O'zb  
 
20.08.2019

SIYOSIY JARAYON FAOLLIKNI OSHIRISHNI TALAB ETADI

Nukus shahrida O‘zbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika tashkilotining konferensiyasi bolib otdi. Unda joriy yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlar otishi munosabati bilan partiya tashkilotlari zimmasidagi tashkiliy va siyosiy vazifalar, elektorat manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, partiyaning yangidan tayyorlanayotgan Dasturi va Saylovoldi dasturi loyihalari keng muhokama etilib, partiya faollari, deputatlar tomonidan takliflar bildirildi.

— Partiyaning 2015-2019 yillarga moljallangan amaliy Harakat dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan partiya deputatlik guruhlari tashabbusi bilan 286 masala partiya guruhlarida korib chiqildi, 284 masala doimiy komissiyada, 186 tasi esa sessiyada muhokama qilindi, dedi Qoraqalpogiston Respublika partiya kengashi raisi Xalilla Yeshimbetov. – Shuningdek, otgan 5 yil davomida xalq deputatlari tuman va shahar kengashlaridagi partiya guruhlari azolari tomonidan ijro hokimiyati organlari va mutasaddi tashkilotlarga 1248 ta deputatlik sorovlari yuborildi. Jamoatchilik qabulxonalariga 2236 nafar fuqarodan murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 1933 tasi, yani 86 foizi ijobiy hal etilgan. Qolgan murojaatlar ijrosi nazoratga olingan.

2015-2019 yillar davomida Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesidagi Ozbekiston XDP fraksiyasining majlisida 26 masala korilib, tegishli tartibda Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi sessiyasiga taklif qilindi. Fraksiya azolari tomonidan ijro hokimiyati organlari va mutasaddi tashkilotlarga 82 ta sorov yuborilib, kotarilgan masalalar ijobiy hal qilindi.

Otgan 5 yil mobaynida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga oid ishlarimizning barchasida elektoratning manfaati kozlangan, deydi Ozbekiston XDP Amudaryo tuman kengashi raisi Maqsud Sadullayev. Keyingi paytlari partiya guruhimiz, faollarimiz harakati tufayli ishga bolgan masuliyatimiz ancha ozgardi. Tumanimizda 6 nafar deputat xalq bilan muloqot qilishda, muammolarni sessiyalarga olib chiqishda amaliy ishlar qildi. Biz bir joyda toxtab qolmaymiz. Harakat va yana harakat qilishimiz zarur. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda koproq jon kuydirishga togri keladi. Siyosiy jarayonda faollikni oshirishga harakat qilamiz.

Saylovlarga tayyorgarlik boyicha hozirda Ozbekiston XDP Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesiga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga 3 nafardan, jami 1560 nafar nomzoddan kadrlar zaxirasi royxati shakllantirilgan.

Shuni ham takidlash kerakki, xalq bilan muloqot qilishda muammolarni aniqlash, ular boyicha takliflar ishlab chiqishda boshlangich partiya tashkilotlari faolligi yetarli emas. Ularning deputatlik guruhlari bilan aloqasini yanada mustahkamlash zarur. Tadbirda sozga chiqqanlar bu masalada oz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Qoraqalpogistonda partiyamizning 35642 nafar azosi bor, deydi OzXDP Qoraozak tuman kengashi raisi Rayxon Karmisova. Ular 17 ta tuman va shahar kengashlaridagi 630 ta boshlangich tashkilotlariga birikkan. Hisobot davrida partiya safiga 10102 nafar yangi azo qabul qilingan, 29 ta boshlangich tashkilot tuzilgan. Shuningdek, 630 boshlangich tashkilotdan 589 tasining faoliyati qoniqarli, 41 tasi qoniqarsiz, deb topilgan.

Tadbirda bolajak saylovlarga puxta tayorgarlik korish, deputatlikka nomzodlar korsatish bilan bogliq masalalarga ham etibor qaratildi. Har bir saylov okrugi boyicha xalqni oziga ergashtira oladigan, ishonchini qozongan shaxslarni deputatlikka nomzod qilib korsatish lozimligi takidlandi. Saylovlarda boshlangich partiya tashkilotlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish boyicha takliflar bildirildi.

Konferensiya ishtirokchilari 2019 yilga moljallangan partiya Saylovoldi dasturi loyihasida kam taminlangan oilalarni manzilli ijtimoiy himoyalash, mehnatga layoqatli fuqarolarni munosib haq tolanadigan barqaror ish orinlari bilan taminlash, aholiga yuqori sifatli va maqbul tibbiy yordam korsatishni yanada yaxshilash, shuningdek, demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishga oid qator takliflarni ortaga tashladi.

Tadbirda Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining sektor mudiri Gulshan Asatova ishtirok etdi va korilgan masalalar yuzasidan oz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Konferensiyada partiya tashkiloti faoliyati bilan bogliq boshqa tashkiliy masalalar ham korib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Partiyaning navbatdagi qurultoyiga delegatlar saylandi.

Minajatdin QUTLIMURATOV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: