O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
24.11.2011

Zamonaviy texnologiyalar namoyishi

«O‘zekspomarkaz»da qishloq xojaligi va oziq-ovqat mahsulotlari, mazkur sohalarga oid yangi jihozlar va xizmatlarning Uzagroexpo — 2011 yettinchi xalqaro korgazmasi ochildi. Korgazma Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Fermer xojaliklari, Yog-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmalari va IEG Uzbekistan korgazma kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.

Korgazmaning ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida agrar sohada olib borilayotgan izchil islohotlar samarasida yurtimizda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hamda tayyorlash hajmi tobora ortayotgani ta’kidlandi. Har kuzda ananaviy tarzda otkazilayotgan mazkur korgazma bu yonalishda xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni ozlashtirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Bu yilgi korgazmada Ozbekiston, Xitoy, Belarus, Germaniya, Janubiy Koreya, Italiya, Ukraina, Qozogiston, Fransiya va Rossiya kabi mamlakatlardan oltmishga yaqin kompaniya oz mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda. Ishtirokchilarning 65 foizi xorijiy ishlab chiqaruvchilardir. Ular orasida qishloq xojaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi Chanchjou traktor zavodi (Xitoy), Bobruysk traktor qismlari va agregatlari zavodi (Belarus), kombikorm ishlab chiqaruvchi yuqori sifatli asbob-uskunalar tayyorlaydigan Rene toe S.A.S. (Fransiya), sabzavot seleksiyasi bilan shugullanuvchi Gavrish (Rossiya), qishloq xojaligi sohasida biopreparatlar va ozuqaviy qoshimchalar ishlab chiqaruvchi YeOK so. ltd (Janubiy Koreya) kabi yirik kompaniyalar bor.

Korgazmada mamlakatimizning tovuq yetishtirish, broylerlar, premiks va kombikormlar savdosi bilan shugullanuvchi Imkon sut fayz, qishloq xojaligi texnikasiga ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi Intertexservis masuliyati cheklangan jamiyati, Agromashxolding-Toshkent, Toshkent traktor zavodi, parranda goshti ishlab chiqaruvchi Virtex Agro qoshma korxonasi ham oz mahsulotlarini namoyish etmoqda.

Korgazma uch bolimdan iborat bolib, ularda mahalliy va xorijiy agrosanoat majmuidagi barcha turdagi eng zamonaviy yangiliklar, veterinariya vositalari, qishloq xojaligi texnikasi va uskunalari, galla tozalash mashinalari, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, parrandachilik, chorvachilik, chorva mollari ozuqasi va agrokimyo sohasida qollaniladigan vositalarga keng orin ajratilgan. Ishtirokchilar zamonaviy qishloq xojaligi texnikasi, eng yangi texnologiyalar bilan yaqindan tanishish bilan birga, mahsulotlarni baholash imkoniyatiga ham ega.

Mamlakatimizda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan toliq taminlash masalasiga alohida etibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yilning 20 oktyabrdagi Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni kopaytirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmoni bunda muhim dasturilamal bolayotir. Joriy yilda yurtimizda 6605 ming tonna sabzavot, 1225,5 ming tonna poliz, 1832,9 ming tonna kartoshka, 1746,8 ming tonna meva yetishtirildi.

Korgazmaning oziq-ovqat bolimida soha uchun moljallangan ishlanmalar va jihozlar bilan birga meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, osimlik yogi ishlab chiqarishda qollaniladigan texnologiyalar, zamonaviy jihozlar taqdim etilgan. Ayniqsa, Muzimpex qoshma korxonasi, Dovon masuliyati cheklangan jamiyatining mahsulotlari kopchilikni qiziqtirmoqda.

Korxonamizda buyurtma asosida turli olchamdagi olti xil issiqxona va qadoqlash plyonkalari ishlab chiqariladi, deydi Dovon masuliyati cheklangan jamiyati menejeri Asomiddin Isayev. Ellikka yaqin ish orniga ega korxonamizda soatiga 500 kilogramm mahsulot ishlab chiqarish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiya ornatilgan.

Bugun mamlakatimizda 66 mingdan ziyod fermer xojaligi 5 million 295 ming gektar yerda mahsulot yetishtirmoqda. Yer maydonlarining yiriklashishi tufayli mulkdorlarning moddiy-texnik taminoti yaxshilanib, qishloq xojaligi texnikasiga talabi oshmoqda. Uzagroexpo 2011 korgazmasi fermerlarni ilgor texnika va texnologiyalar bilan taminlash, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kolamining kengayishiga xizmat qilayotir.

Xojaligimizda galla va sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi, deydi Qoraqalpogiston Respublikasi Nukus tumanidagi Qongirotboy mehri fermer xojaligi rahbari Rozimboy Aytmurodov. Otgan yili Klass kombaynini xarid qilgan edik, yigim-terimda juda qol keldi. Bugungi korgazmada Klass traktorini lizingga olish uchun shartnoma tuzdik.

Uzagroexpo 2011 korgazmasi fermerlar va ishlab chiqaruvchilar ortasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalarni qishloq xojaligiga jalb etish, qayta ishlash sanoati korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Sayyora SHOYEVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: