O'zb  
 
01.09.2019

MUSTAQIL MAMLAKATDA MUSTAHKAM ODIMLAR

Bugun istiqlolning 28 yilligini milliy davlatchiligimizni mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro nufuzini oshirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, eng muhimi, yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash hamda xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan oziga xos, mutlaqo yangi yondashuvlarga asoslangan islohotlar davrida kutib olmoqdamiz. Prezidentimiz tabiri bilan aytganda, bugun Ozbekiston oz taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga qadam qoymoqda.

Darhaqiqat, otgan davrga nazar soladigan bolsak, yurtimiz chin mustaqillikka erishganidan keyingi yillarda ulkan ozgarishlarning guvohi bolamiz. Mamlakatimizda barcha sohalarda katta-katta islohotlar amalga oshirilmoqda va natijalar ham shunga yarasha bolmoqda. Xususan, mashinasozlik, yengil sanoat va koplab boshqa sohalarda rivojlanish oz navbatida xalqimizning turmush darajasi oshishiga, aholi bandligini taminlashga ijobiy samara berganligini alohida takidlash lozim.

Albatta mazkur ozgarishlar milliy Parlamentimiz faoliyatida ham yuz bermoqda. Davlatimiz Rahbari oz maruzalarida islohotlarimiz samarasini oshirishda deputat va senatorlarning orni sezilarli darajada oshishi lozimligi togrisida alohida takidlab otgan.

Deputatlarning nafaqat nazorat-tahlil faoliyati, balki qonun ijodkorligi faoliyati ham joylardagi muammolarni bartaraf etishga yonaltirilmoqda. Shu maqsadda har bir qonun loyihasi yuzasidan fikr va takliflarni keng jamoatchilik, fuqarolik jamiyati instituti, fuqarolardan olish yolga qoyildi.

Albatta, bu borada xalq murojaati bilan ishlashning Davlat Rahbari taklif etgan yangi tizimi, yani «jamoa bolib elektron murojaat kiritish tartibi»ning joriy etilgani muhim ahamiyat kasb etdi. Internet tarmogida Mening fikrim, deb nomlangan maxsus veb-sahifa ornatilishi xalqning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini yanada kengaytiradi hamda qonunning birdan-bir manbai va muallifi tom manoda xalq bolishini amalda taminlaydi. Bunday veb-sahifa orqali yurtdoshlarimiz davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalar boyicha oz fikrlarini erkin bildirish imkoniga ega boladilar.

Togridan-togri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi, sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatimiz tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash, huquqni qollash amaliyotining ustuvor vazifalari sanaladi. Davlat hokimiyati tizimida parlamentning rolini kuchaytirish, ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan tasirchan parlament nazoratini ornatish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini sezilarli darajada yaxshilash choralari korildi.

Parlamentning nazorat borasidagi faoliyati samaradorligini ham oshirmoqda. Parlament eshituvi, Hukumat soati kabi institutlardan kengroq foydalanishimiz hamda parlament nazorati yakuni boyicha tasirchan choralarni korishimiz parlament nazoratini amalga oshirilishi faoliyatimizni ancha kuchaytirib, takomillashtirmoqda.

Shuningdek, qonunlarning mukammalligini taminlash maqsadida Oliy Majlis palatalari yuridik xizmatlari negizida Yuridik boshqarmalar va Davlat byudjeti ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini taminlashda deputatlarga professional, mustaqil va xolis axborot-tahliliy, ekspertlik xizmati korsatuvchi Davlat byudjeti boshqarmasi tashkil etildi. Bu faoliyatimiz samaradorligiga albatta, oz tasirini korsatadi. Shu orinda Qonunchilik palatasi deputatlarining oz qonunchilik tashabbusi huquqidan faol foydalanayotganini alohida qayd etish lozim, deb hisoblayman. Joriy yilning 6 oyida deputatlar tomonidan kiritilgan qonun loyihalari 13,8 foizni tashkil etdi. Misol qilib oladigan bolsak, Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning I yarim yilligida 50 ta qonun, hamda 3 ta quyi palata qarorlari qabul qilindi.

Har bir yurtdoshimiz qutlug bayramni katta hayajon, faxr iftixor bilan kutib olmoqda. Buni kundalik hayotimizda koplab yurtdoshlarimiz misolida korishimiz, ishonch hosil qilishimiz mumkin. Bizning oldimizga qoygan maqsadlarimiz aniq, u ham bolsa, xalqimiz yaxshi hayot kechirishi uchun sharoit yaratish, xalqaro maydonda mavqeimizni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Bir soz bilan aytganda, bugun yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni, xalqimizning osuda hayotini, gozal va betakror Vatanimizni, chegaralarimizning daxlsizligini koz qorachigidek avaylab asrashimiz zarur. Zero, yurtimizdagi tinchlik, xotirjamlikning qadriga yetish har birimizning oz ishimizga masuliyatni yanada oshirishni, faoliyatimizda bunyodkorlik sari intilishni taqozo etadi. Chunki davlatimizdek, rahbari aytgani xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun oz hayotida ijobiy ozgarishlarni korishni istaydi. Bizning mehnatkash, oqkongil, bagrikeng xalqimiz bunga tola haqi bor.

Feruza ESHMATOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: