O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
09.09.2020

UChINChI RENESSANS

Yoki millatning burch va mas’uliyati haqida o‘ylar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi nutqida Uchinchi Renessans davriga poydevor qoyilayotganini alohida takidladi.

Bu — mutlaq haqiqat. Bugun biz tarixiy bir davrda yashamoqdamiz. Millatning burch va masuliyati har doimgidan oshgan. Bu nimalarda korinadi?..

Birinchidan, tafakkur hurligida. Erkin va ozod fikr aytish hamma zamonlarda ham insoniyatning mangu orzusi bolgan. Bunga yetish uchun asrlar davomida kurashlar olib borilgan. Qonlar tokilgan, jangu jadallar bolib otgan. Lekin hech kim, hech qanday kuch odam zotini bu yoldan qaytara olmagan. Soz erkinligi bu ilm erkinligi, taraqqiyot erkinligi, rivojlanish erkinligi, yuksalish erkinligiga yol ochishini hayotning ozi, jahon tajribasi korsatmoqda... Ozbekistonda soz aytish, oz nuqtai nazarini namoyon etish yolidagi barcha chegara va tosiqlar olib tashlandi, bartaraf etildi. Bu avvalo, Prezidentning xohish-irodasi bilan yuz berdi. Eng quvonarlisi, bu jarayon hali-hamon davom etmoqda. Bu haqiqat dunyo hamjamiyati, xalqaro ekspertlar tomonidan ham tan olinmoqda, etirof etilmoqda.

Ikkinchidan, Ozbekistonda qisqa vaqt oraligida inson haq-huquqlarini himoya qilish yolida juda katta islohotlar olib borildi. Buning natijasida xalqimizda vatan va millat taqdiriga daxldorlik tuygusi amalda namoyon bolmoqda. Bir soz bilan aytganda, bugungi odamlar kechagi odamlar emas. Ular nafaqat oz huquqlarini, balki burch va masuliyatlarini ham chuqur anglash madaniyatiga ega. Huquqi himoya qilingan odam haqiqatning yuziga tik qaraydi. El-yurt manfaatini oz manfaatidan ustun qoyadi. U faqat bugun uchun emas, erta uchun ham yashaydi. Uning zimmasida avlodlar masuliyati ham bor. Kordingizmi, huquqi himoya qilinganini, qilinishini anglagan inson qanchalik qudratga ega boladi.

Uchinchi asos marifat mojizasi bilan bogliq. Ilm imkoniyatlarini togri anglagan, his etgan mamlakatlar allaqachon eng yuksak marralarni zabt etishdi. Ilm har qanday quroldan, har qanday tabiiy boylikdan, har qanday kuchdan afzal ekanligini hayotning ozi korsatib turibdi.

Millatimizning eng mashhur davrlari ilm osmonini zabt etgan asrlarga borib taqaladi. Marifat mojizasini anglab yetgan millat dunyoga aql va tafakkur borasida hukmronlik qiladi. Prezidentimizning ilm-fan namoyandalariga korsatayotgan etibor va gamxorliklari zamirida ham mana shu haqiqat mujassamlashgan...

Tortinchidan, ahillik va hamjihatlikda. Qoraqalpoqlarda ogzi birlik, degan ibora ishlatiladi. Ha, ahil bolsak, xolislik tamoyillariga sozsiz amal qilsak, bugunimiz kechagidan, ertamiz bugunimizdan yaxshiroq boladi. Yomon bir yemiruvchi illat bor bu beparvolik. Mana shundan ehtiyot bolish kerak. Loqayd bolishga haqqimiz yoq. Ayniqsa, bugungi tarixiy kunlarda. Avvalo, ahillik va yana ahillik va yana ahillik bizni butun bir millatga aylantiradi. Agar mehr-oqibat kotarilsa, odamlar bir-birining oldidagi burch va vazifasini unutsa, bu tashvishli holatdir. Ahil millat faqat yuksalish haqida oylaydi. Ahil millat taraqqiyotdan ortda qolmaslik yolida qayguradi. Ahil millat giybat, hasad va fisqu fasoddan yiroq boladi. Millatni kemiruvchi illatlardan, xatolardan ehtiyot bolishimiz kerak.

Beshinchidan, shukronalik hissida. Eng xavfli odam noshukur odamdir. Noshukurlik rizqni kamaytiradi. Baraka yoqoladi. Ishonchga putur ketadi. Shukr qilinsa, yutuqlarimiz qadrlansa, barchasi bundan-da ziyoda boladi. Hayotdan rozilik tuygusi butun qalbimizni egallashi juda muhim. Ayniqsa, bu qadriyatni yoshlarimiz ongiga singdirishimiz kerak, deb hisoblayman...

Xalqimiz Uchinchi Renessans davriga poydevor qoyishdek goyatda tarixiy va masuliyatli davrda yashamoqda. Bu barchamizdan fidoyilikni, vatanparvarlikni va oz-ozidan ulkan masuliyatni talab etadi...

Ibrohimjon YOLDOShEV,

Ozbekiston davlat sanat va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: