O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
17.09.2020

OZXDP FRAKSIYASI

kambag‘allik masalasidagi parlament soroviga toldirilgan javobni ma’qulladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bolib otgan Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yigilishida qator qonun loyihalari, shuningdek, parlament soroviga Bosh vazir orinbosari javobi bilan bogliq masala korib chiqildi

Deputatlar «Osimlik dunyosi va obyektlarini muhofaza qilishni takomillashtirish munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga ozgartirishlar va qoshimchalar kiritish togrisida»gi qonuni loyihasini birinchi oqishda muhokamadan otkazdi.

Malumotlarga kora, 2020 yilning 1 may holatiga noqonuniy ravishda 4 758 ta daraxt kesilgan, buning oqibatida 11,1 milliard som zarar yetkazilgan. Toshkent shahrida 3 ta, Qoraqalpogiston Respublikasi va Jizzax viloyatlarida 1 tadan jinoyat ishi qozgatilgan.

Qonun loyihasiga kora, Jinoyat kodeksi va Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, jismoniy yoki mansabdor shaxslarning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishini bartaraf etishda javobgarlik doirasini kengaytirish va kuchaytirish belgilanmoqda.

Xususan, Jinoyat kodeksi 198-moddasida ekinzor, ormon, daraxtlar yoki boshqa osimliklarni shikastlantirish yoki ularni nobud qilish boyicha javobgarlik kuchaytirilmoqda. Ekinzor, ormon, daraxtlar yoki boshqa osimliklarni qasddan shikastlantirish, ularni payhon, nobud qilish oqibatida kop miqdorda zarar yetkazilgan taqdirda javobgarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima chorasi qollaniladi. Shuningdek, uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb etilishi nazarda tutilmoqda. Hatto bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish kabi jazo choralari qollanilishi mumkin.

Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qollamaslik deputatlar tomonidan taklif etilmoqda.

Fraksiya azolari osimlik dunyosini muhofaza qilish muhim masala ekani, keyingi vaqtlarda noqonuniy xatti-harakatlar kopaygani, bu borada qonunchilikni javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan takomillashtirish zarurati yuzaga kelganini takidlashdi. Shu bilan birga, qonun loyihasida javobgarlik masalalari belgilanayotgani uchun meyorlarni turli talqinlarga sharoit yaratmaydigan darajada maromiga yetkazish kerak.

Qonunda kim aynan qaysi noqonuniy harakati uchun javobgarlikka tortilishi aniq korsatilishi zarur. Aks holda, amaliyotda muammolar kelib chiqishi mumkin.

Yigilishda Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuniga ozgartirish va qoshimchalar kiritish haqida qonuni loyihasi (yangi tahrir) birinchi oqishda korib chiqildi.

Qonun loyihasida vijdon erkinligini taminlashning va diniy tashkilotlar faoliyatining asosiy tamoyillari belgilanmoqda. Har bir shaxsning diniy talim muassasalarida professional talim olishi, shuningdek, ota-onalar yoki ularning ornini bosuvchi shaxslar tomonidan oz farzandlariga diniy amaliyot asoslari va odob-axloq qoidalarini (uy sharoitida diniy talim berish) orgatish huquqi berilishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, diniy tashkilotlarning huquq va majburiyatlari, taminlanish kafolatlari, jumladan, yuqori turuvchi organ yoki sudga mansabdor shaxslarning diniy tashkilotlarning huquq va erkinliklarini buzuvchi qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) boyicha ular sudga murojaat qilganda, davlat bojini tolashdan ozod etilishi mustahkamlab qoyildi.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar sohasidagi munosabatlar yanada takomillashishiga olib keladi. Diniy tashkilotlarni tuzish va ularni davlat royxatidan otkazish, qayta royxatdan otkazish boyicha meyorlar soddalashtiriladi. Bu esa diniy tashkilotlarning huquq va burchlari bilan bogliq munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy asoslar mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Fraksiya azolari qonun loyihasi orqali taklif etilayotgan yangi tartiblar fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqini kafolatlashda, mamlakatimizda inson erkinligining muhim asoslaridan bolgan vijdon erkinligi taminlanishida muhim ahamiyatga egaligini takidlashdi. Qonun loyihasi umumiy mazmuniga kora maqullandi.

Fraksiya yigilishida Kambagallik darajasini aniqlash mezonlarini, ijtimoiy taminotning minimal standartlari va meyoriy asoslarini ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati togrisidagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining parlament soroviga Bosh vazir orinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vaziri J.Qochqorovning javobi haqidagi masala ham atroflicha muhokama etildi.

Sorovga berilgan javoblar ayrim aniqlashtirishlarni taqozo etgani uchun OzXDP fraksiyasi taklifi bilan parlament quyi palatasining avvalgi yigilishlaridan birida bu masala keyinroqqa qoldirilgan edi.

Parlament sorovi boyicha qoshimcha malumotlar olinganidan keyin, ushbu masala yana bir bor fraksiya yigilishida korib chiqildi. Unda kambagallik darajasini aniqlash mezonlari, ijtimoiy taminotning minimal standartlari va meyoriy asoslarini imkon qadar qisqa muddatda ishlab chiqish vazifasi qoyildi.

Yashash minimumi haqida ishlab chiqilgan qonun loyihasi va uning konsepsiyasi hukumatga kiritilgan bolib, uni tegishli tartibda korib chiqish hamda qabul qilish zarur. Deputatlarning fikr-mulohazalaridan keyin parlament soroviga javob maqullandi.

Fraksiya yigilishida mamlakatimizda bugungi kunda dolzarb bolib turgan pandemiya sharoitida umumtalim maktablarida yangi oquv yilining boshlanishi bilan bogliq masala ham atroflicha muhokama qilindi. Mahalliy Kengashlardagi Xalq demokratik partiyasining barcha darajadagi guruhlari maktablarning oquv jarayoni boshlanishiga qay darajada tayyorligini bevosita organdi.

Respublika boyicha toplangan malumotlar umumlashtirilgan holda, fraksiya majlisida tahlil etildi. Hududlardagi real vaziyat, oquvchi va oqituvchilarning salomatligini saqlash eng asosiy vazifa ekanidan kelib chiqqan holda, deputatlar tomonidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Shular asosida hukumatga kiritish uchun partiyaning umumiy takliflari shakllantirildi.

Yigilishda korib chiqilgan barcha qonun loyihalari boyicha fraksiya oz pozitsiyasini belgilab oldi.

Ozbekiston XDP

Axborot xizmati


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: