O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
01.09.2019

MAKTAB

ta’lim-tarbiyaning asosiy poydevori

Yana bir haqiqat shundaki, maktabni maktab qiladigan kuch o‘qituvchilar hisoblanadi. Prezidentimiz raisligida 23 avgust kuni talim tizimiga bagishlangan videoselektor yigilishida bu sozlar alohida takidlandi.

Chindan ham, maktab har birimizga oq-qorani tanitgan, ozligimizni, ozimizni anglashga zamin qoygan maskan sanaladi. Uning devorlari manaviyatdan, xonalari odob-ahloqdan, saboqlari bilim-marifatdan iborat bolishi lozim. Videoselektor yiglishida mana shu masalalar atroflicha tahlil qilinib, yangi oquv yili va undan keyinga moljallangan vazifalarga etibor qaratildi. Unda aytilgan har bir fikr, bildirilgan takliflar jamoatchilik tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Mutaxassislar, siyosiy va ilmiy arboblar, deputatlar hamda boshqa soha vakillari mazkur masalada oz munosabatlarini bildirmoqda.

Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va noananaviy fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak manaviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda talim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida etibor qaratmoqda. Kuni kecha bolib otgan yigilishda ham maktab talimi tizimini isloh qilish boyicha amalga oshirilayotgan islohotlar va oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritdi. Mahmudxoja Behbudiyning «Dunyo imoratlari ichida eng ulugi maktabdir» degan fikrini alohida takidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha toxtaldi.

Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bolsak, ularda jamiyat hayotini ozgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo talim tizimidan, bogcha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini koramiz. Chunki maktabni ozgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni ozgartirib bolmaydi. Tarbiyaning asosi talim, poydevori maktabdir. Uning mavqei esa oqituvchilar mehnati va say-harakatiga bogliq.

Prezidentimiz sohaga etibor berilmagani tufayli ancha ichkarida orqadamiz, kadrlar yetishmayapti, maktabgacha talim obyektlarini yoqotganmiz, deb takidladi. Otish davrida xojalik, tashkilot, muasasalarning tasarrufidagi barcha maktabgacha talim dargohlarini mulk tasarrufidan chiqaramiz, deb yoqotib yuborganimiz haqiqat.

Bir eslaylik, chindan ham, eng obroli shaxs ota-ona va oqituvchimiz bolgan. Uzoq yillar mahallada ishlaganman. Barchaga har tamonlama ornak, ibrat bola oladigan kasb egasi ham, namunali oila sohib va sohibasi ham, farzandlari oqimishli, bilimli fidoyilar ham aziz oqituvchilar edi. Shuning uchun inson dunyoga kelishida aziz ota-onasidan, ozida yaxshi fazilat va xislatlarning mujassam bolishda esa oqituvchilardan minnatdor bolishi lozim.

Yigilishda oqituvchining maqomi va nufuzini oshirish, huquqlari va imtiyozlarini kengaytirish masalalariga alohida etibor qaratildi. Maktab oqituvchisini moddiy ragbatlantirmasdan, uning hayot sifati darajasini oshirmasdan, islohot, natija haqida gapirib bolmasligi takidlandi. Oqituvchi qachon biz kutgan farzandlarimizni tarbiyali bilimli, dunyo qarashi keng, intellektual salohiyatli, oz vatani va xalqini sevuvchi, komil insonni jamiyatga yetkazib bera oladi? Qachonki, ularga barcha sharoitlar yaratib berilsa, oilasidan kongli toq bolsa, maktab tashqarisidagi barcha ishlarni davlat bajarsa, kutilgan natijaga erishiladi.

Ming afsus, yaqin yillarga qadar oqituvchilar paxta yigim-terimiga jalb etilib, maktab direktorlari terim otryadiga rahbarlik qilardi. Maktablarga temir-tersak rejasi berilar, paxta mavsumi oxirida paxta yetkazishga shartnoma tuzgan fermer xojaliklari rahbarlarini topa olmasdan tuman rahbarlari maktab direktorlaridan kunlik paxta rejasini talab qilardi.

Bugun bularning barchasiga chek qoyildi. Takidlanganidek biz bu masalani oldinroq kotara olmas, bunga tayyor emasdik. Buning bir qancha obyektiv va subyektiv sabablari bor, albatta.

Prezident qoyayotgan talab maktabni ozgartirmasdan turib, hech narsaga erishib bolmaydi. Qaysi lavozimda bolishidan qatiy nazar, ozi tahsil olgan maktabiga borishi, kerak bolsa, hayotiy tajribasidan dars berishi, farzanlari nevaralari kelajagidan, talim tarbiyasidan xabar olib turishi zarur. Mazkur holat har birimizning ham otalik, ham onalik, bobo va momolik burchimizdir. Biz buni qanday bajaryapmiz? Mana, masala qayerda.

Bugungi kunda sir emas, maktablarda ota-onalar majlisiga kelganlarning qariyib 90 foizi ayollardir. Demak, erkaklar farzandlarimiz nevaralarimiz kelajagiga befarqmiz, deb xulosa qilish mumkin.

Talim-tarbiya ishlarini samarali olib borishda erkak oqituvchilarning alohida orni va tasiri borligi hisobga olinib, korilgan aniq chora-tadbirlar natijasida talim tizimiga 12871 nafar erkak oqituvchi qaytdi. Maktablardagi kamchiliklarni tuzatish, talim sifatini nazorat qilish uchun ota-onalar, keng jamoatchilikning ishtiroki zarurligiga alohida etibor qaratildi.

Maktab — bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning ozi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi zarur. Demak, biz avvalo farzandlarimiz, nevaralarimiz talim-tarbiyasiga munosabatimizni ozgartirishdan boshlashimiz lozim.

Tursunpolat NORBOYeV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: