputat yon daftarchasida bu kabi muammolar yana koplab qayd etilgan. Muhimi, Tamara Choriyeva kabi jonkuyar deputatlar oz imkoniyatlari va vakolatlari doirasida yana koplab masalalarga yechim axtarib, aholi ogirini yengil qilishmoqda. Ammo yuqoridagi kabi keng qamrovli muammolarni navbatma-navbat hal etishda ijro hokimiyati, yani Qamashi tuman hokimligining amaliy yordami zarurdir.

Muzaffar TUROPOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: