O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
15.11.2011

Sharafli va masuliyatli kasb egalari

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2006 yil 12 sentyabrda qabul qilingan tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘grisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, mamlakatimizda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi shifokorlarning kasb bayrami sifatida nishonlanadi.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida tibbiyot xodimlarining kasb bayramiga bagishlab otkazilgan tantanali yigilishda soha xodimlari, olimlar, xalqaro tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi sogliqni saqlash vaziri A.Ikromov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sogliqni saqlash tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar samarasida tibbiyot maskanlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmat korsatish ishlari yuksak saviyaga kotarilganini alohida ta’kidladi. Bu borada joylarda faoliyat yuritayotgan qishloq vrachlik punktlari zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, aloqa vositalari bilan taminlandi. Shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam korsatish xizmati yildan-yilga takomillashmoqda.

Mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida erishayotgan yutuqlarimiz jahon miqyosida keng etirof etilmoqda. Ozbekiston dunyodagi nufuzli «Save the children» (Bolalarni asraylik) xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan reytingda bolalar salomatligini mustahkamlashda katta gamxorlik korsatayotgan jahondagi eng yetakchi on mamlakat qatoriga kiritildi.

Tadbirda sogliqni saqlash tizimi xodimlari va muassasalari ortasida Eng namunali qishloq vrachlik punkti, Eng namunali oilaviy poliklinika, Eng yaxshi patronaj hamshirasi, Eng yaxshi umumiy amaliyot shifokori nominatsiyalari boyicha otkazilgan tanlov goliblari elon qilindi.

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi Navroz qishloq vrachlik punkti yilning Eng namunali qishloq vrachlik punkti deb topildi va Damas avtomashinasi bilan taqdirlandi.

Fargona shahridagi 7-oilaviy poliklinika Eng namunali oilaviy poliklinika, Namangan viloyati Uychi tumanidagi Birlashgan qishloq vrachlik punkti mudiri Zulfiya Mamajonova Eng yaxshi umumiy amaliyot shifokori, Xorazm viloyati Bogot tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli kop tarmoqli poliklinika patronaj hamshirasi Shahnoza Jumaboeva Eng yaxshi patronaj hamshirasi nominatsiyasi boyicha golib boldi.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari A.Aripov ishtirok etdi.

Bahor XIDIROVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: